Mamlakatimizda 794 nafar 100 yoshdan oshgan pensiya va nafaqa oluvchi bor.
Joriy yil 1 oktyabr' holatiga, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining hududiy tuman (shahar) bo'limlari hisobida turib, pensiya va nafaqa olayotgan 100 yoshga to'lgan va 100 yoshdan oshganlar soni 794 nafarni tashkil qiladi.
Shundan, 131 nafari (16,5 foiz) erkak va 663 nafar (83,5 foiz) ayol.
100 yoshga to'lgan va 100 yoshdan katta yoshdagilar soni Qashqadaryo viloyatida 143 nafar (18 foiz), Surxondaryo viloyatida 120 nafar (15,1 foiz), Samarqand viloyatida 78 nafar (9,8 foiz), Farg'ona viloyatida 76 nafar (9,6 foiz), Toshkent viloyatida 64 nafar (8,1 foiz), Namangan viloyatida 59 nafar (7,4 foiz), Andijon viloyatida 56 nafar (7,1 foiz), Buxoro viloyatida 37 nafar (4,7 foiz), Horazm viloyatida 36 nafar (4,5 foiz), Jizzax viloyatida 31 nafar (3,9 foiz), Navoiy viloyatida 27 nafar (3,4 foiz), Toshkent shahrida 25 nafar (3,1 foiz), Qoraqalpog'iston Respublikasida 23 nafar (2,9 foiz) va Sirdaryo viloyatida 19 nafar (2,4 foiz)ni tashkil qiladi.
Pensiya jamg'armasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 2020 yilning yanvar'-sentyabr' oylarida 383 nafar pensiya va nafaqa oluvchi 100 yoshga to'ldi. Ularning 70 nafari (18,3 foiz) erkak va 313 nafari (81,7 foiz) ayollardir.
O'zA
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, O‘zbekiston-Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.
Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
"Dunyo" AA olgan surat