Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan so'nggi yillarda ilgari surilayotgan xalqaro va mintaqaviy tashabbuslar jahon hamjamiyat tomonidan munosib qarshi olinmoqda. Ushbu takliflarning qo'llab-quvvatlanishi va izchil amalga oshirilishini dunyoning siyosiy manzarasi o'zgarib borayotgan bugungi kun talabi nuqtai nazaridan ilgari surilganiga yana bir misol.
Turkiyaning Buyuk millat majlisidagi “Turkiya-O'zbekiston” parlamentlararo do'stlik guruhi raisi Osman Mesten “Dunyo” AA muxbiriga bergan interv'yusida davlatimiz rahbari boshchiligida O'zbekiston erishayotgan yutuqlar va xalqaro miqyosda taklif etayotgan tashabbuslar ahamiyati haqida quyidagilarni qayd etdi:
– Dunyoda ekstremizm, qurolli to'qnashuvlar, qon to'kilishi, jaholat va zalolat, murosasizlik, adolatsizlik kabi holatlarga guvoh bo'lyapmiz. Islomofobiya kun sayin kuchayib bormoqda. Bu esa dunyodagi barqarorlikka salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bois bugun xalqaro miqyosda adolat va ilm-ma'rifatga asoslangan yangi global tizimga ehtiyoj bor. Bunda adolat va ma'rifatning dunyo uzra yoyishga qodir etakchilarga ehtiyoj bor.
O'zbekiston Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylarining bu yo'nalishda olib borayotgan kuchli davlat siyosati bizda alohida qiziqish uyg'otmoqda. U Prezident sifatida ish boshlagan ilk kunlardan e'tiboran ichki va tashqi siyosatda jiddiy islohotlarni amalga oshirishga kirishdi va bu yo'nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda. Davlatingiz rahbari mamlakatning boy tarixi va bebaho merosidan qudrat olib, tajriba va dadillik bilan insoniyatga ziyo ulashgan Imom Buxoriy, Moturidiy, Beruniy, Farobiy kabi ulug' allomalarga munosib voris sifatida xalqaro maydonda katta obro'ga ega bo'lmoqda.
Hususan, 2018 yilda BMT Bosh Assambleyasining “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasi, keyinroq esa BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyasiga doir Toshkent deklaratsiyasining qabul qilinishi Prezident Shavkat Mirziyoevning faol siyosiy etakchiligi bilan amalga oshirildi.
O'zbekiston chuqur tarixiy va bugungi tadrijiy rivojlanish orqali dunyoga insoniy, islom madaniyati va ma'rifatini tarqatuvchi markaz sifatida tanilish uchun etarli imkoniyat va salohiyatga ega.
Hozirgi kunda islom dunyosida terrorizm, ekstremizm kabi buzg'unchi g'oyalarga qarshi eng muvaffaqiyatli kurash olib borayotgan mamlakat ham aynan O'zbekistondir. Bugun O'zbekiston dunyoga tinchlik, taraqqiyot, madaniyat va ma'rifat tarqatishda davom etmoqda.
O'zbekiston Oliy Majlisi Senati qoshida yoshlar parlamenti tashkil etilganini olqishlaymiz. Ushbu tashkilotning tuzilishi Prezident Shavkat Mirziyoevning yoshlarga bo'lgan e'tibori bilan birgalikda, uning o'z mamlakati kelajagini ma'rifatparvar yoshlar timsolida ko'rayotganidan dalolatdir. Prezident O'zbekiston yoshlarining dunyo mamlakatlarida, shu jumladan Turkiya oliygohlarida zamonaviy bilim va kasb egallashlariga alohida ahamiyat qaratmoqda. Turkiy islom madaniyatining qayta tiklanayotgani va bu borada Prezidentlar Mirziyoev Shavkat va Rejep Tayyip Erdo'g'on etakchilik qilayotgani kelajakka bo'lgan ishonchni kuchaytirmoqda.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Qur’oni karimga ko‘ra, terroristlarning omma xalqni portlatishi, insonlarni o‘z joniga qasd qilishga da’vat etishi va boshqa har qanday tinch aholini hayotiga qaratilgan tajovuzlarni amalga oshirishi ulkan jinoyat hisoblanadi.
Albatta, bu ishlarni amalga oshiruvchilarga jahannamda og‘ir azob-uqubatlar borligida hech qanday shak-shubha yo‘q. Qur’oni karimning Buruj surasida odamlarni yondirish taqiqlanganligi keltirib o‘tiladi:
“Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitna qilib, so‘ngra tavba qilmaganlarga, ana o‘shalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor[1]”. (Buruj surasi, 10-oyat).
Qur’ondagi “fatanu” so‘zi “yondirish” ma’nosida ham tafsir qilinadi. Bu oyat odamlarni portlatuvchilar do‘zax egalari ekanligiga ishora qiladi.
Ibn Abbos va Muqatil aytdilar: “mo‘min va mo‘minalarni fitna qilib” oyati quyidagi ma’noni anglatadi: “Ular mo‘minlarni olov bilan yondiradilar”[2].
Ibn Humayd va Ibn al-Munzirdan rivoyat qilinichisha, Qatoda “Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib”, oyatini “olov bilan yondirib o‘ldirish[3]” degan ma’noni anglatadi deb tafsir qilgan.
Imom al-Qurtubiy va Abu Hafs al-Hanbaliy ham shunday tafsir qilganlar[4].
Musulmonlarni o‘ldirishni haq deb bilganlar Islom chegarasidan chiqqan hisoblanadilar va lovullab yonayotgan do‘zaxning olovida azoblanadilar.
Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Xasadchi, tuhmatchi va folbin mendan emas va men ham ulardan emasman”. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagi oyatni tilovat qildilar: “Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar”[5] (Ahzob surasi, 58-oyat).
Faxriddin ar-Roziy rahimahullohning Qur’on karim tafsirida quyidagilar yozilgan:
“Oxiratda do‘zax ahlini ikki turdagi azob o‘rab oladi, birinchisi bu ularning kufr keltirganliklari uchun bo‘lsa, ikkinchisi musulmonlarni yondirganliklari uchun beriladi”[6].
“Tafsir al-Jalolayn” asarining muallifi, yuqoridagiga o‘xshash fikrlarni keltirib o‘tadi: “Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib”, olovda kuydirish orqali, “so‘ngra tavba qilmgan kimsalarga jahannam azobi”, iymonsizliklari sababli, “ular uchun o‘t azobi bordir” musulmonlarni olovda yondirganlari uchun[7].
“The Fatwa on Terrorism and Suicide Bombings” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi
[1] Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur’oni karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi. – T.: «Hilol-Nashr» 2015. 590– b.
[2] Ar-Roziy, al-Tafsir al-Kabir, 13:III.
[3] Jaloliddin Suyutiy, al-Dur al-Manzur, 8:466.
[4] Muhammad al-Qurtubiy, al-Jomi li ahkam al-Qur’on, 19:295, Abu Hafs al-Hanbaliy, al-Lubab fi ulum al-Kita, 20:253.
[5] Al-Munzir al-Targ‘ib va al-Tarhib, 3:324, Ibn Asokir Tarix Dimashq al-Kabir, 21:334.
[6] Ar-Roziy al-Tafsir al-Kabir.
[7] JaloliddinSuyutiy va Jaloliddin al-Mahalliy, Tafsir al-Jalolayn, I:801.