Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2025   |   3 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:19
Quyosh
05:43
Peshin
12:30
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:27
Bismillah
26 Avgust, 2025, 3 Rabi`ul avval, 1447

Hushxabar! Samarqandda masjidlar soni bittaga ko'paydi!

18.09.2020   2713   1 min.
Hushxabar! Samarqandda masjidlar soni bittaga ko'paydi!

Qadimiy navqiron va hamisha go'zal Samarqandda yangi masjid ochildi!
Yaratganga cheksiz shukronalar bo'lsin, bugun O'zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjidlar soni yana bittaga ko'payib, jami 2075 taga etdi azizlar!
Yangi masjid nomi "Yangiobod" deb nomlangan bo'lib, samarqand shahrining So'g'diyona dahasida o'z faoliyatini olib boradi va ertaga fazilatli juma kuni ilk juma namozi o'qishi rejalashtirilmoqda.
Shu bilan Samarqand viloyatidagi masjidlar soni 286 taga etdi.
Ushbu masjidni barpo etilishidan tortib, bugungi ochilishigacha o'z hissasini qo'shgan barcha yurtdoshlarimizdan yaratganning o'zi rozi bo'lsin va yangi jome masjid muborak bo'lsin aziz yurtdoshlar!

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Masjidlar bo'limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi

25.08.2025   2058   1 min.
Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi

#xabar #umra
 Avvalroq taniqli va tajribali ulamo, Toshkent shahridagi "Siroj solih" jome masjidi imom xatibi, Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Hasan domla Qodirov ellikboshi sifatida umra safariga borishi va u kishiga hamroh bo‘lishni istaganlarga fursatni qo‘ldan boy bermaslik haqida e’lon bergandik (https://t.me/hajumrauz/7580).   


 Vanihoyat o‘sha lahzalar yetib keldi. Bugun, 24 avgust kuni “Umra – 2025/2026” mavsumining navbatdagi guruh ziyoratchilari Hasan domla Qodirov va boshqa tajribali ulamolar ellikboshiligida Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Safar davomida ziyoratchilarimiz ibodat va ziyoratlarni go‘zal tarzda ado qilish bilan birga ulamolarimizning ta’sirli mav’izalaridan bahramand bo‘ladilar, insho Alloh. 


240 nafar hamyurtimiz Toshkent xalqaro aeroportidan "Uzbekistan Airways" havo kemasi orqali Jidda shahriga yo‘l oldi.


Ma’lumot o‘rnida yurtdoshlarimiz dastlab Madina shahrida 3 kun, so‘ngra Makka shahrida 7 kun muborak ziyoratda bo‘ladi. 


 Shuningdek, ziyoratchilar Madinada “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Al-Ayyam Elite” va  “Marmara Hotel” kabi zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi. Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi. 


 Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, malakali shifokorlar hamrohlik qiladi. 


 Bundan tashqari, Makka va Madina shaharlarida muborak joylarni ziyorat qilish bilan birga Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohatga ham olib boriladi.  


Alloh taolo hamyurtlarimizning safarlarini xayrli qilib, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi Taniqli ulamo boshchiligidagi navbatdagi ziyoratchilar guruhi muborak safarga yo‘l oldi
O'zbekiston yangiliklari