Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

IKKINChI JUZ: 2. BAQARA SURASI, 142–145 OYaTLAR

22.09.2020   3929   11 min.
IKKINChI JUZ:  2. BAQARA SURASI, 142–145 OYaTLAR

 

 ۞سَيَقُولُ ٱلسُّفَهَآءُ مِنَ ٱلنَّاسِ مَا وَلَّىٰهُمۡ عَن قِبۡلَتِهِمُ ٱلَّتِي كَانُواْ عَلَيۡهَاۚ قُل لِّلَّهِ ٱلۡمَشۡرِقُ وَٱلۡمَغۡرِبُۚ يَهۡدِي مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٖ مُّسۡتَقِيمٖ١٤٢

142. Odamlarning esi pastlari: "Nima bularni qiblalaridan yuz o'girtirdi?" deyishadi. "Mashriq va Mag'rib Allohniki, O'zi xohlaganlarni to'g'ri yo'lga boshlaydi", denglar.

Alloh taoloning amriga ko'ra musulmonlarning qiblalari o'zgartirilib, endi ular Masjidul-Aqso o'rniga Masjidul-Haromdagi Ka'baga yuzlanib namoz o'qiy boshlashganida ayrim nodon kimsalar: "Ie, bularning qiblasi nega o'zgarib qoldi, buning boisi nima ekan?" kabi savol berishga tushdi. Shu bois Alloh taolo musulmonlarga bunday xitob qilyapti: o'sha nodonlarga aytinglar, sharq tomon ham, g'arb tomon ham, butun dunyo Allohniki, U xohlaganini mana shunday narsalar bilan sinab hidoyatga boshlaydi, xohlaganini esa, zalolatga ketkazadi.

Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga ilk bor kelganlarida ansorlardan bo'lgan bobolarinikiga – yoki tog'alarinikiga – tushdilar. Baytul Maqdisga qarab o'n olti oy yoki o'n etti oy namoz o'qidilar. U zotga qiblalari Bayt tarafida bo'lishi yoqar edi. Ilk (Baytullohga qarab) o'qigan namozlari asr namozi bo'ldi. U zot bilan birga bir necha kishi ham namoz o'qidi. Birga namoz o'qiganlardan bir kishi chiqib, bir masjid ahlining yonidan o'tdi. Ular ruku'da edi. Shunda u: «Alloh nomi ila guvohlik beramanki, shak-shubhasiz, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Makka tomonga qarab namoz o'qidim», dedi. Natijada ular o'sha hollarida Bayt tomonga burilishdi. U zotning Baytul Maqdisga qarab namoz o'qishlari yahudiylarga va ahli kitoblarga yoqar edi. Yuzlarini Baytulloh tomon burgan edilar, ular buni qabul qilishmadi» (Buxoriy rivoyati).

 

وَكَذَٰلِكَ جَعَلۡنَٰكُمۡ أُمَّةٗ وَسَطٗا لِّتَكُونُواْ شُهَدَآءَ عَلَى ٱلنَّاسِ وَيَكُونَ ٱلرَّسُولُ عَلَيۡكُمۡ شَهِيدٗاۗ وَمَا جَعَلۡنَا ٱلۡقِبۡلَةَ ٱلَّتِي كُنتَ عَلَيۡهَآ إِلَّا لِنَعۡلَمَ مَن يَتَّبِعُ ٱلرَّسُولَ مِمَّن يَنقَلِبُ عَلَىٰ عَقِبَيۡهِۚ وَإِن كَانَتۡ لَكَبِيرَةً إِلَّا عَلَى ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُۗ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُضِيعَ إِيمَٰنَكُمۡۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِٱلنَّاسِ لَرَءُوفٞ رَّحِيمٞ١٤٣

143. Shutariqasizlarniboshqalargaguvohbo'lishingizvaPayg'ambarningsizlargaguvohbo'lishiuchun "o'rtabirummat" qildik. (Ey Muhammad), sizyuzlanganoldingiqiblaniBizfaqatorqagaqaytibketayotganlardankimPayg'ambargaergasharekan, debqildik. Bu, garchiAllohhidoyatgaboshlaganlardanboshqalargaog'irbo'lsaham. Allohimonlaringiznizoyeqiluvchiemas, Allohhaqiqatanodamlargamehribonvarahmlidir.

Oyati karimadagi "o'rta ummat"ni ko'pgina mufassirlar ummatlarning eng yaxshisi, o'rtacha, mo''tadil yo'ldagi, oldingi qavmlarning xatolarini takrorlamaydigan Islom ummatidir, deya tafsir qilishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelgach, o'n etti oycha Baytul-Maqdis (Quddusi sharif)ga qarab namoz o'qidilar. Keyin sharafli Ka'ba tomon yuzlanishga amr bo'ldi. Shu xususda yahudiylar va ba'zi imoni sust musulmonlar tomonidan bo'ladigan e'tirozni Alloh taolo oldindan bayon qilib javobini beradiki, Mashriq ham, Mag'rib ham O'zining mulkidir, hozirgacha u tarafga yuzlanishni buyurgan Alloh endi bu tarafga qarab ibodat qilishni amr etmoqda. Yo'nalishi o'zgarsa ham ibodat Alloh taoloning O'zigadir. Asli qiblaning o'zi hozirgisidir, bu borada bahs-e'tirozlar behudadir. Avval o'qilgan namozlar zoye bo'lmaydi, bu holat tufayli haqiqiy hidoyatdagilar ma'lum bo'ldi. Bu ummat boshqa barcha ummatlardan fazilatlidir, chunki payg'ambarlari Muhammad sollallohu alayhi vasallamhamma nabiylardan afzaldirlar. Baro ibn Ozib roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baytul-Maqdisga qarab o'n olti yoki o'n etti oy namoz o'qidilar, ammo aslida Baytullohning o'zlariga qibla bo'lishini xohlar edilar. Bir kuni u zot Baytullohga qarab namoz o'qidilar, qavm ham ergashdi. Keyin u zot bilan birga namoz o'qiganlardan biri namoz o'qib turgan bir guruh oldiga borib: "Alloh taoloni guvoh qilib aytamanki, men hozirgina janob Rasululloh bilan birga Makkaga qarab namoz o'qidim", dedi. Shunda boyagi namozxonlar Baytulloh tomonga o'girilib olishdi. Qibla Baytul-Maqdisdan Baytulloh tomonga o'zgartirilmasidan oldin shahid bo'lganlar ham bor edi, biz ular xususida nima deyishni bilmas edik. Alloh taolo: "Alloh imonlaringizni (ya'ni Baytul-Maqdisga qarab o'qigan oldingi namozlaringiz ajrini) zoye ketkazmaydi, Alloh haqiqatan odamlarga mehribon va rahmlidir" oyatini nozil qildi" (Buxoriy rivoyati).

 

قَدۡ نَرَىٰ تَقَلُّبَ وَجۡهِكَ فِي ٱلسَّمَآءِۖ فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبۡلَةٗ تَرۡضَىٰهَاۚ فَوَلِّ وَجۡهَكَ شَطۡرَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِۚ وَحَيۡثُ مَا كُنتُمۡ فَوَلُّواْ وُجُوهَكُمۡ شَطۡرَهُۥۗ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ لَيَعۡلَمُونَ أَنَّهُ ٱلۡحَقُّ مِن رَّبِّهِمۡۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا يَعۡمَلُونَ١٤٤

144. Gohoyuzingizniosmongaqaratganingizniko'ribturibmiz. Endio'zingizrozibo'lganqiblagayuzlantiramiz. YuzingizniMasjidul-Haromtarafgaburing! Qayerdabo'lsangizlarhamyuzlaringizniutomongaburinglar! KitobberilganlarbuningParvardigorlaridankelganHaqiqatekaninialbattabilishadivaAllohularningqilmishlaridang'ofilemasdir.

Musulmonlar namoz o'qishda yuzlanib turadigan tomon "qibla" deyiladi. Hozir qibla Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda ichida Ka'ba o'rnashgan joydir. Islomning ilk davrida musulmonlar Quddusi sharifdagi Aqso masjidi tarafga qarab namoz o'qishar edi. Keyinchalik Qur'oni karim hukmi bilan namozni Ka'ba tarafga yuzlanib ado etishga amr bo'ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinada ibodat qilayotganlarida muborak yuzlarini hamisha osmon tarafga qaratib, hukmga muntazir turardilar va qiblaning Ka'baga bo'lishini kutib yurardilar. U zotning istaklariga muvofiq hukm kelib, sharafli Ka'ba to qiyomatgacha musulmonlarga qibla bo'lib qoldi.

Qiblaga qarab oyoq uzatib o'tirish yoki yotish, hojat ushatish qattiq odobsizlik sanaladi. Namozxon qayerda bo'lishidan qat'i nazar, namozni qiblaga yuzlanib o'qishi shartdir. Kasalligi yoki xatar sababli yoxud qibla qaysi tarafda ekanini aniqlay olmay qiblaga yuzlana olmagan kishi imkoni bor, ko'ngli taskin topgan tarafiga qarab o'qiydi. Ahli kitoblar ham buning Parvardigorlari huzuridan ekanini, Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom keltirgan shariat qiyomatgacha barcha insonlarga yuborilgan ilohiy dastur ekanini yaxshi bilishadi, ammo sarkashliklari tufayli bularni tan olishdan, qiblaga yuzlanishdan bosh tortishadi. Alloh ularning barcha qilmishlarini bilib turadi.

وَلَئِنۡ أَتَيۡتَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ بِكُلِّ ءَايَةٖ مَّا تَبِعُواْ قِبۡلَتَكَۚ وَمَآ أَنتَ بِتَابِعٖ قِبۡلَتَهُمۡۚ وَمَا بَعۡضُهُم بِتَابِعٖ قِبۡلَةَ بَعۡضٖۚ وَلَئِنِ ٱتَّبَعۡتَ أَهۡوَآءَهُم مِّنۢ بَعۡدِ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلۡعِلۡمِ إِنَّكَ إِذٗا لَّمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ١٤٥

145. Qasamki, agar Kitob berilganlarga barcha dalillarni keltirsangiz ham ular qiblangizga yuzlanishmaydi, siz ham ularning qiblasiga yuzlanmaysiz va ularning ba'zisi boshqasining qiblasini qabul qilmaydi. Qasamki, agar o'zingizga kelgan vahiydan keyin ham ularning xohishlariga ergashsangiz, unda albatta zolimlardan bo'lib qolasiz.

Ey Payg'ambar, Ahli kitoblarga qancha dalil-isbotlar keltirmang, endi ular aslo sizlar yuzlangan qiblaga qarab ibodat qilishmaydi. Parvardigoringiz bandalarini sinash uchun qiblani o'zgartirdi, siz ularning qiblasini qabul qilmang, boshqalarning ba'zisi ba'zisining qiblasini qabul qilmayotgani ham sizni adashtirmasin. Agar vahiylarimiz kelib turib ham ularning istaklariga bo'ysunsangiz, unda joningizga zulm qilgan bo'lasiz. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: "Odamlar Qubo masjidida bomdod o'qib turishgan edi, bir odam kelib: "Alloh taolo hazrati Rasulullohga vahiy tushirib, Ka'bani qibla qilishni amr etdi", dedi. Namozxonlar darhol Alloh taoloning amriga bo'yin egib, yuzlarini qiblaga o'girishdi" (Buxoriy rivoyati).

Tafsiri irfon
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Olti haqning biri

07.07.2025   370   2 min.
Olti haqning biri

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Musulmonning (boshqa) musulmon zimmasidagi haqqi oltitadir: “Unga ro‘baro‘ kelsang, salom ber, sen (biror narsaga) taklif etsa, uni qabul qil, sendan nasihat so‘rasa, unga nasihat qil, agar aksirib, Allohga hamd aytsa, unga tashmit ayt, betob bo‘lsa, uni ziyorat qil, vafot etsa, (janozasiga) ergash (ya’ni qatnash)” dedilar” ( Imom Muslim rivoyati). Bu olti haqning biri nasihat berishdir. Agar musulmon boshqa musulmondan nasihat so‘rab kelsa, unga xolis nasihat berishi lozim. Zero, nasihat qilish har bir mo‘min-musulmonning boshqa mo‘min-musulmondagi haqlaridan biridir.

 

Nasihat qilishning quyidagi odoblari bor: 

 

  1. Nasihat so‘rab kelgan kishini ochiq yuz bilan qarshi olish.
  2. Nasihat so‘rab kelgan kishidan hol-ahvol so‘rash.
  3. Nasihat so‘rab kelgan kishining fikrini oxirigacha tinglash.
  4. Nasihat berishni yaxshi niyat bilan boshlash.
  5. Nasihat so‘rab kelgan kishining ko‘ngliga tegmasdan unga chiroyli nasihat qilish.
  6. Nasihat o‘zida dunyo va oxirat manfaatlarini qamrab olishi.
  7. Nasihatda  ishonarli naqliy va aqliy dalillar keltirish.
  8. Kishining xato va kamchiliklari bo‘lsa, yotig‘i bilan tushuntirish;
  9. Nasihatda kishining ijobiy tomonlarini ko‘rsatib o‘tish.
  10. Nasihatning o‘rni va vaqtini topa bilish.
  11. Ko‘pchilik orasida nasihat qilishdan tiyilish.
  12. “Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi”, deb yaxshi umid berish.

 

Xulosa qilib aytamizki, har tomonlama yaxshi niyatda, ta’sirchan uslubda, samimiyat bilan qilingan nasihat katta ajr-savoblarga sabab bo‘ladi. U insonlar o‘rtasida yomonlikni mavh qilib, yaxshilikni bardavom bo‘lishi uchun xizmat qiladi. 

 

Ruhiddin Akbarov,

O‘zbekiston musulmonlar idorasining

Qashqadaryo viloyati vakilligi xodimi

Maqolalar