Yangi O'zbekiston. Unda odamlarni rozi qilish, ularning erkin yashash, o'qish, ishlash, ijtimoiy himoyalanish kabi huquqlari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi etib belgilandi. Bugun ana shu ulug'vor tamoyil asosida, qolaversa, xalqimizga xos kechirimlilik, insonparvarlik va bag'rikenglik qadriyatlaridan kelib chiqib, hayotda bilib-bilmay adashgan, xato qilgan insonlarga muruvvat qo'li cho'zilmoqda, ularni to'g'ri hayotga qaytarishning samarali choralari ko'rilmoqda.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan hayotimizda ilk bor yangi institut sifatida namoyon bo'lgan afv etish printsipi ana shu maqsadni amalga oshirish yo'nalishidagi muhim qadam bo'ldi. Zero, bu jarayonda chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilgan ishi xato ekanini anglab, tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan mahkumlar afv etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur AHMYeDOV bilan bo'lib o'tgan suhbatimiz ham aynan afv etilgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, har tomonlama qo'llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ularni qiynayotgan va o'ylantirayotgan savollarga ulamolar, imom xatiblar va turli soha vakillari ishtirokida batafsil javob berish, umuman olganda, bu borada olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar xususida bo'ldi.
Manba: “Yangi O'zbekiston” gazetasi
2020 yil 3 oktyabr', 189-son
Shu yilning 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, kitob chop etish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati