Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

Buyuk muhaddislarimizning bebaho merosi

09.10.2020   1497   4 min.
Buyuk muhaddislarimizning bebaho merosi

Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan sermahsul islohotlar nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham faol qo'llab-quvvatlanmokda. Bu islohotlar, bu o'zgarishlar yangi O'zbekistonni Renessans bosqichiga olib chiqadi.

So'nggi yillarda mamlakatimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar buyuk allomalarimiz merosini ilmiy asosda chuqur o'rganish imkoniyatini yaratmoqda. Mana shunday tom ma'nodagi islohotlardan biri Samarqandda, Imom Buxoriy maqbarasining yonginasida Hadis ilmi maktabining tashkil etilgani bo'ldi. Bu erda yaratilgan imkoniyatlar dunyoning rivojlangan davlatlari nufuzli universitetlaridagi sharoitlardan ustun bo'lsa borki, aslo qolishmaydi. Hadis ilmi maktabida darslar mamlakatimiz va xorijning etakchi ulamolari tomonidan olib boriladi.

Bu yil Hadis ilmi maktabi talabasi bo'ldim. Bu maktabda ta'lim olish ham yuksak sharaf, ham ulkan mas'uliyatdir. Buyuk ajdodlarimizning islomiy merosini tiklash, xalqimizga etkazish, ilm, odob va aqlu zakovatda o'rnak bo'lishni zimmamizdagi burch deb bilaman. Menga bildirilgan ishonchni, albatta, oqlayman.

Azimjon Shermatov,

Hadis ilmi maktabi 1-bosqich talabasi

 

So'nggi yillarda O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora yuksalib borayotganiga guvoh bo'layapmiz. Prezidentimiz tomonidan 2017 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida bildirilgan dolzarb takliflar amaliyotga tatbiq etilgani O'zbekiston tashabbuslarining nechog'lik muhim va hayotiy ekanini ko'rsatib beradi.

Ana shunday takliflardan biri – “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” to'g'risidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishi edi. Haqiqatda, bugungi kunimizning o'tkir muammosi bo'lgan jaholatga qarshi kurashish uchun birinchi galda zarur bo'lgan omil bu – ilm-ma'rifatni keng yoyish, bag'rikenglik g'oyalarini hayotga tatbiq etish, do'stlik-birodarlik muhitini yanada mustahkamlash hisoblanadi.

Samarqandda tashkil etilgan Hadis ilmi maktabi ham ma'rifat tarqatuvchi muhim ilm maskan ekani bilan alohida ahamiyatga ega. Men bu yil og'ir saralash bosqichlaridan o'tib talabalikka qabul qilinganimdan juda ham xursandman. Kelajakdagi maqsadim, ajdodlarimiz tarqatgan islom ma'rifatini chuqur o'rganib, islom  ilohiyoti sohasida etuk kadr bo'lib etishish hisoblanadi. Hadis ilmi maktabida esa buning uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Azamat Ubaydullayev,

Hadis ilmi maktabi 1-bosqich talabasi

 

Davlatimiz rahbari joriy yil 31 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz  yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqlarida O'zbekistonda yangi bir uyg'onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotgani, bugungi O'zbekiston – kechagi O'zbekiston emasligi, bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emasligini qayd etib, xalqimizni bugungi murakkab davrda kelajakka ishonch bilan o'z oldiga qo'ygan maqsad sari dadil qadam tashlashga undadilar.

Ha, O'zbekiston yangi bir uyg'onish davrini boshlamoqda. Mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarish uchun, avvalo, yangi avlod kadrlarni tayyorlash zaruratidan kelib chiqib, yurtimizda yangi toifadagi maktablar – Prezident maktablari, ixtisoslashgan va ijod maktablarini barpo etish, soha ehtiyojlaridan kelib chiqib o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarini tashkil etish borasidagi ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.

Jumladan, Prezidentimiz tashabbuslari bilan Samarqandda Hadis ilmi maktabining tashkil etilishi biz yoshlar tanlagan mutaxassisligimiz bo'yicha professonal ta'lim olishimiz uchun katta zamin bo'lishiga xizmat qiladi.

Albatta, ushbu islohotlarning zamirida “Jaholatga qarshi - ma'rifat” shiori asosida xalqimizning boy tarixi, ilmiy, ma'naviy merosini har tomonlama o'rganish, eng muhimi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish g'oyasi mujassamdir.

Azimjon Shermatov,

Hadis ilmi maktabi 1-bosqich talabasi

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Safarga ketdilar...”

04.07.2025   12934   2 min.
“Safarga ketdilar...”

Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:

– Haliyam uylanmadingmi?

– Yo‘q, – dedi u.

– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?

– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...

– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..

– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.

Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:

“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:

– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:

– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...

Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.

Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.

Akbarshoh RASULOV