Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: BOBUR MIRZO – BUYuK FAQIH (Birinchi mavzu)

24.09.2020   2506   4 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: BOBUR MIRZO – BUYuK FAQIH (Birinchi mavzu)

Aziz va muhtaram “Muslim.uz” o'zani muhiblari! ULUG' NYe_''MAT! “MUBAYYaN” asaridan bahramand bo'la boshlaymiz. (1) “MUBAYYaN” asari – ham she'riyat, ham ilm xazinasidir!

 

Bu asar besh kitobdan iborat:

1) Iymon-e'tiqod kitobi;

2) Namoz kitobi;

3) Zakot kitobi;

4) Ro'za kitobi;

5) Haj kitobi.

 

Shoh va shoir, alloma va sarkarda Boburning shunday go'zal kitob yozgani – millatimizning sharafidir.

 

*   *   *

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 629-raqamli tavsiyasi bilan nashr etilgan.

*   *   *

 

BOBUR MIRZO – BUYuK FAQIH

(Qisqa muqaddima)

 

    بسم الله الرحمن الرحيم

Alloh  ta'ologa  so'ngsiz  hamdu  sanolar  bo'lsin.  Hazrati  Rasululloh  sollallohu

alayhi  va  sallam janobimizga  cheksiz  salotu  salomlar  bo'lsin.

 

Alhamdulillah, olimlari podshoh, podshohlari olim bo'lgan xalqning farzandlarimiz.

 

Buyuk  tarixchi  olim  Abdulhay  Lakhnaviy-Hasaniy  “Nuzhat  ul-xavotir”  (“Hotiralar sayri”)  asarida  yozadi:  “U  zotning  ismini    hazrati  Hoja  Ubaydulloh  Ahror  o'zlari Zahiruddin  Muhammad  deb  qo'yganlar,  lekin  turkiy  xalqlar  orasida  Boburshoh  deb mashhur bo'lgan, juda ko'p ilmlarda dengizdek ilm olgan. Uning fiqhi Hanafiyda (Hanafiy mazhabi asosida) “Mubayyan” nomli asari bo'lib, unga shayx Zaynuddin (ibn Qutbuddin  al-Hanafiy)  al-Havofiy  “Mubayyin”  degan  sharh  yozgan” (“Nuzhat  ul-xavotir” – “Hotiralar  sayri”,  314-bet.)

 

Shunga ko'ra, asar nomi “Mubayyan”   ekanligi aniqdir.

 

XVI asr tazkiralaridan bo'lmish Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» (“Sevimli  zotlar  yodnomasi”)  asarida  aytiladi:  “Bobur  podshohning  fazilatlari  bisyor  va  kamolotlari  beshumordir.  Aruz  xususida  yozgan  risolasi  (“Risolai  aruz”)  bir  dengizdirki, ichi javohiru durlar bilan to'ladir. Fiqh masalalarini yana bir risolada mubayyan qilganki, yozuvchisi donishmandligidan nishonadir. Turkiy va forsiyda yaxshi she'rlari bordir. O'shal fiqh risolasining nomi ham «Mubayyan»dir» (Fors  tilidan  Ismoil  Bekjon  tarjimasi. Toshkent,  Abdulla  Qodiriy  nomidagi  Halq  merosi  nashriyoti,  1993.  51-53-betlar).

 

Shoh Bobur «Mubayyan» kitobi orqali buyuk faqih zot ekanini namoyon etadi, asarni o'z valiahd o'g'illari Nosiruddin Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida mo'ljallab, ularning siymosi orqali butun xalq ommasiga besh farz fiqhiy masalalarini ta'lim qiladi.

 

Darhaqiqat, asarda muqaddas islom dinining besh rukni: iymon-e'tiqod, namoz, ro'za, zakot  va  haj  masalalari  go'zal  she'riy  tilda  bayon  etilgan.

 

 Tahqiq  natijasida  shunga shohid bo'ldikki, “Mubayyan” asarining asosiy tayangan manba'lari muborak “Muxtasarul-Viqoya” hamda  «Hidoya»i  sharif  kitoblaridir. 

 

Asardagi  duo  matnlari  esa  asosan  kutubi  sittada, ya'ni  olti  ulug'  muhaddisning  kitoblarida  kelgan  hadislardan  hamda  Imom  G'azzoliyning «Ihyou  ulumid-din»  asaridan  tanlab  olingan.

 

Qomusiy alloma, mumtoz shoir, ma'rifatli faqih Zahiruddin Muhammad Bobur qalamiga mansub  “Mubayyan” asari Temuriylar davri ijtimoiy, oilaviy, xususiy hayotidagi  ilmiy,  ma'rifiy,  diniy  madaniyatning  nazmiy  ifodasidir.  

 

Mirzo KYeNJABYeK

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

11.07.2025   3957   1 min.
Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

 Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).

Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.

- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir. 

- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.

- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,

- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.

- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.