Aziz va muhtaram “Muslim.uz” o'zani muhiblari! ULUG' NYe_''MAT! “MUBAYYaN” asaridan bahramand bo'la boshlaymiz. (1) “MUBAYYaN” asari – ham she'riyat, ham ilm xazinasidir!
Bu asar besh kitobdan iborat:
1) Iymon-e'tiqod kitobi;
2) Namoz kitobi;
3) Zakot kitobi;
4) Ro'za kitobi;
5) Haj kitobi.
Shoh va shoir, alloma va sarkarda Boburning shunday go'zal kitob yozgani – millatimizning sharafidir.
* * *
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 629-raqamli tavsiyasi bilan nashr etilgan.
* * *
BOBUR MIRZO – BUYuK FAQIH
(Qisqa muqaddima)
بسم الله الرحمن الرحيم
Alloh ta'ologa so'ngsiz hamdu sanolar bo'lsin. Hazrati Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam janobimizga cheksiz salotu salomlar bo'lsin.
Alhamdulillah, olimlari podshoh, podshohlari olim bo'lgan xalqning farzandlarimiz.
Buyuk tarixchi olim Abdulhay Lakhnaviy-Hasaniy “Nuzhat ul-xavotir” (“Hotiralar sayri”) asarida yozadi: “U zotning ismini hazrati Hoja Ubaydulloh Ahror o'zlari Zahiruddin Muhammad deb qo'yganlar, lekin turkiy xalqlar orasida Boburshoh deb mashhur bo'lgan, juda ko'p ilmlarda dengizdek ilm olgan. Uning fiqhi Hanafiyda (Hanafiy mazhabi asosida) “Mubayyan” nomli asari bo'lib, unga shayx Zaynuddin (ibn Qutbuddin al-Hanafiy) al-Havofiy “Mubayyin” degan sharh yozgan” (“Nuzhat ul-xavotir” – “Hotiralar sayri”, 314-bet.)
Shunga ko'ra, asar nomi “Mubayyan” ekanligi aniqdir.
XVI asr tazkiralaridan bo'lmish Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» (“Sevimli zotlar yodnomasi”) asarida aytiladi: “Bobur podshohning fazilatlari bisyor va kamolotlari beshumordir. Aruz xususida yozgan risolasi (“Risolai aruz”) bir dengizdirki, ichi javohiru durlar bilan to'ladir. Fiqh masalalarini yana bir risolada mubayyan qilganki, yozuvchisi donishmandligidan nishonadir. Turkiy va forsiyda yaxshi she'rlari bordir. O'shal fiqh risolasining nomi ham «Mubayyan»dir» (Fors tilidan Ismoil Bekjon tarjimasi. Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi Halq merosi nashriyoti, 1993. 51-53-betlar).
Shoh Bobur «Mubayyan» kitobi orqali buyuk faqih zot ekanini namoyon etadi, asarni o'z valiahd o'g'illari Nosiruddin Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida mo'ljallab, ularning siymosi orqali butun xalq ommasiga besh farz fiqhiy masalalarini ta'lim qiladi.
Darhaqiqat, asarda muqaddas islom dinining besh rukni: iymon-e'tiqod, namoz, ro'za, zakot va haj masalalari go'zal she'riy tilda bayon etilgan.
Tahqiq natijasida shunga shohid bo'ldikki, “Mubayyan” asarining asosiy tayangan manba'lari muborak “Muxtasarul-Viqoya” hamda «Hidoya»i sharif kitoblaridir.
Asardagi duo matnlari esa asosan kutubi sittada, ya'ni olti ulug' muhaddisning kitoblarida kelgan hadislardan hamda Imom G'azzoliyning «Ihyou ulumid-din» asaridan tanlab olingan.
Qomusiy alloma, mumtoz shoir, ma'rifatli faqih Zahiruddin Muhammad Bobur qalamiga mansub “Mubayyan” asari Temuriylar davri ijtimoiy, oilaviy, xususiy hayotidagi ilmiy, ma'rifiy, diniy madaniyatning nazmiy ifodasidir.
Mirzo KYeNJABYeK
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Ota-onam meni majburlab erga bermoqchi, bola bilan ko‘rishdim va ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Keyin istixora o‘qishni boshladim va baribir ko‘nglim yumshamadi. Uydagilarga tushuntirdim, lekin meni eshitishmayapti. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xotin-qizlarni majburlab erga berishdan man qilingan. Zero, nikoh ikki tomonning roziligi bilan tuziladi. Juvon bo‘lsa, u bilan ochiqcha gaplashiladi, bokira bo‘lsa, undan izn so‘raladi. Bokira (rozilik alomatlari bilan) sukut qilsa, bu uning nikohga izn bergani bo‘ladi.
Barcha fiqhiy manbalarimizda kelin va kuyov o‘z roziligini bildirishi (iyjob va qabul) nikohning asosiy rukni ekani bayon qilingan. Kelin-kuyovdan biri nikohga rozi bo‘lmasa, nikoh durust bo‘lmaydi.
Ota-onaning vazifasi esa farzandini boylik, mansab yoki boshqa g‘arazlar sababli ko‘r-ko‘rona uylanish yoki erga tegishga majburlash emas. Balki farzandiga juft bo‘layotgan yigit yo qizning diyonati, xulq-odobiga va kasb-hunariga e’tibor qilishdir.
O‘z o‘rnida turmush qurayotgan farzand ham ota-onasining tavsiyalari o‘rinli bo‘lsa, qabul qilishi, qaysarlik qilmay ularning hayotiy tajribalaridan foydalanishi kerak.
Xotin-qizlarni majburlab erga berish holatlarida Payg‘ambarimiz alayhissalomning ayolga nikoh yo ajralishni tanlash ixtiyorini berganlari ma’lum. Hatto bir holatda qiz kambag‘al yigitni, ota-ona esa boy yigitni tanlaganida, u zot qizning ixtiyorini ustun qo‘yib:
لم ير للمتحابين مثل النكاح
«Bir-birini yaxshi ko‘rganlar uchun nikohdan yaxshisi yo‘qdir", dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati). Vallohu a’lam"
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.