Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Mart, 2025   |   11 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:24
Quyosh
06:42
Peshin
12:38
Asr
16:39
Shom
18:28
Xufton
19:41
Bismillah
11 Mart, 2025, 11 Ramazon, 1446

2. BAQARA SURASI, 120–121 OYaTLAR

12.09.2020   5929   2 min.
2. BAQARA SURASI, 120–121 OYaTLAR

وَلَن تَرۡضَىٰ عَنكَ ٱلۡيَهُودُ وَلَا ٱلنَّصَٰرَىٰ حَتَّىٰ تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمۡۗ قُلۡ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلۡهُدَىٰۗ وَلَئِنِ ٱتَّبَعۡتَ أَهۡوَآءَهُم بَعۡدَ ٱلَّذِي جَآءَكَ مِنَ ٱلۡعِلۡمِ مَا لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن وَلِيّٖ وَلَا نَصِيرٍ١٢٠

120. Yahudiylar va nasroniylar dinlariga kirmaguningizcha aslo sizdan rozi bo'lishmaydi. "Allohning yo'ligina haqiqiydir!", deng. Qasamki, agar sizga hujjat kelganidan keyin ham ularning xohishlariga ko'nsangiz, Alloh tarafidan do'st ham, yordam beruvchi ham bo'lmaydi.

Ya'ni, ey Payg'ambar, siz yahudiy va nasroniylarning diningizga osongina kirishlaridan umid qilmang, aksincha ularning diniga kirmaguningizgacha aslo sizdan rozi bo'lishmaydi. Bordiyu ularning xohishlariga ko'nguday bo'lsangiz, Alloh o'z holingizga tashlab qo'yadi, sizga hech qanday yordam bermaydi. Mufassirlar bunday deyishadi: “Yahudiy va nasroniylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yarash-sulh bitimi tuzishni so'rashdi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan murosa qilib muhlat bersalar, u kishiga ergashishlarini, ko'rsatmalariga muvofiq yashashlarini bildirishdi. Shunda Alloh ushbu oyatni nozil qildi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo bunday deydi: "Bu oyat qibla haqidadir. Madina yahudiylari va Najron nasorolari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ularning qiblasiga qarab namoz o'qishlaridan faxrlanishardi. Alloh qiblani Ka'ba tarafga o'zgartirgach, bu ularga og'ir botdi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so'zlari biror narsada bo'lsin, dinlariga mos kelishidan umid uzishdi. Shunda Alloh mazkur oyatni nozil qildi".

ٱلَّذِينَ ءَاتَيۡنَٰهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ يَتۡلُونَهُۥ حَقَّ تِلَاوَتِهِۦٓ أُوْلَٰٓئِكَ يُؤۡمِنُونَ بِهِۦۗ وَمَن يَكۡفُرۡ بِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡخَٰسِرُونَ١٢١

121. Biz Kitob berganlar uning haqqini ado etib o'qishadi, o'shalar imon keltirishadi. Kim uni inkor qilsa, ana shular ziyonkorlardir.

Ahli kitoblardan ba'zilari insofli bo'lishgani uchun o'z kitoblarini yaxshi fahmlab-anglab o'qishar edi. Ular Haqni tanib, Qur'oni karimga imon keltirishgandi. Ular ichida Abdulloh ibn Salom kabi olimlari ham bo'lgan. U kishi bir necha safdoshlari bilan birga Islomga kirgan. Ato va Kalbiydan rivoyat qilinishicha, oyat Habashistondan Ja'far ibn Abu Tolib bilan kelgan dengizchilar haqida nozil bo'lgan. Ular Habashiston va Shom ahllaridan iborat qirq kishi edi. Zahhok: "Bu oyat imon keltirgan yahudiylar haqida tushgan" desa, Ikrima va Qatoda: "Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida nozil bo'lgan", deyishadi.

Tafsiri irfon
Boshqa maqolalar
Videolar

Ilm – mashaqqat ustiga barpo bo‘lur!

11.03.2025   1816   1 min.

Imom Dorimiy Abdulloh ibn Abdurahmon Qushayriydan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar Dovud alayhissalom: “Ilm sohibiga temirdan bo‘lgan oyoq kiyim olishni va asosi sinib, oyoq kiyimi teshilguncha (ya’ni, yaroqsiz holga kelguncha) ilm talab qilishni ayt”, deganlar. 

 

 

VIDEO