Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni oliy o'quv yurtlari o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

14.09.2020   1672   1 min.
O'zbekiston va Saudiya Arabistoni oliy o'quv yurtlari o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Saudiya elektron universitetida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mehmonlar universitet binosini ko'zdan kechirib, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O'zA xabariga ko'ra, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti va Saudiya elektron universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari nufuzli xorijiy elektron universitetning «Internet orqali arab tilini o'rganish» dasturidan foydalanish, arab tilini chuqurroq egallashiga imkoniyat yaratadi.

– Internet orqali arab tili dasturi o'zga tilda so'zlashuvchilarning arab tilini o'rganishga bo'lgan ehtiyojini qondirishga mo'ljallangan bo'lib, arab tili o'rganishni hech qanday zamon va geografik makonga bog'lamagan holda tashkil qilish imkoniyatini yaratadi, –deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Sharq tillari kafedrasi dotsenti Murtazo Saydumarov. – Ushbu tizim ko'p sonli talabalar uchun ta'lim xarajatlarini tejash imkoniyatini beradi.

Uchrashuvda Elektron universitetning xizmatlaridan foydalanishni ko'zda tutuvchi tizim qulayliklari va talabalar uchun imkoniyatlari haqida Saudiya elektron universiteti rektori, doktor Laylak bint Ahmad as-Safadiy batafsil ma'lumot berdi.

Saudiya elektron universiteti Saudiya Arbistonida 2011 yili ta'sis etilgan davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, u masofadan ta'lim olishni va uzluksiz ta'limni birinchi bo'lib yo'lga qo'ygan. Universitet bakalavr, magistrlik va doktorlik darajalarini berish bilan birga uzluksiz ta'lim bo'yicha kurslar tashkil qiladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Safarga ketdilar...”

04.07.2025   11789   2 min.
“Safarga ketdilar...”

Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:

– Haliyam uylanmadingmi?

– Yo‘q, – dedi u.

– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?

– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...

– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..

– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.

Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:

“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:

– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:

– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...

Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.

Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.

Akbarshoh RASULOV