Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Iyul, 2025   |   7 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:54
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
02 Iyul, 2025, 7 Muharram, 1447

“YouTube”dagi mul'tfil'mlar bola ruhiyatiga qanday ta'sir qiladi?

18.10.2023   613   4 min.
“YouTube”dagi mul'tfil'mlar bola ruhiyatiga qanday ta'sir qiladi?

Bog'chaga ketayotib o'g'lim bilan qilgan suhbatimiz meni "YouTube"dan “Sausage party“ nomli mul'tfil'mni topib ko'rishga undadi. Mul'tfil'mdagi ko'p sahnalarni esa tasvirlashga ochig'i, hijolat bo'lyapman.

Internet tarmog'ida bu kabi mazmun-mohiyati jihatidan sharqona qadriyatlar, o'zbekona urf-odatlar, dinu diyonatimizga to'g'ri kelmaydigan mul'tfil'm va seriallar son-sanoqsiz. Qahramonlarining hayosizlikni targ'ib qiluvchi beo'xshov qiliqlari, behayo suhbatlari, zararli odatlari odamning ensasini qotiradi. Eng yomoni, ularning aksariyati kichik tomoshabinlarni hayvonlarni o'ldirishga, kuchsizlarga ozor berishga, osonlik bilan katta boylikni qo'lga kiritishga, o'g'irlik qilishga undaydi.  

Bu chorlovlar ochiqdan-ochiq emas, ong osti darajasida yuz beradi, albatta. Bu maqsad-muddaolarni bola ongli ravishda idrok etmaydi. Shunchaki mul'tfil'mning bosh qahramonlariga o'xshashga intiladi, ularning xatti-harakatini takrorlaydi. Qolaversa, mittivoylarning e'tiborini o'yin-kulgi, yorqin suratlar, baland tovush tez tortadi. Ko'pincha bolajonlar bu olamdan chiqib keta olmaydi. Shuning uchun ham tez-tez mul'tfil'm qahramoni singari tepalikdan o'zini tashlagan, ukasiga “qurol” o'qtalgan, boshqa din yoki madaniyat vakili harakatlariga taqlid qilgan bolalar haqida eshitamiz.  

Bugun aksariyat ota-onalar juda band. Smartfon, planshet, noutbuklar esa farzandlarimizning ermagi, ovunchog'i.    

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan telefonga qaramlikka kasallik darajasida qaralayotganiga ancha bo'ldi. Bolalarda bu jismoniy salomatlikka yomon ta'sir o'tkazish bilan birga, bolaning psixik rivojlanish bosqichini keskin o'zgartirib yuborishi mumkin. Natijada bolaning diqqati buziladi. Idrokni o'zgartiradi, psixologik og'ishlar yuz beradi, pornografik qaramlik kelib chiqadi. Yaqin besh yilda bu muammo o'zining haqiqiy asoratini ko'rsatishni boshlaydi. Bundan tashqari bolalarda darslarni o'zlashtirishda orqada qolish, tengdoshlari bilan chiqisha olmaslik, butun dunyodan, voqelikdan uzilish kuzatiladi.    

– Internetda bolalar ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladigan mul'tfil'mlar juda ko'payib ketgan, – deydi Toshkent shahar Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Lola Samandarova. – Shularni cheklasa bo'lmaydimi? Bolalar hali mustaqil va ongli ravishda bu videolarning qaysi biri yaxshi, qaysi yomonligini bilmaydiku. "YouTube"dagi turli behayo, tajovuzkor videolar bolaning asab tizimiga hech qanday to'siqsiz ta'sir o'tkazadi. Ular kattalarga qaraganda axborotni tez o'zlashtiradi. Ayniqsa mul'tfil'mni smartfonda tomosha qilayotgan bola o'zini to'xtata olmaydi. Lentadagi barcha videolavhalarni oxirigacha tomosha qilgisi keladi. Lenta esa tugamaydi.    

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ikki yarim yoshgacha bo'lganlarga telefon, smartfon, planshet, noutbuk kabi qurilmalarni cheklashni tavsiya etishi bejizga emas. Chunki bu qurilmalar miya rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda o'n yoshgacha bo'lgan bolalar qariyb 7,5 millionni tashkil etadi. Bundan ko'rinib turibdiki, masala yanada dolzarb ahamiyatga ega.  

O'zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida"gi qonuni kichkintoylarning axborot bilan munosabati, media iste'molini tartibga soladi. Unga ko'ra, axboriy mahsulotlarni yoshga doir tasniflash tizimi joriy etildi. Jumladan, 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ kabi yoshga doir cheklovlarni joylashtirgan holda, ma'lumotni tarqatish tartibi belgilab berildi.    

Bolalar o'rtasida tarqatilishi cheklangan bu axboriy mahsulotlarga shafqatsizlik, jismoniy va ruhiy zo'ravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar tasviri yoki bayoni tarzida taqdim etiladigan ma'lumotlar kiradi. Shuningdek, o'g'il-qizlarda sarosima uyg'otadigan qo'rquv, vahima, jumladan,  kasallik, o'z joniga qasd qilish, baxtsiz hodisa, avariya yoki falokat va ularning oqibatini ko'rsatadigan, inson qadr-qimmatini kamsitadigan, jinsiy munosabatlarni tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan, haqoratli so'zlar va iboralarni o'z ichiga olgan axborotlarni tarqatish taqiqlanadi.  

 

Shahnoza Mamaturopova,  

O'zA

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

02.07.2025   141   1 min.
O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

 

Dunyo yangiliklari