Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2025   |   1 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:35
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:41
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2025, 1 Sha`bon, 1446

Islom tarixi: HIJRIY YeTTINChI VA SAKKIZINChI YILDAGI MUHIM HODISALAR

14.09.2020   4196   39 min.
Islom tarixi: HIJRIY YeTTINChI VA SAKKIZINChI YILDAGI MUHIM HODISALAR

HIJRIY YeTTINChI YILDAGI MUHIM HODISALAR

Podshoh va hokimlarni islomga da'vat qilish

Hudaybiya sulhi tuzilib, tinchlik hukm sura boshlagach, Islom da'vatini keng miqyosda yoyish uchun qulay imkoniyat tug'ildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chor atrofdagi podshohlar va arab amirlariga maktub yozib, ularni Allohning diniga chaqirishga qaror qildilar. Bu muhim tadbir hijriy ettinchi yilning boshida amalga oshirildi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning podshoh va amirlarga yuborgan maktublari Islomning olamshumul din ekanini, barcha xalqlarning barcha muammolarini qiyomatgacha hal qilishi muqarrar ekanini yana bir bor ta'kidladi.

Yuborilgan maktublar Islom diplomatiyasining ilk vasiqalari bo'ldi. Ularni chet el rahbarlariga etkazish, ular bilan xalqaro aloqalar qilish o'sha diplomatiyaning birinchi qadamlari edi. Shuning uchun ham soha mutaxassislari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning podshoh va amirlarga yuborgan maktublarini sinchiklab o'rganishlari lozim bo'ladi.

O'sha vaqtda Rum davlati dunyoni larzaga solib turgan ikki davlatdan biri edi. Bu davlat o'sha vaqtda olamning yarmiga o'z hukmini yuritib turardi, degan odam mubolag'a qilmagan bo'ladi.

O'sha davrda bu davlatning sharqiy qismi – Vizantiya imperatori Hiraql I bo'lib, u asli yunonlik oilada tug'ilgan edi. Hiraqlning otasi Rum davlatining Afrikadagi bo'lagiga hokimlik qilardi. Shuning uchun ham Hiraql Afrikaning Kartonj shahrida o'sdi. Ko'p kurashlardan so'ng milodiy 610 yil halokat yoqasiga kelib qolgan Vizantiya davlatiga bosh bo'ldi.

628 yil Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning maktublarini sahobalardan Dihyatul Kalbiy roziyallohu anhu Busroning hokimiga olib borib berdilar. U esa o'z navbatida Hiraqlga etkazdi.

Maktub bilan tanishib bo'lgach, Hiraql davlat arkonlariga qasriga kirishga izn berdi va qasrning eshiklarini qulflatib qo'ydi. Keyin o'rtaga chiqib: «Ey Rum ulug'lari! Agar siz najotni, rushdi hidoyatni va mulkingiz sobit qolishini istasangiz, ushbu payg'ambarga bay'at qiling», dedi. Ular qochib, o'zlarini eshikka urishdi. Eshiklar qulflangan edi. Hiraql ularning qochishini ko'rib, iymon keltirishlaridan noumid bo'lgach: «Ularni oldimga qaytarib kelinglar», dedi va: «Men haligi gaplarni sizlarning diningizda mustahkamligingizni sinab ko'rish uchun aytgan edim va buni ko'rdim», dedi. Ularning barchalari hukmdorning oyog'iga yiqilishdi va undan mamnun bo'lishdi.

Shunday qilib Hiraql podshohlikni hidoyatdan ustun ko'rdi va yana ayshu ishratga berilib ketdi. Oxiri milodiy 641 yilda Qustantiniyada vafot etib, o'sha erga ko'mildi.

Uning mulki musulmonlar sababidan zavolga uchradi. Vizantiya imperiyasining Osiyo va Afrikadagi mulklari Islom davlati ixtiyoriga o'tdi.

* * *

O'sha paytda Fors imperiyasi dunyoni larzaga solgan ikki davlatdan biri edi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning davrlarida Fors imperiyasi boshida Kisro (Husrav) II turardi. Unga milodiy 591 yil otasi Hurmuz IV ning qatlidan keyin toj kiydirilgan edi.

Tarixchilarning ta'kidlashlaricha, Kisro II davri Fors imperiyasining eng kuchga to'lgan, ravnaqqa erishgan, sarhadlari juda kengaygan davri bo'lgan.

Shuning uchun ham Kisro II Parvez «Muzaffar» laqabini olgan edi. U eng beshafqat, o'zbilarmon va uddaburon podshoxdardan edi.

Kisro II hoyu havasga berilgan, aysh-ishratga, boylikka mukkasidan ketgan odam edi. Taxtga o'tirganiga o'n uch yil to'lganida uning sakkiz yuz sakson million tilla tangasi bor edi. Boshqa boyliklari ham shunga mos edi. U o'ttiz etti yil podshohlik qildi.

628 yil Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning Abdulloh ibn Huzofa Sahmiy roziyallohu anhu orqali yuborgan maktublari bilan tanishgan Kisro uni parchalab tashladi va: «U mening qulim bo'la turib, menga maktub yozadimi?!» deb baqirdi.

Bu ran Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga etganda, «Alloh uning mulku saltanatini parchalasin», dedilar.

Kisro o'zining Yamandagi hokimi Bozonga u zotni olib kelishni amr qildi. Bozon ikki odamini Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yubordi. Ular kelib, u zotga: «Podshohlarning podshohi Kisro Bozonga maktub yo'llab, seni olib kelgani odam yuborishga amr qildi. U seni olib ketish uchun bizni yubordi», deyishdi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo Kisroga o'g'li Sheravayhni dushman qildi. U otasini o'ldirdi», dedilar.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning aytganlari o'ngidan keldi. Kisro o'g'lining amriga binoan xoru zor qilib o'ldirildi. Sheravayh ham otasidan keyin olti oycha yashadi, xolos. To'rt yuz yilcha davru davron surgan Sosoniylar davlati tez sur'atlarda parchalana boshladi. Sheravayxdan keyin o'nta podshoh taxtga keldi. Nihoyat Yazdajir III ning davrida bu imperiya musulmon fotihlar tomonidan fath qilindi.

* * *

Habashiston podshohi «Najoshiy» deb atalgan. Habashiston ajnabiy tillarda Efiopiya deyiladi. Habashiston dunyodagi eng qadimgi davlatlardan hisoblanadi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning davrlarida ham bu davlat hech kimga bo'ysunmagan mustaqil davlat bo'lgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  asl  ismi-sharifi Ashama ibn Abjar bo'lgan Najoshiyga Amr ibn Umayya Zomriy roziyallohu anhu bilan maktub yo'lladilar.

Najoshiy bu maktubni katta ehtirom bilan kutib oldi va musulmon bo'ldi. U vafot etganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga g'oyibona janoza namozi o'qidilar.

* * *

O'sha paytlarda Misrga podshohlik qilgan kishi «Muqavqis» deb atalgan. Qadimdan Misr Vizantiya imperiyasiga qaram bo'lib kelgan. Misr podshohi Vizantiya imperatorining noibi hisoblangan. Usha vaqtdagi Muqavqis Misrning erlik aholisi – qibtiylardan chiqqan bo'lib, asl ismi Jurayj ibn Miyno edi. Shu bilan birga, Misrga Vizantiyaning ta'sir kuchi yo'qolib, u deyarli mustaqil bo'lib qolgan edi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Hotib ibn Abu Balta'a orqali yuborgan maktublarini Muqavqis katta ehtirom bilan kutib oldi. U zotga hadyalar bilan ikkita joriya ham yubordi. Ulardan biri Moriya Qibtiyya bo'lib, Payg'ambar sollallohu alayxi vasallam u kishidan Ibrohim ismli o'g'il ko'rdilar.

Arab amirlariga yo'llangan maktublar

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam arab amirlaridan – Bahrayn amiri Munzir ibn Soviyga, Umon amirlari – Jayfar ibn Julandiy va Abd ibn Julandiyga, Yamoma amiri Havza ibn Aliyga va Damashq amiri Horis ibn Abu Shamir G'assoniyga ham maktub yo'lladilar. Ulardan Bahrayn va Umon amirlari Islomni qabul qilishdi.

Haybar g'azoti

Haybar shahri Madinai munavvaradan shimoli-g'arbda sakson milcha uzoqlikdagi joy bo'lib, u erni yahudiylar bosib olishgan edi. Islmo kelgach, musulmonlarga xiyonat qilgan yahudiylar ham qochib kelib, shu erga joylashishgan edi. Haybar yahudiylar tomonidan Islom davlatiga doimiy tahdid solib turadigan harbiy istehkomga aylantirilgandi. Madinai munavvaradan surgun qilingan Banu Qaynuqo' va Banu Nazir yahudiylarining ba'zilari Haybarga joylashib olishgan, ular atrofdagi qabilalarni, xususan, G'atafon qa-bilasini yana o'zlari bilan Madinai munavvaraga hujum qilib, musulmonlarni yo'q qilib tashlashga chorlashayotgan edi.

Ushbu rejalardan xabar topganlaridan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijriy ettinchi yilning muharram oyi oxirlarida Haybarni fath qilishga qaror qildilar.

U zot bu g'azotga faqat Hudaybiyadagi bay'at ishtirokchilari chiqishini qattiq ta'kidladilar. Hudaybiya sulhi bilan tutagan safarga chiqmay qolganlarga izn bermadilar. Haybarga bir ming to'rt yuz sahoba chiqdi.

Haybarga etib kelinganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taologa iltijo ila duo qildilar. U zot Alloh taolodan Haybarning fathini so'radilar, Hay-barning va uning ahlining sharridan panoh tiladilar.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam qay bir qavmga qarshi g'azot qiladigan bo'lsalar, subh kirishini kutar edilar. Agar o'sha joyda bomdod azonini eshitsalar, urush qilmas edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Haybarda ham shunday qildilar. Tunda dam oldilar. Ertalab azon eshitilmadi. Shunda turib, ulovlariga mindilar. Askarlar ham ulovlarini minib, jangga hozir bo'ldilar va Haybar tomon yurish boshladilar.

Haybarliklar ham qurol-aslahalari bilan chiqib turishgan edi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va lashkarni ko'rishlari bilan: «Muhammad o'z lashkari bilan!» deyishdi-da, ortga qarab qochishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohu akbar! Harob bo'ldi Haybar! Biz bir qavm maydoniga tushsak, ogohlantirilganlarning tongi yomon bo'libdi!» dedilar.

Haybar bir necha qo'rg'onlardan iborat edi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ana shu qo'rg'onlarni birin-ketin fath eta boshladilar.

Ushbu g'azotda musulmonlar mislsiz jasorat ko'rsatib jang qildilar. Yahudiylarning ko'plab chavandoz va pahlavonlari halok bo'ldi.

Musulmonlar bir necha kunlab davom etgan kuchli qamal va shiddatli urushlardan keyin Haybar qo'rg'onlarini birin-ketin fath qildilar. Oxiri kelib yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sulh talab qilishdi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ularni ko'chirib yuborishni iroda qildilar. Ular esa: «Ey Muhammad! Bizni shu erda qoldir. Biz bu erlarni tuzatib, ekin ekaylik. Bu ishni biz yaxshiroq ado etamiz», deyishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalarning dehqonchilik yoki bog'dorchilik qilishga vaqtlari ham, o'rinlariga ishlaydigan xizmatchilari ham yo'q edi. Shuning uchun chiqqan hosilni teng bo'lib olish sharti ila yahudiylarning Haybarda qolishlariga kelishildi.

Haybar g'azoti, shubhasiz, musulmonlar uchun katta zafar bo'ldi. Haybardagi yahudiylar o'zlarining harbiy quvvatlari, boyliklari, farovonliklari, serhosil ziroatlari, hay-vonot boyliklari, qurol-aslahalari, metin qo'rg'onlari bilan mashhur edilar. Shuningdek, ularning ichida pahlavonlar ham ko'p edi. Hech kim, xususan, o'sha mintaqadagi qabilalar ularni engiladi, deb xayollariga ham keltirishmasdi.

Musulmonlarning ana shunday kuchga ega tarafni mag'lub etishlari mazkur ustunliklarning hammasi ular tomonga o'tganini, yaqin o'rtada musulmonlarga teng keladigan kuch qolmaganini bildirar edi. Bu esa atrofda tarozining pallasi qaysi tomonga og'ishini kutib turgan ko'plab qabilalarning musulmonlar tomonga moyil bo'lishini ta'minlar, boshqalarning ko'nglini qo'rqinchga to'ldirardi.

Haybar g'azotidagi zafar musulmonlarning o'zlariga ham yangi kuch baxsh etdi. Ular shu qadar katta quvvatga ega bo'lgan dushmanni mag'lub etganlaridan keyin boshqa dushmanlarga qarshi kurash oson bo'lishini tushunib etdilar. Keyingi hodisalar ayni shu holatni tasdiqladi. Haybar fathidan keyin birin-ketin boshqa fathlar musulmonlarga yor bo'la boshladi.

Boshqa fathlar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Haybardagi ishlarini tamom qilganlaridan keyin Fadak sari yurish qildilar. U erda ham yahudiylar yashashardi. Ular o'zlaricha mustaqil hisoblanishardi. Ammo ularning xaybarliklarga o'xshagan qo'rg'onlari ham, kuch-quvvatlari ham yo'q edi.

Fadak yahudiylari Haybardagi hodisalardan keyin qo'rqib, o'zlarini qo'ygani joy topa olmay turishardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo'shin tortib kelayotganlarini bilishlari bilanoq taslim bo'lishning payiga tushib qolishdi. Ular ham o'zlariga Haybar ahliga o'xshash muomala qilinishini so'radilar. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bu so'rovga ijobiy javob berdilar. Fadakda urush bo'lmagani uchun u erdan tushadigan hosil – daromadni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'z xohishlari ila tasarruf qilar edilar. So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasadlam Quro vodiysi (Vodil quro) tomon yurdilar. Bu vodiyning qishloqlari ko'p bo'lgani uchun ham shu nom bilan atalar edi. Unda arablar bilan yahudiylar ham yashashardi. Bu joy Arabiston yarimorolidagi eng hosildor erlardan bo'lib, unda buloqlar va quduqlar ko'p edi. U Haybar bilan Taymo nomli joyning orasida joylashgan edi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam u erning aholisiga Islomni taklif qildilar. Agar Islomga kirishsa, mollarini ham, jonlarini ham saqlab qolishlari mumkinligini aytdilar. Ammo ular Islomni qabul Orada urush bo'ldi. Bu urushlarda sahobalardan Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu shuhrat qozondilar. Musulmonlar nusratga erishdilar, ko'plab o'ljalarni qo'lga kiritdilar. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam o'ljalarni sahobalariga taqsimlab berdilar. Yerni va xurmolarni hosiliga teng sheriklik sharti ila yahudiylarga qoldirdilar.

Haybar, Fadak va Quro vodiysida bo'lgan hodisalardan xabardor bo'lgan Taymo yahudiylari o'z ixtiyorlari bilan sulh so'rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan sulh tuzdilar.

Zotur-riqo' g'azoti

«Zotur-riqo'» so'zi lug'atda «yamoqli» degan ma'noni bildiradi. Ayrim tarixchilarning fikricha, bu g'azot ishtirokchilari oyoqlariga lattalarni bog'lab olganlari uchun shunday atalgan.

Ushbu yurishni uyushtirishdan asosiy maqsad «Bi'ru Ma'una»da o'ldirilgan etmish nafar sahobiyning o'chini olish, musulmonlarning kuchini dushmanga ko'rsatib qo'yish edi.

G'atafonliklar ham juda ko'p odam to'plashgan edi. Ikki tomon bir-birini qo'rqitish uchun ba'zi bir harakatlar qildilar-u, ammo urush bo'lmadi. Musulmonlar dushman bilan yuzma-yuz turgan ushbu g'azotda xavf namozini o'qidi-lar. Bu g'azot rabi'ul avval oyida bo'lib o'tdi.

Amp ibn Os va Holid ibn Validning Islomga kirishi

Bu ikki shaxs Madinaga, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelishdi. Ular bilan birga Usmon ibn Talha ham bor edi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida musulmon bo'lishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam bu ikki ulug' kishining musulmon bo'lganlaridan nihoyatda xursand bo'ldilar. Bundan keyin Holid ibn Valid va Amr ibn Os roziyallohu anhumo Islom fathlarining eng buyuk qo'mondonlariga aylanishdi.

Qazoumra

Zulqa'da oyida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiyada ishtirok etgan sahobalar bilan umraga otlandilar.

Zul Hulayfa degan joydan ehrom bog'lab, qurbonliklarini ham haydab oldilar.

O'shanda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'zlari oltmishta tuya olib borganlar. Hammalari bir bo'lib «Labbayka»ni aytib yo'lga tushdilar.

Payg'ambarimiz boshliq sahobalar Makkai mukarramaga kirib borganlarida mushriklarning rahbarlari ularni ko'rishga toqat qila olmay, shahardan tashqariga chiqib ketishdi. Qolganlar – erkak-ayol, yosh-yalang, qariya va bolalar yo'l chetiga, tomlarning ustiga chiqib tomosha qilib o'tirishdi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Makkai mukarramada uch kun turib, so'ng Madinai munavvaraga qaytdilar.

 

HIJRIY SAKKIZINChI YILDAGI MUHIM HODISALAR

Mu'ta g'azoti

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom o'lkasining Busro shahridagi Rum imperatori tomonidan tayinlangan hokim Shurahbil ibn Amr G'assoniyga Horis ibn Umayr Azdiyni elchi qilib yubordilar. U esa elchini ushlab, bog'lab qo'ydi. Keyin bo'ynidan chopib o'ldirdi.

Odatda elchiga o'lim yo'q edi. Ammo nasorolar hamma amal etadigan qoidaga rioya qilmay, musulmonlarning elchisini o'ldirishdi. Bu ishni ular urush chiqarish uchun qilishgan edi. Elchini o'ldirib qo'yib, yana askar to'plashni davom ettirishdi.

Rumliklar o'zlari yuz ming askar yig'ishdi. Ularning Shom o'lkasidagi ittifoqdoshlari va nasroniy arab qabilalari ham yuz ming askar to'plashdi. Shu ikki yuz ming askar bilan ular musulmonlarni yo'q qilib tashlashni qasd qilishgan edi.

Hijriy sakkizinchi yilning jumodul avval oyi edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rumliklarga qarshi lashkar yuborishga qaror qildilar. Uch ming kishilik lashkarga Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni amir etib tayinladilar. U kishi Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning ozod qilgan qullari edi. Lashkar ichida esa buyuk sahobalar ham bor edi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni amir etib tayynlar ekanlar: «Agar Zayd shahid bo'lsa, odamlarga Ja'far ibn Abu Tolib amir bo'ladi, agar Ja'far shahid bo'lsa, Abdulloh ibn Ravoha», dedilar.

Islom lashkari mashaqqatli safarni boshidan kechirib, Ma'on degan joyg'a etib bordi. O'sha erda ularga Rum imperiyasi yuz ming' askar to'plag'ani, ularga Laxm, Juzom, Balqayn, Bahro, Baliy va boshqa arab qabilalaridan yana shuncha adad qo'shilganining xabari etdi.

Musulmonlar bu xabarni eshitganlaridan keyin maslahat qilib, Ma'onda turib qoldilar. Ular «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maktub yozib, dushmanning adadi haqida xabar bersak. U zot bizga yangi kuchlardan madad yuborsalar yoki boshqa bir amr bersalar, o'shani qilsak», degan fikrga bordilar.

Ikki kundan keyin Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu kishilarni shijoatlantirib: «Ey qavm! Alloxga qasamki, siz qo'rqayotgan, o'zingiz talab qilib chiqqan narsa shahidliqdir. Biz odamlarga qarshi son yoki kuch va ko'plik bilan urushmaymiz. Biz faqatgina Alloh bizni mukarram kilgan ushbu din bilan urushamiz. Qani, jo'nanglar! Ikki yaxshilikdan biri – zafar yoki shahidlikdan boshqa narsa bo'lmaydi!» dedilar.

Odamlar dadil turib, yo'lga tushdilar. Ular yurib borib, Balqo viloyatining Mashorif degan qishlog'iga etganlarida, rumliklar va arablardan iborat dushman lashkariga yo'liqdilar. Dushman yaqinlashib kela boshladi. Musulmonlar o'zlarini Mu'ta degan qishloq tomonga oldilar. Ikki taraf o'sha erda to'qnashdi va shiddatli jang boshlandi.

Musulmonlarning amiri Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan berilgan bayroqni baland ko'targan holda dushmanga qarshi bahodirona jang qildilar. U kishi jang davomida shahid bo'ldilar.

Keyin bayroqni, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam tavsiya qilganlaridek, Ja'far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu oldilar. U kishi ham hammaga o'rnak bo'lib jang qildilar. Ja'far roziyallohu anhuning otlari yiqilib tushgan edi, piyoda yurib jang qildilar. Urushda u kishining o'ng qo'llari kesilib ketdi. Shunda u kishi bayroqni chap qo'llari bilan ko'tardilar. Chap qo'llari ham kesilgan edi, bayroqni ikki kesilgan qo'llarining qolgan qismi bi-lan ko'tardilar. Oxiri shahid bo'ldilar. Ushanda Ja'far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu o'ttiz to'qqiz yoshda edilar. Musulmonlar mazkur shahidi a'loning tanasi – ko'ksida dushman qilichi va nayzalaridan etgan to'qsonta jarohat ko'rdilar.

Ja'far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu shahid bo'lganlaridan keyin, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavsiya qilganlaridek, bayroqni Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu olib olg'a tashlandilar. U kishi otlaridan tushib, bayroqni ko'targan holda jang qila boshladilar.

Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu shahid bo'lganidan keyin musulmonlar o'zlariga Holid ibn Valid roziyallohu anhuni lashkarboshi etib sayladilar. Endi bayroq Holid ibn Valid roziyallohu anhuning qo'llariga o'tdi. U kishi nihoyatda shijoatli va hikmat bilan ish yuritadigan tadbirkor shaxs edilar. Ayniqsa, urush sirlarini juda yaxshi bilar edilar. Holid ibn Valid roziyallohu anhu jang qila borib, asta-sekin Islom lashkarining janub tomon siljishini yo'lga qo'ydilar. Dushman esa shimol tomon siljiy boshladi. Qorong'i tushdi. Odamlar urushni to'xtatishdi. Ikki tomon ham dam olishni afzal ko'rdi.

Kechasi Holid ibn Valid roziyallohu anhu ularga xuddi orqadan madad kuchlari etib kelgandek ovoz chiqarishni amr qildilar. Jangchilar o'z amirlarining buyrug'ini a'lo darajada bajarishdi.

Shu bilan birga, Holid ibn Valid roziyallohu anhu yana boshqa bir harbiy hiyla ham ishlatdilar. Lashkarning o'ng tomonini chap tomonga, ort tomonini old tomonga almashtirdilar. Ertalab rumliklar tamoman boshqa askarlarni ko'rishdi.

Rumliklar ichida «Musulmonlarga madad kuchlari etib kelibdi» degan shov-shuv tarqaldi. Ularning ko'ngliga qo'rquv tushdi. «Bularning uch mingtasining ishi kechagi ko'rganimiz bo'lsa, madad kuchi kelganidan keyin ko'radiganimizni ko'rar ekanmizda», deb qo'rqib qolishdi. Bu qo'rquv ularni musulmonlarga qarshi hujum boshlashdan to'sdi. Shunday qilib Alloh musulmonlarni saqlab qoldi.

Mu'ta jangida ishtirok etgan sahobalar uch ming kishidan iborat bo'lishlariga qaramay, o'sha zamonning eng kuchli ikki yuz ming askariga teng kelgan edilar. Usha ayovsiz jangda sahobalardan faqatgina o'n ikki kishi shahid bo'lgan edi, xolos. Kofirlardan qanchasi o'lganini Allohning O'zi biladi. Lekin jangning tafsiloti ulardan juda ko'p askarlar halok bo'lganiga dalolat qiladi. Usha jangda birgina Holid ibn Valid roziyallohu anhuning to'qqizta qilichlari singan edi.

Buning ustiga, shuncha to's-to'polonning ichida musulmonlar anchagina o'ljalarni ham qo'lga kiritgan edilar.

Mu'ta jangi musulmonlarning Arabiston yarimorolidan tashqarida, arablardan boshqalar bilan birinchi bor to'qnashuvi edi.

Bu jangda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning o'zlari ishtirok etmagan bo'lsalar ham, unda nisbatan ko'p odam bo'lgani va katta ahamiyatga egaligi uchun ayrim tarixchilarimiz uni «g'azot» deb nomlaganlar. Aslida Ra-sululloh sollallohu alayhi vasallam ishtirok etmagan urushning «sariyya» deb atalishi hammaga ma'lum.

Ushbu jangdan keyin shu paytgacha musulmonlarga qarshi xuruj qilishda davom etib kelayotgan Banu Sulaym, Ash-ja', G'atafon, Zubyon, Fazora va boshqa arab qabilalari musulmon bo'lishdi.

Otus-salosil sariyyasi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Os roziyallohu anhu boshchiliklarida uch yuz kishilik sariyyani Quro vodiysi ortidagi Zotus-salosil diyoriga yuborib, ularning ketidan Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhu boshchiliklarida ikki yuz kishilik madad kuchlarini jo'natdilar.

Makka fathi

Shunday qilib Allohning dini hamma tomonga tarqala boshladi. Kishilar Islom ta'limoti ostida hayot kechirishni afzal ko'ra boshladilar. Madinadagi Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam boshliq Islom davlati Qur'oni Karim ta'limotlarini hayotga tatbiq qilib, ikki dunyo saodatiga qanday qilib erishish mumkinligini hammaga amalda ko'rsata boshladilar. Kun sayin, soat sayin Islomning tarafdorlari, musulmonlar soni ko'payib borar edi.

Albatta, bu holat Qurayshni tinch qo'ymas, mushriklarning jizg'anagi chiqib, nima qilib bo'lsa ham musulmonlarga ziyon etkazishga harakat qilishar edi.

Banu Bakr bilan Huzo'a qabilalari o'rtasida qadimdan adovat bor edi. Islomdan oldin ular bir-birlari bilan urushib yurishar edi. Islom kelgandan keyin bu adovat to'xtagan edi. Hudaybiya sulhi tuzilganidan keyin ushbu ikki qabila bir-biriga qarshi bo'lgan ikki tomonga ittifoqdosh bo'lib, ularning dushmanliklari yana yangilandi.

Banu Bakr qabilasi paytdan foydalanib, Huzo'a qabilasidagi eski o'chini olmoqchi bo'ldi. Huzo'aliklar o'z quduqlarida mashg'ul bo'lib turganlarida Banu Bakr odamlari ularga to'satdan hujum qilib, yigirmadan ortiq kishini o'ldirishdi. To's-to'polon bo'lib, orada urush chiqdi. Quraysh o'z ittifoqdoshi Banu Bakrga qurol etkazib berdi. Qurayshning ko'zga ko'ringan odamlari kechasi bildirmay borib, urushda shaxsan ishtirok ham etishdi.

Mazkur hodisalardan keyin Huzo'a qabilasining odamlaridan Amr ibn Solim Huzo'iy qirq otliq bilan Madinai munavvaraga qarab yo'l oldi. U to'g'ri Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, tik turgan holda bayt o'qidi. Unda u Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga o'zlari bilan Huzo'a o'rtasida ittifoqdoshlik shartnomasi borligini eslatib, yordam so'radi. Quraysh u zot bilan tuzilgan sulhni buzganini, quduqning yoniga kelib, ruku' va sajdada turgan kishilarni o'ldirganini aytdi. U zot: «Senga yordam beriladi, ey Amr ibn Solim!» dedilar.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Solimga yordam berilishi haqida gapirgan bo'lsalar ham, haqiqat ni aniqlash uchun gapning rost yoki yolg'onligini tekshirib ko'rdilar va sahobalarga: «Sizlarning huzuringizga Abu Sufyon kelib, axdni mustahkamlashni va uning muddatini cho'zishni so'raydiganga o'xshaydi», dedilar. Shunday bo'ldi ham. Quraysh o'z qilmishiga nadomat qildi. Uzining esi pastlaridan ba'zilarining qilgan ahmoqligidan afsuslandi. Ular Abu Sufyonni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga axdni mustahkamlash va uning muddatini cho'zishni so'rash uchun yuborishdi.

Hijriy sakkizinchi yil Ramazon oyining 10-kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinadan chiqib, Makka tomon yo'l oldilar. U zotning lashkarlari o'n ming kishidan iborat edi.

U zot yurib borib, Marruz-zahron nomli joyga tushdilar. Quraysh qabilasi bo'layotgan ishlardan bexabar edi. Alloh taolo bu haqtsa mushriklarning ko'zlarini ko'r, quloqlarini kar qilib qo'ygan edi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Allohning lashkarlarini boshlab Makka tomon yurmoqchi bo'lganlarida Abbos roziyallohu anhuga: «Abu Sufyonni vodiyning tor joyida ushlab tur. U Allohning askarlarini bir ko'rib qo'ysin!» dedilar.

Abbos roziyallohu anhu Abu Sufyonni etaklab borib, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan joyda to'xtatib turdilar. O'n ming kishilik muzaffar Islom lashkari Makka tomon dengizdek mavjlanib kelib, har bir qabila o'z bayrog'i ostida o'ta boshladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkaga uning yuqori tarafidan – Kado tepaligidan kirdilar. Holid ibn Validga o'z odamlari bilan Makkaning past tarafidan – Kudodan kirishni topshirdilar. Musulmonlar hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordilar.

O'sha kunlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mushriklarning Lot, Manot va Uzzo kabi butlariga sariyyalarni (jangchi guruhlarni) yuborib, ularning hammasini buzdirib yubordilar. Makka ko'chalarida jarchi yurib:

«Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, uyida hech bir butni qo'ymay sindirsin!» deb jar soldi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam turli qabilalarga ham sariyya yuborib, butlarini buzdirib tashladilar. Jumladan, u zot sollallohu alayhi vasallam Jarir ibn Abdulloh ibn Jobir roziyallohu anhuni mushriklarning «Zulxalasa» nomli ibodatxonasini buzishga yubordilar. U kishi Banu ahmaslik yuz ellik otliq bilan borib, uni buzib tashladi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib xabarni etkazdi. U zot sollallohu alayhi vasallam u kishining va Banu ahmasliklarning haqlariga duo qildilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada o'n to'qqiz kun turdilar.

Makka fathining ahamiyati

Makkaning fath etilishi ulkan ahamiyatga ega edi. Makka – hammaga mashhur shahar. Uning asosiy aholisi Quraysh – arablarning bosh va eng obro'li qabilasi.

Tarixda hech bir podshoh yoki hech bir kuch Makkani fath qila olmagan. Kim bu niyatni qilsa, Abrahaga o'xshab o'z-o'zidan halokatga uchragan. O'sha paytda mashhur «Fil hodisasi»ni ko'rgan-bilgan odamlar ko'p edi.

Buning ustiga, Qurayshning boshqa qabilalarga ta'siri uchli edi. Ko'plab qabilalar Quraysh bilan ittifoqchi edi. Iuning uchun bu ittifoqni buzib, Islomga kira olmay turishgandi. Undan ham ko'pi esa ikkilanib, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bilan Quraysh orasidagi kurashning natijasini kutib turardi. Ular o'zlaricha: «Agar Muhammad haqiqiy payg'ambar bo'lsa, Qurayshning ustidan g'olib chiqadi, o'shanda unga iymon keltiramiz», deyishar edi.

Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Makkani fath qilib berganidan so'ng bu savollarning qammasiga javob topildi.

Avvalo, hech kimga fath etilmagan Makkaning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga fath etilishi u zotning haqiqiy payg'ambar ekanliklarining isboti bo'ldi.

Ikkinchidan, Qurayshning hammasi musulmon bo'lishi boshqalar oldidagi barcha ikkilanishlarni yo'qqa chiqardi.

Endi hamma to'p-to'p bo'lib Islomga kira boshladi.

«Vaqtiki, Allohning nusrati va fath kelsa va odamlarning Allohning diniga to'p-to'p bo'lib kirayotganini ko'rsang Robbingni hamd ila poklab yod et va Undan mag'firat so'ra. U tavbani qabul qiluvchidir»(Nasr surasi, 1-3-oyatlar) degan Allohga hamdlar bo'lsin.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkani tark etishlaridan oldin yigirma bir yoshdagi Attob ibn Asiyd Umaviy roziyallohu anhuni bu shaharga voliy (hokim) qilib tayinladilar.

Hunayn g'azoti

Hunayn g'azoti Makkai mukarrama fath qilingandan so'ng, hijriy sakkizinchi yil shavvol oyining o'ninchi kuni, chorshanbada bo'lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai mukarrama fathini tamomlab, ishlarni bir yoqlik qilib, shahar aholisining ko'pi musulmon bo'lib turgan bir paytda noxush xabar eshitdilar. Habarda aytilishicha, Havozin qabilasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarshi urush qilish uchun odam to'plabdi. Ularning boshlig'i Molik ibn Avf Nasriy ekan. Unga saqifliklar (toifliklar) to'la qo'shilishibdi. Yana Banu Nasr, Banu Jusham, Banu Sa'd ibn Bakr, Banu Hilol qabilalaridan tarqoq jamoalar, Banu Amr ibn Omir va Avf ibn Omirlar ham qo'shilishibdi. Jami yigirma to'rt mingdan ko'proq askar. Ular o'zlari bilan ayollar, bolalar, chorva mollari va boshqa narsalarni ham olib chiqishibdi.

Havozin qabilasi Qurayshdan keyingi ikkinchi kuch hisoblanar, bu ikki qabila o'rtasida doimo mansab talashuvi o'lar edi. Havozin qabilasi har bir narsada Qurayshdan olishmaslikka harakat qilardi. Quraysh engilganidan eyin havozinliklar ular qila olmagan ishni qilib, shuhrat qozonmoqchi bo'lishdi. Ular Islomni yo'q qilib tashlab, odamlar o'rtasida «Qurayshning qo'lidan kelmagan shni Havozin qildi-ya» degan gap tarqalishini juda ham stashdi. Ana o'sha nojo'ya istak ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarshi lashkar to'plashga chorladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka fathi uchun lib kelgan muhojir, ansoriy va arab qabilalaridan tuzilgan n ming kishilik askarlari bilan dushman tomon yo'l oldilar. Islomga yangi kirgan ikki ming makkalik ham lashkarga qo'shildi. Hammalari bir bo'lib, dushman tomon yurish qildilar.

Ikki tomon Makkadan Toifga ketaverishda, 28 km masofada joylashgan Hunayn (hozir Sharoi') deb nomlanadigan vodiyda to'qnashdilar. Jang tong g'ira-shira yorishganda boshlandi. Musulmonlar vodiyga kirib borishganida havozinliklar qo'ygan pistirma ularga sezdirmay, qo'qqisdan hujum qilib qoldi. Ular tinmay kamondan o'q yog'dirishar edi. Shu payt musulmonlar orqaga qarab qocha boshladilar.

O'sha kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sobit edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam xachirlarini dushmanning ro'parasiga qarab solar edilar. Hachirning yuganini o'ng tomondan Abbos, chap tomondan Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdulmuttalib ushlab tortishar, uning yurishini sekinlatishardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa odamlarni qaytarishga urinib: «Men tomonga, ey Allohning bandalari, men tomonga! Men Allohning Rasuliman! Mening payg'ambarligim yolg'on emas! Men Abdulmuttalibning nabirasiman!» deb baqirar edilar.

U zot sollallohu alayhi vasallam bilan sahobalardan saksontacha kishi sobit turdilar. Ularning ichida Abu akr, Umar, Aliy, Abbos, Fazl ibn Abbos, Abu Sufyon ibn Horis, Ayman ibn Ummu Ayman, Usoma ibn Zayd roziyallohu anhular bor edi. So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amakilari Abbosga baland ovoz bilan «Ey daraxt sohiblari!» deb chaqirishni buyurdilar. (Hudaybiyada muhojir va ansorlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga daraxt ostida bay'at qilgan edilar. Ana o'sha kishilarni chaqirishni amr etdilar). Abbos baland ovoz bilan chaqirishga tushdilar. Ular esa: «Labbayka, labbayka!» deb javob berib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomon qayta boshladilar. Ba'zi kishilarning mingan ulovlari qaytmasa, sovutini kiyib, ulovidan tushib piyoda keldi. Ulardan bir guruhi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida to'plangandan so'ng ularga sidqidildan kuchli bir hamla qilishga buyruq berdilar. Shunda mushriklar engilib, pala-partish qochishga tushdi. Asirlarni to'plab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qoshlariga olib kelishgandagina boshqa musulmonlar ham qaytib kelishdi.

Bu urushda birinchi marta musulmonlar tomonida o'n ikki ming kishilik lashkar qatnashdi. Lashkarning ko'pligi ularni g'ururlantirib, g'alabaning asosiy manbaini unutib qo'ydilar. Oqibatda jangning boshlanishida mag'lubiyatga uchradilar. So'ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga sobit turgan oz sonli musulmonlarga Allohning O'zi nusrat berdi. Shu bilan birga, Alloh musulmonlarga yordam uchun farishtalarni ham tushirdi.

Toif g'azoti

Hijriy sakkizinchi yilning shavvol oyida Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Toif g'azotini boshladilar. Toifliklar shahar ichiga bir yilga etadigan narsalarni to'plab olib, darvozalarni mahkam berkitib, urushga tayyorgarlik ko'rib olishgan edi.

 

KYeYINGI MAVZULAR:

HIJRIY TO'QQIZINChI YILDAGI MUHIM HODISALAR:

Tabuk g'azoti;

G'azot va sariyyalar haqida;

Birinchi islomiy haj;

Elchilar yili;

HIJRIY O'NINChI YILDAGI MUHIM HODISALAR:

Vidolashuv haji;

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaharga yaqin joyga kelib tushdilar. Musulmonlar shaharga kira olma-dilar. Ular shahar qal'asiga yaqinlashishlari bilan toif-liklar devor ortidan turib, ularga o'q yog'dira boshlashdi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam lashkargoh-ni boshqa joyga ko'chirdilar va shaharni qamal qilish boshlandi. Qamal yigirma kundan ziyod davom etdi. Qat-tiq janglar bo'ldi. Ikki tomon bir-birlarini kamondan o'qqa tutdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu urushda birinchi marta manjaniq (palaxmon, katapul'ta) ishlatdilar. Qamal kuchayib borardi. Bir necha musulmon kamon o'qidan shahid ham bo'ldilar.

Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Toifni fath qilishga izn bermadi. U zot Umar ibn Hattob roziyallohu anhuga odamlarga ortga qaytish haqida xabar berishni buyurdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zulqa'da oyida Toifdan qaytib, Ji'ronadagi o'ljalar taqsimotidan fo-rig' bo'lganlaridan so'ng u erdan umraga niyat qilib Makka-ga qaytdilar va umrani ado qilgach, Madinaga jo'nadilar.

 

KYeYINGI MAVZULAR:

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

30.01.2025   1847   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolovning buvilari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!


Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhuma onaxonning yaqinlariga, xususan, Muzaffar domla Kamolovga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering». 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari