Qur'oni karim turli xil voqea-hodisalarga javoban bo'lak-bo'lak bo'lib nozil bo'lishida davom etar edi. Gohida bir sura to'laligicha nozil bo'lardi. Masalan, “Fotiha”, “Muddassir” suralari va “An'om” surasining uch oyatidan boshqa barcha oyatlari Makkada birdaniga nozil bo'lgan. Gohida o'nta oyat nozil bo'lar edi. Masalan, “Mo'minun” surasining avvalgi o'n oyati va “Nur” surasidagi “ifk” voqeasini bayon qiluvchi o'nta oyat shular jumlasidandir. Gohida esa, beshta oyat nozil bo'lar edi va bunday tartibda nozil bo'lish ko'proq uchrar edi. Bundan tashqari oyatning bir bo'lagi nozil bo'lganligi haqida ham ishonchli rivoyatlar bor. Masalan, “Niso” surasidagi 95-oyatning غَيْرُ أُولِي الضَّرَرِ “shikast etmaganlar” jumlasi shu oyatning لَا يَسْتَوِي الْقَاعِدُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ ----- وَالْمُجَاهِدُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنْفُسِهِمْ
“Mo'minlardan (jihodga chiqmay) o'tirib olgan kishilar bilan Alloh yo'lida mol va jonlari ila kurashgan zotlar barobar bo'lmaydi...” jumlasidan keyin nozil bo'lgan. Shuningdek, “Tavba” surasidagi 28-oyatning وَإِنْ خِفْتُمْ عَيْلَةً فَسَوْفَ يُغْنِيكُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ إِنْ شَاءَ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ“Agar sizlar kambag'allikdan qo'rqsangizlar, yaqinda (Alloh) xohlasa, O'z fazlu karami bilan sizlarni boy-badavlat qilajak. Albatta, Alloh bilim va hikmat sohibidir” jumlasi, aynan shu oyatning يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا إِنَّمَا الْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ فَلَا يَقْرَبُوا الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ بَعْدَ عَامِهِمْ هَذَا“Ey mo'minlar, hech shak-shubhasiz, mushriklar nopok kimsalardir, bas, bu yildan so'ng masjidul haromga yaqin kelmasinlar!” jumlasidan keyin nozil bo'lgan.
Qur'onning nozil bo'lishi nihoyasiga etgunicha ish shu zaylda davom etdi va shu tariqa shariat ahkomlari mukammal bo'ldi.
Qur'onning bo'lak-bo'lak bo'lib nozil bo'lishining hikmati haqida ulamolar bir nechta fikrlarni aytishgan. Ular quyidagicha:
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ الْقُرْآَنُ جُمْلَةً وَاحِدَةً كَذَلِكَ لِنُثَبِّتَ بِهِ فُؤَادَكَ وَرَتَّلْنَاهُ تَرْتِيلًا
ya'ni: “Kofir bo'lgan kimsalar: “Nega bu Qur'on unga (payg'ambarga) yaxlit bir to'plam holida nozil qilinmadi?”, – dedilar. (Ey, Muhammad!) Biz u (Qur'on) bilan sizning dilingizni ustivor qilish uchun mana shunday (oz-ozdan nozil qildik) va uni tartili bilan (ravon) o'qib berdik” (Furqon surasi, 32-oyat).
Payg'ambar alayhissalom o'qishni ham, yozishni ham bilmaydigan besavod kishi edilar. Avval o'tgan payg'ambarlar esa, o'qish-yozishni biladigan zotlar bo'lib, birdaniga nozil bo'lgan kitobni yodlab, esda saqlab qolishga imkoniyatlari bor edi.
إنَّما نَزَلَ أوَّلَ ما نَزَلَ منه سُورَةٌ مِنَ المُفَصَّلِ، فِيهَا ذِكْرُ الجَنَّةِ والنَّارِ، حتَّى إذَا ثَابَ النَّاسُ إلى الإسْلَامِ نَزَلَ الحَلَالُ والحَرَامُ، ولو نَزَلَ أوَّلَ شيءٍ: لا تَشْرَبُوا الخَمْرَ، لَقالوا: لا نَدَعُ الخَمْرَ أبَدًا، ولو نَزَلَ: لا تَزْنُوا، لَقالوا: لا نَدَعُ الزِّنَا أبَدًا،
ya'ni: “Eng avvalo, jannat va do'zax zikri kelgan qisqa suralar nozil bo'ldi. Odamlar islomga butun vujudlari bilan kirganlaridan keyin halol va harom haqidagi oyatlar nozil bo'ldi. Bordiyu, agar boshidanoq: “aroq ichmanlar”, “zino qilmanglar”, degan buyruq nozil bo'lganida, odamlar: “aroq ichishni tashlamaymiz”, “zino qilaveramiz”, deb aytgan bo'lar edilar”.
Shunday qilib siz yuqorida Qur'onning parcha-parcha bo'lib nozil bo'lganligi va uning ba'zi sabablari bilan tanishdingiz. Endi esa, Qur'onning ushbu tartibda nozil bo'lganligi haqidagi rivoyatlar bilan “Qadr” surasining birinchi oyati:
إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةِ الْقَدْرِ
ya'ni: “Albatta, Biz uni (Qur'onni) qadr kechasida nozil qildik” ni muvofiqlashtirib olishimiz qoldi. Bu ikki hil tushunchani muvofiqlashtiruvchi eng yaxshi fikr quyidagicha: Qur'onning qadr kechasida nozil bo'lishi uning nozil bo'la boshlashidir. Qur'onning nozil bo'lishi qadr kechasidan boshlanganligi bilan esa, siz keyinroq tanishasiz, inshaalloh.
Sababi nuzul (Qur'onning nozil bo'lish sabablari)ni bilishning foydasi
Yuqorida siz Qur'onning ma'lum voqea va hodisalar sababli nozil bo'lishligini bildingiz. Ana shuning nomini “sababi nuzul” (Qur'onning nozil bo'lish sababi) deyiladi. Qur'onni tafsir qilishda, uni to'g'ri tushunishda o'sha sabablarni bilishning ahamiyati kattadir. Chunki, sababi nuzul Qur'on oyatlarini to'g'ri tushunishda, uning sir-sinoatlaridan boxabar bo'lishda qo'l keladigan ma'naviy ishoralardir. Quyida keltiriladigan ikkita misolda bu yaqqol namoyon bo'ladi:
لَا تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَفْرَحُونَ بِمَا أَتَوْا وَيُحِبُّونَ أَنْ يُحْمَدُوا بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا فَلَا تَحْسَبَنَّهُمْ بِمَفَازَةٍ مِنَ الْعَذَابِ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
ya'ni: “O'z qilmishlari bilan mag'rurlanadigan, qilmagan (yaxshi) ishlari uchun maqtalishni sevadiganlar azobdan xalos bo'ladilar deb, hisoblamang, aslo! Ularga (oxiratda) alamli azob (bordir)” ni noto'g'ri tushunib: “Agar qilgan ishi bilan xursand bo'ladigan va qilmagan ishi evaziga maqtov eshitishni yoqtiradigan har bir kishi azoblanadigan bo'lsa, demak biz hammamiz ham azoblanar ekanmizda”, dedi. Ibn Abbos raziyallohu anhu bu oyatni ahli kitoblar haqida nozil bo'lganligini bayon qilganlaridan keyin, ya'ni Payg'ambar alayhissalom ulardan biror narsa haqida savol so'raganlarida, ular so'ralgan narsa o'rniga boshqa gapni aytib, o'zlarini go'yo savollariga javob bergandek tutishar edi, keyin buning evaziga u kishidan maqtov talab qilishar edi. Ibn Abbos raziyallohu anhu shu gaplarni aytib berganlaridan keyingina Marvon ibn Hakam oyatni noto'g'ri tushunganligini anglab etdi.
لَيْسَ عَلَى الَّذِينَ آَمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جُنَاحٌ فِيمَا طَعِمُوا إِذَا مَا اتَّقَوْا وَآَمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ ثُمَّ اتَّقَوْا وَآَمَنُوا ثُمَّ اتَّقَوْا وَأَحْسَنُوا وَاللَّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ
ya'ni: “Imon keltirgan va savobli ishlarni qilganlar uchun – agar imonda va savobli ishlarda davom etsalar, so'ngra taqvo qilib, imon keltirsalar, so'ngra taqvo qilib, ezgulik qilsalar oldin eb-ichgan narsalarida gunoh yo'qdir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevadi”, degan (Moida surasi, 93-oyat). Men o'sha imon keltirgan va solih amal qilgan, so'ngra taqvo qilgan va imon keltirgan, so'ngra Allohdan qo'rqib, chiroyli amallar qilgan kishilar toifasidanman. Men Rasululloh s.a.v. bilan birga Badr, Uhud, Handaq va boshqa g'azotlarda qatnashganman”, dedi. Shunda Umar r.a. odamlarga qarab: “Buning gapiga nima deb javob berasizlar?” – dedilar. Shunda Ibn Abbos r.a.: “Bu sen aytgan oyatlar aroq harom qilinishidan avval o'tganlar uchun uzur tariqasida, keyingilar uchun hujjat tariqasida nozil bo'lgan. Chunki, Alloh taolo keyingilar uchun:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنْصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاءَ فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ وَعَنِ الصَّلَاةِ فَهَلْ أَنْتُمْ مُنْتَهُونَ
ya'ni: “Ey, imon keltirganlar! Albatta, may (mast qiluvchi ichimliklar), qimor, but-sanamlar va (fol ochadigan) cho'plar shaytonning ishidan iborat ifloslikdirki, undan chetlaningiz! Shoyad (shunda) najot topsangiz. Shayton may bilan qimor (yordami)da o'rtalaringizga adovat va nafrat solishni va sizlarni Allohning zikri hamda namozdan qaytarishni xohlaydi. Bas, endi, sizlar (may ichishdan) tiyiluvchimisiz?” (Moida surasi, 90-91-oyatlar), degan. Agar sen imon keltirgan va yaxshi amal qilgan, so'ngra taqvo qilib imon keltirgan bo'lsang, darhaqiqat Alloh seni aroq ichishdan qaytargan” – dedi. Shunda Umar r.a.: “To'g'ri javob berdingiz” – dedilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining
birinchi o'rinbosari Homidjon Ishmatbekov.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Sovchilik ota-onalar yoki ishboshilar tomonidan amalga oshirilishi va ularga javob berish ham shu tariqa bo‘lishi musulmon xalqlarning ommaviy odatlaridan bo‘lib qolgan, desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Hattoki, musulmon bo‘lmagan qavmlar yoki dinimiz haqida tuzukroq ma’lumotga ega bo‘lmagan, «musulmonman», deb yurgan ba’zi kimsalar: «Musulmonchilikda umr yo‘ldoshini tanlashda yoshlarning o‘zlarining xohishi e’tiborga olinmasa ham, bo‘laveradi», degan tushunchada bo‘lishlari ham mumkin. Ammo shariatda unday emas. Islomda har bir shaxs o‘z erki, hurriyati va istak-xohishi bilan oila qurishi kerakligi alohida ta’kidlanadi.
Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir qancha hadisi shariflari kelgan.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لَا تُنْكَحُ الْأَيِّمُ حَتَّى تُسْتَأْمَرَ وَلَا تُنْكَحُ الْبِكْرُ حَتَّى تُسْتَأْذَنَ، قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، وَكَيْفَ إِذْنُهَا؟ قَالَ: أَنْ تَسْكُتَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَفِي رِوَايَةٍ: الثَّيِّبُ أَحَقُّ بِنَفْسِهَا مِنْ وَلِيِّهَا، وَالْبِكْرُ تُسْتَأْمَرُ وَإِذْنُهَا سُكُوتُهَا.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Maslahat so‘ralmaguncha, juvon nikohlanmas. Izn olinmaguncha, bokira nikohlanmas», dedilar.
«Ey Allohning Rasuli, uning izni qanday bo‘ladi?» deyishdi.
«Sukut saqlamog‘i», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Boshqa bir rivoyatda:
«Juvon o‘z nafsiga valiysidan haqliroqdir. Bokiradan esa izn so‘raladi. Uning izni – sukutidir», deyilgan.
Bu hadisi sharifda nikoh masalasida qiz va ayollarning roziligi shart ekani, sovchi kelganida, erkaklar, ya’ni otalar, akalar va boshqalar o‘zlaricha javob berib yubormasdan, ular bilan maslahat qilib, roziliklarini olishlari kerakligi bayon qilinmoqda.
Zamon buzilib, ishlar teskarisiga aylanmay turib, nafaqat musulmonlarda, balki dunyoning barcha xalqlarida ham bir qizga sovchilik qilish oila boshlig‘i bo‘lmish otaga gap ochish, undan rozilik so‘rash bilan bo‘lgan. Oddiy insoniy odob-axloq, xalqlarning urf-odatlari shuni taqozo qilgan va qiladi ham.
Islom otalarga yoki ularning o‘rniga qolgan valiylarga qizning o‘zidan rozilik so‘rashni tavsiya qiladi. Chunki holatning o‘zi shuni taqozo qiladi. Bir odamni o‘zining iznisiz, xabarisiz, roziligisiz erga berib yuborish to‘g‘ri emas.
Agar erga tegishi haqida so‘z ketayotgan kimsa erdan ajragan juvon bo‘lsa, u o‘z roziligini ochiq-oydin aytishi shart. Chunki u oila ko‘rgan, erkak kishi bilan munosabatda bo‘lgan, nikoh masalalarida tajribaga ega, bunday gaplarni gaplashib yurgan. Endi ochiq maslahatlashishdan uyalmaydi.
Maslahat qiz bolaning turmushga chiqishi haqida bo‘layotgan bo‘lsa, bir oz boshqacha yo‘l tutiladi. Agar u ochiq javob bersa, o‘zining ishi. Uning o‘sha javobiga qarab ish qilinadi. Ammo indamasa, sukuti rozilik alomati bo‘ladi.
Muslima qizlar odob-axloq, hayo, ehtirom doirasida tarbiya topganliklari tufayli uyalib, otasi yoki boshqa yaqinlari bilan o‘z nikohi to‘g‘risida gapla-shishga uyalib, indamaydilar. Shuning uchun qiz bolaning uyalib, indamagani uning bu nikohga roziligi hisoblanadi.
Lekin indamasligiga norozilik alomatlari qo‘shilsa, bunday sukutni rozilik deb bo‘lmaydi. Bunday hollarda onalarni ishga solish yaxshiroq bo‘ladi. Zotan, joriy odatlar ham shunga aylanib qolgan.
Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va-sallam:
«Ayollarni qizlari haqidagi ishga taklif qilinglar», – deganlar.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: تُسْتَأْمَرُ الْيَتِيمَةُ فِي نَفْسِهَا، فَإِنْ سَكَتَتْ فَهُوَ إِذْنُهَا، وَإِنْ أَبَتْ فَلَا جَوَازَ عَلَيْهَا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Yetim qizdan o‘zi haqida izn so‘raladi. Agar sukut saqlasa, o‘sha uning iznidir. Agar bosh tortsa, uni majburlash yo‘q», – dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Yetim qizlar deganda otasi va valiy bo‘ladigan qarindoshlari yo‘qligi tufayli boshqa bir odamning tarbiyasida o‘sgan qizlar tushuniladi. Odatda, bunday qizlarni o‘zlaridan so‘rab-so‘ramay erga berib yuborish hech gap bo‘lmay qolgan. Ammo xoh yetim bo‘lsin, xoh yetim bo‘lmasin, qizlarni majbur qilib erga berish shariatga mutlaqo xilof ekanini mana shu rivoyatdan ko‘rib turibmiz. Bunday qilish katta zulm hisoblanadi.
Islom hukmlaridan bexabar kishilar Alloh taolo tomonidan qizlarga berilgan bu haqni poymol qilib kelganlar. Ular qizlarning roziligini so‘ramay, norozi bo‘lsalar, urib-so‘kib erga berganlar. Bu esa, doimo Islom dushmanlari tomonidan dinimizga ta’na toshlari otilishiga sabab bo‘lib kelgan. «Musulmonman» deb yurganlarning noshar’iy ishlari o‘zlariga gunoh bo‘lishi bilan birga, dinimiz dushmanlari tegirmoniga suv quyishini shundan bilib olsak ham bo‘ladi.
"Baxtiyor oila" kitobidan