Pandemiya tufayli masjidlar yopilishi munosabati bilan Buyuk Britaniyada ishga tushirilgan novatorlik raqamli platforma musulmonlar uchun onlayn yoki uyda xizmatlarni taklif etadi. Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, endi har bir istagan kishi uydan chiqmasdan uyda sovchilik, to'y, nom berish marosimini o'tkazishi mumkin va bunda ularga malakali mutaxassis yordam beradi.
"Imomlar uchun Uber " deb nomlangan ImamConnect aslida "virtual masjid" ni o'zida namoyon qiladi. Epidemiya sharoitlarida, shuningdek, shariat (Islom qonuni) ga muvofiq ishlaydigan psixologlar yoki moliyaviy maslahatchilarni o'z ichiga oladigan Internet orqali islomiy xizmatlarning bu taklifi yana ham dolzarblik kasb etmoqda va dinni targ'ib etishning kelajagi texnologiyalarga bog'liq, deydi servis yaratuvchilaridan biri Mudasssar Ahmad.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘g‘illari Ibrohim endigina o‘n olti oylik bo‘lganida unga o‘lim yaqinlashdi. Rasululloh alayhissalom Moriya onamizning qo‘lidagi farzandiga qarab: “Ey Ibrohim, sen uchun qo‘limdan hech narsa kelmaydi”, dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kenja farzandlari Ibrohim vafot etdi. Uni ko‘tarib tuproqqa qo‘ydilar va: “Ey Ibrohim, agar oldingga farishtalar kelsa, ularga Robbim Alloh, otam Rasululloh, dinim Islom, deb aytgin”, dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ortlariga qarab, Umar roziyallohu anhuning yig‘layotganlarini ko‘rdi. “Ey Umar, nima uchun yig‘layapsiz?” dedilar.
Hazrati Umar roziyallohu anhu: “Yo Rasululloh! O‘g‘lingiz balog‘at yoshiga ham yetmadi, taqdir qalami unga hech narsa yozmadi, tavhid kalimasini talqin qilishga hojat bo‘lmadi. Shu holda ham savol-javob bo‘lishidan ogoh etyapsiz. Endi Ibn Xattobning holi ne kecharkin, deb o‘ylayapman. Axir u balog‘atga yetgan, taqdir qalami uning qilgan amallarini yozgan, o‘lim vaqtida sizdek o‘rgatuvchi topa olmasa, nima qiladi?” dedi.
Umar roziyallohu anhuning xavotirli savoliga javob o‘laroq Olamlar Robbidan javob nozil bo‘ldi: “Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham sobit so‘z ila sobitqadam qilur. Alloh zolimlarni zalolatga ketkazur. Alloh xohlaganini qilur” (Ibrohim surasi, 27-oyat).
"Solihlar davrasida" kitobidan