Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

Yilning oxirgi va birinchi kuni o‘qiladigan duolar

20.08.2020   3779   7 min.
Yilning oxirgi va birinchi kuni o‘qiladigan duolar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Musulmon yil hisobi Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Makkadan keyinroq Payg‘ambar shahri (Madinat un-Nabiy) deb atalgan Yasrib, ya’ni Madina shahriga ko‘chishlari (arabcha “hijrat”)dan boshlanadi. Bu ko‘chish (Hijrat) nasroniy yil hisobi bo‘yicha 622 yilning yozida amalga oshirilgan.

“Ihyo” kitobida imom G‘azzoliyning yozishicha, agar Muharram oyi ibodatda o‘tkazilsa, uning barakoti boshqa oylarga ham yetishiga umid qilish mumkin.

Yilning oxirgi, shuningdek, birinchi kunlarida ma’lum duolar o‘qiladi. Bu duolar sahih hadislarda kelmagan bo‘lsada, ba’zi ulug‘ salafi solihlar ushbu duolar ila duo qilishganlari e’tiboridan ham ahamiyatlidir( “Manba’us sa’ada” Aliy Muhammad Sabbog‘.) Quyida ular keltiriladi.

Muharram – bu muqaddas oy, shuningdek, yangi yilning birinchi oyi – Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Makkadan Madinaga hijrat qilish sharafiga belgilangan qamariy oy. Bu to‘rt “harom oylardan” biridir. Muharram oyining muqaddasligi haqida Qur’on va Sunnatda aytiladi. Shu sababli har bir musulmon bu oyni Alloh taologo ibodatda o‘tkazishga harakat qilishi kerak. Yilning ushbu birinchi oyini qanday o‘tkazsak, butun yil shunday o‘tadi Inshaalloh.

Imom G‘azzoliy o‘zining “Ihyo” kitobida yozishicha, Muharram oyini ibodatda o‘tkazsak, uning farog‘ati yilning boshqa hamma oylariga ham yetadi.

Muslim rivoyat qilgan sahih hadisda aytiladi: “Ramazon oyidan keyin ro‘za tutish uchun eng yaxshi oy Muharramdir”.

Tabaroniy tomonidan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda esa: “Muharram oyining bir kunida ro‘za tutgan insonga 30 kunlik ro‘zaning savobi beriladi”.

Yana bir hadisga ko‘ra, Muharram oyida payshanba va juma kuni tutilgan ro‘zalar eng savoblidir.

Muharram oyida muqaddas Ashuro kuni ham bor. Muharram – Allohga ibodat va itoat, gunohlarning kechirilishi va savoblarning ko‘p marta orttirilishi oyidir. Yilning birinchi kuni o‘qiladigan maxsus duo bor. Bu bizga avval yashab o‘tgan taqvodor insonlar orqali yetib kelgan. Duoni istalgan vaqtda qilish mumkin bo‘lsa-da, yilning boshida u alohida ahamiyatga ega.

Ashuro kuni

Muharram oyining o‘ninchi kuni Ashuro (“ashara” so‘zidan, “o‘n” ma’nosini anglatadi) kuni deyiladi. Yuqorida aytilganidek, Muharram oyi eng muqaddas oylardan biridir. Ashuro kuni va undan bir kun avval yoki bir kun keyin ro‘za tutish tavsiya qilinadi. Shu kuni sadaqalar beriladi, fazandlar va yaqinlar xursand qilinadi, Qur’on o‘qiladi, boshqa xayrli ishlar qilinadi.

Rivoyatlarda kelishicha, shu kuni Alloh taolo tomonidan Osmon, Yer, Arsh, Kursi, farishtalar, ilk inson – Odam alayhissalom yaratilgan, unga Jannat ato etilgan hamda tavbalari qabul qilingan.

Payg‘ambarlar bilan bog‘liq ko‘plab quvonchli voqealar ham Ashuro kuniga to‘g‘ri keladi. Shu kuni Nuh alayhissalom kemasi buyuk toshqindan so‘ng Judi tog‘iga kelib to‘xtagan; Ibrohim alayhissalom dunyoga kelgan; Iso, Idris alayhissalomlar falakka ko‘tarilgan, Ibrohim alayhissalom johillar gulxanidan omon qolgan, Muso alayhissalom va uning qavmi ta’qibdan xalos bo‘lgan va fir’avn cho‘kib ketgan; Yunus alayhissalom baliq qornidan omon chiqqan; Ayub alayhissalomning dardlardan forig‘ bo‘lishi ro‘y bergan; Yoqub alayhissalom o‘g‘li bilan uzoq ayriliqdan so‘ng uchrashgan; Sulaymon alayhissalom podshoh bo‘lgan; Yusuf alayhissalom qamoqdan chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlari Allohga ibodatni kuchaytirish, unga alohida qunt bilan sajda qilish kerak.

Yilning oxirida o‘qiladigan duo (3 marta o‘qiladi):

“Bismillahir Rohmanir Rohiym. Vasollallohu ’ala sayyidina Muhammad va ’ala alihi va sohbihi vasallam. Allohumma ma amiltu (amilna) fi hazihis sanati mimma nahaytaniy (nahaytana) anhu, falam atub (natub) minhu, falam tardohu, va lam tansahu, va halimta alayya (alayna) ba’da qudratika ’uqubatiy (’uqubatina), va da’avtaniy (da’avtana) ilat tavbati minhu ba’da jur’atiy (jur’atina), ala ma’siyatika, fainniy astahfiruka, fag‘firliy. Va ma ’amiltu fiha, mimma tardahu, vava’addatiy alayhis savabu, faasaluka. Allohumma, ya karimu, ya zaljalali val ikrom, an tataqobbalhu minniy, vala taqta’ rojaiy minka, ya karimu. Vasollallohu ’ala sayyidina Muhammad va ’ala alihi va sohbihi vasallam.”

 

Ma’nosi:

Bu dunyoda barchaga Rohman, u dunyoda faqat
mo‘minlarga Rohiym Alloh ismi ila!

Sayyidimiz Muhammad alayhissalomga, u zotning oli baytlari va as'hoblariga Alloh taoloning salavoti va salomi bo‘lsin!

Allohim! Bu yilda Sen man qilgan nimaiki ishni qilib, tavba qilmagan bo‘lsam (bo‘lsak), Sen norizo qilgan bo‘lsamu, Sen buni unutmagan holda, Qodir bo‘la turib, Rahmating bilan meni (bizni) jazolamagan bo‘lsang, aksincha, osiylik qilsak ham bizni tavbaga hidoyat qilgan bo‘lsang – meni mag‘firat qilgin! 

Bu yilda Seni rozi qiladigan, Sen ajru mukofot va’da qilgan nimaiki amal qilsam, bu amallarimni qabul qilgin, yo Zal-jaloli val-ikrom! Bizlarni noumid qilmagin, ey azizu mehribon Allohim! 

Sayyidimiz Muhammad alayhissalomga, u zotning oli baytlari va as'hoblariga Alloh taoloning salavoti va salomi bo‘lsin!

Yilning boshida o‘qiladigan duo (3 marta o‘qiladi):

“Bismillahir Rohmanir Rohiym. Vasollallohu ’ala sayyidina Muhammad va ’ala alihi va sohbihi vasallam. Allohumma Anta abadiyyul qodimul avval. Va ’ala fazlikal ’aziym va judikal muavval va haza amun jadiyd qod aqbala, nasalukal ’ismati qiyhi minash shaytani va avliyaihi va junudihi val ’avna ’ala hazihin nafsil ammaroti bis sui val ishtig‘ola bima yuqorribuni (yuqorribuna) ilayka zulfa. Ya zal jalali val ikrom. Ya armahamar rohimiyn. Vasollallohu ’ala sayyidina Muhammad va ’ala alihi va sohbihi vasallam.”

 

Ma’nosi:

Bu dunyoda barchaga Rohman, u dunyoda faqat
mo‘minlarga Rohiym Alloh ismi ila!

Sayyidimiz Muhammad alayhissalomga, u zotning oli baytlari va as'hoblariga Alloh taoloning salavoti va salomi bo‘lsin!

Allohim, O‘zing avvali yo‘q Boqiysan, Qayyyumsan. Sening buyuk rahmatingga, oliy fazlingga suyanib so‘raymanki, kirib kelgan bu yilda meni (bizni) shaytonning sharridan, uning do‘stlari va lashkaridan, yordamchilaridan O‘z panohingga olgin, nafsi ammoramga qarshi kurashda madad bergin, meni (bizni) O‘zingga yaqinlashtiradigan amallarimning bardavom bo‘lishida O‘zingdan yordam va tavfiq so‘rayman.

Yo Zal-jaloli val-ikrom!

Sayyidimiz Muhammad alayhissalomga, u zotning ummatlariga, oli baytlari va as'hoblariga Alloh taoloning salavoti va salomi bo‘lsin!

Shu bilan birga “Fotiha” surasi va “Oyatul Kursiy”larni o‘qish ham tavsiya qilinadi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Kim ushbu duoni o‘qisa, olim bo‘ladi

13.06.2025   10361   1 min.
Kim ushbu duoni o‘qisa, olim bo‘ladi

Shayx Abu Ali Termiziy rivoyat qiladi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim ushbu duoni har bir namoz ortidan o‘qisa, albatta olim bo‘ladi", dedilar. Duo budir:
“Robbi zidniy ’ilman, va vassi’ liy rizqan. Va barik liy fiyma rozaqtaniy. Vaj’alniy mahbuuban fiy quluubi ’ibadika va ’azizan fiy ’uyunihim. Vaj’alniy vajiyhan fid dunya val axiroti va minal muqorrobiyn.
Ya kasiyron navvaal, ya hasanal fi’aal, ya qoiman bilaa zavaal! Ya mubdi’an bilaa misaal! Lakal hamdu va lakal minnatu va lakash sharafu ’alaa kulli haal!”. 

Ushbuni u zot shayx Ibrohim Zamzamiyning xati bilan “An nafasul yamaaniy”da zikr qilganlar.