Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan yurtimizdagi diniy tashkilotlar o'z faoliyatini davom ettira boshlaganiga bir oy bo'ldi. Unutmaslik lozimki, masjidlarimiz karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilish talabi bilan ochildi. Vaziyat hali xotirjamlikka berilishga asos yo'qligini ko'rsatmoqda. Shunday ekan, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib karantin qoidalariga jiddiy e'tibor qaratish va masjidga kelayotgan har bir fuqaroning salomatligiga befarq bo'lmasdan, kasallik tarqalishini oldini olish biz imom-xatiblarning hozirgi kundagi asosiy vazifamizdir.
Ko'plab tushuntirishlarga qaramay, tibbiy niqob taqishga bee'tibor bo'layotganlarni ham uchratyapmiz. Ana shu toifa kishilar, umuman namozxonlarga karantin qoidalariga amal qilishning mohiyati, bugungi kundagi zarurati haqida so'zlab berish uchun masjidmizga soha mutaxassisini taklif etdik. Shifokor Raimqul Umarov jamoatga pandemiya sharoitida talab etiladigan himoya choralari, gigiyena qoidalarining zarurati haqida so'zlab berdi. Shuningdek masjidga turli infektsiya zarralarini qaytara oladigan maxsus tibbiyot lampalari o'rnatilganligi va uning afzalliklari haqida to'xtalib o'tdi. Suhbat yakunida esa Allox taolodan insoniyatga kelgan bu kasallikni tez orada bartaraf bo'lishi, el-yurtimizning taraqqiyoti bundanda ravnaq topishi uchun duolar qilindi.
Abror Alimov
Toshkent shahar “Huvaydo” jome masjidi imom-xatibi
2025 yilgi Haj safarida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida faol ish olib bormoqdalar. Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirok etib, tadbirga boshchilik qildi. “Sayyid Ahmadxon hoji” jome masjidida o‘tkazilgan yig‘ilishda tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ishchi guruh uch yo‘nalishda faoliyat olib bordi. Jumladan:
– Hajdan qaytgan ziyoratchilar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi;
– 65 ta oilaga borilib, ma’naviy suhbat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi;
– 9 ta xonadondagi ruhiy-ma’naviy qiyinchiliklar o‘rganilib, maslahatlar berildi.
– Oilaviy kelishmovchilik sababli notinch bo‘lib turgan oilalarga suhbat va nasihatlar o‘tkazildi. Natijada 2 ta arazlashgan oila yarashtirilib, 1 ta ajrimning oldi olindi;
– Sudlanganlar, jazo muddatini o‘tayotganlar hamda ularning oilalari bilan muloqot qilindi.
– Nogiron va ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.
Tumanning Taptiqsaroy mahallasida yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan xonadonni qayta ta’mirlash ishlari homiylar va hojilar ko‘magida boshlab yuborildi. Bosh imom-xatib Ubaydulloh domla ushbu xonadonga tashrif buyurib, muloqot qildi hamda tavsiyalar berdi.
Bundan tashqari, “Doimobod” mahallasidan bo‘lgan, nogironligi bor fuqaroning uyiga ham tashrif uyushtirilib, tugallanmagan uy qurilishi uchun zarur qurilish materiallari yetkazildi.
Peshin namozidan so‘ng Ishchi guruh tarkibidagi iqtidorli imom-xatiblar jamoatga ma’ruza qilib, tinchlik, osoyishtalik va xalq farovonligi uchun duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati