Bugun, 10 sentyabr' kuni Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasasiga 2020-2021 o'quv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi. Bu yilgi imtihonlarini tashkil qilish va o'tkazish avvalgi yillardagidan ko'ra o'zgacha bo'lmoqda. Abituriyentlar uchun ochiq maydonlarda etarli o'rinlar hozirlangan. Bu esa, karantin talablariga amal qilish barobarida imtihonlarning haqqoniyligi va shaffofligini to'la ta'minlashga xizmat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Oliy diniy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlari uchta fandan ikkita fanga o'tkazildi, ijodiy imtihonlar qisqartirildi.
O'MI matbuot xizmati
Savol: Namozga “Allohu akbar”, deb quloq qoqishda “Allohu akbar” dagi “r” ga kelganda ikki qo‘lni bosh barmog‘i quloq yumshog‘iga tegiziladimi? Shunday deb, eshitdim.
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozga kirishda avval ikki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, bosh barmoqlarni quloqning yumshoq joyiga tegiziladi. So‘ng “Allohu akbar”, deb, namozga kirishiladi.
Bu haqida Faqih Abu Ja’far rahimahulloh bunday zikr qilganlar: “Ikki kaftini ichki taraflari bilan qiblaga yuzlanadi va panjalari yozadi hamda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Qachonki, ikki bosh barmog‘i ikki quloqlarining yumshoq joylariga tegsa, “Allohu akbar” deb namozga shuru’ qiladi.
Shamsulaimma Saraxsiy rahimahullohga ko‘ra, barcha mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar (“Muhiyt” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.