O'zbekiston Halqaro Islom akademiyasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti o'rtasida o'zaro memorandum imzolandi.
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko'ra, kelishuv doirasida tomonlar birgalikdagi maqsad va vazifalarni belgilab olishdi. Unda axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi xalqaro aloqalari sohasida yuqori malakali kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha hamkorlik, ta'lim sohasidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, konferentsiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni hamkorlikda o'tkazish va hamkorlikda olib borilgan ishlar natijalari borasida ilmiy, o'quv va uslubiy qo'llanmalarni nashr etishga kelishildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muborak Ramazon kunlarida ehtiyojmand insonlarga yordam berish, ularni xursand etish Islom dinida buyuk fazilat sanaladi. Shu munosabat bilan Farg‘ona shahrida kam ta’minlangan, yordamga muhtoj insonlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.
Mehribonlik va saxovat muhiti hukm surgan tadbirda Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ham ishtirok etib, yig‘ilganlarni muborak oy bilan tabrikladi.
Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi ekani, bu oyda mo‘min-musulmonlar ibodatlarini ziyoda qilib, mustahkam birodarlik va bag‘rikenglik bilan yashashga da’vat etilgani, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash inson uchun ikki dunyo saodatiga eltadigan fazilat ekani ta’kidlandi.
Tadbir davomida mehmonlarga taom tortilib, duolar qilindi va xayrli amallarga targ‘ib etildi. Tadbir ishtirokchilari xayriya iftorligi tashkilotchilariga va saxovatli insonlarga o‘z minnatdorliklarini izhor qildilar. Mana shunday xayrli tadbirlar orqali yurtimizda mehr-muruvvat, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash fazilatlari yanada mustahkamlanishi qayd etildi.
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati