Bugun, milodiy 20 avgust kuni Muharram oyining birinchi sanasi bo‘lib, hijriy-qamariy hisobdagi yangi yil – 1442 yil boshlanadi. Odatda bu munosabat bilan musulmonlar bir-birlarini tabriklashadi.
Lug‘atda “muharram” so‘zi hurmatlangan, harom qilingan, ulug‘langan ma’nolarini anglatadi. Demak, Muharram hurmatli oy ekan.
Alloh taolo marhamat qiladi: “Albatta, Allohning huzurida oylarning soni Allohning osmonlaru yerni yaratgan kuni o‘n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to‘rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu to‘g‘ri dindir. U(oy)larda o‘zingizga zulm qilmang” (Tavba surasi, 36-oyat).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu oyatni sharhlab: “Bu to‘rt oy – Zul qa’da, Zul hijja, Muharram va Rajabdir...” deganlar (Ahmad ibn Hanbal rivoyati).
Shu bois ushbu oylarida mo‘min-musulmonlar bir-birlarini va boshqa din vakillarini ranjitib qo‘yishdan juda ehtiyot bo‘lishlari zarur. Uning o‘rniga bu oyda har kimning hurmatiga rioya qilishi lozim.
Darhaqiqat, muharram oyi Ramazondan keyingi martabada turadi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Ramazondan keyingi eng afzal ro‘za, Allohning Muharram oyi ro‘zasidir. Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir”, dedilar. Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Muharram oyida eng ulug‘ kunlardan biri – Ashuro kuni bor. U arab tilida “Ashur” – “o‘ninchi” degan ma’noni bildiradi. Abu Lays Samarqandiy rahmatullohi alayh “Tanbihul g‘ofilin” nomli kitoblarida Ikrima roziyallohu anhudan rivoyat qilib aytadilar: «Ashuro kuni Odam alayhissalomning tavbalari qabul qilingan, Nuh alayhissalom kemadan tushib, buning shukronasiga ro‘za tutgan, Fir’avn g‘arq etilib, Bani Isroilga dengiz yorilgan va shuning uchun ular ro‘za tutgan kundir. Sen ham o‘sha kuni ro‘za tutishga qodir bo‘lsang, albatta tutgin».
Demak, shu kuni insoniyat tarixida juda ko‘p muhim voqealar sodir bo‘lgan ekan. Uning shukronasiga o‘sha kuni o‘tgan payg‘ambarlar va ularning qavmi ro‘za tutishgan.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarmiz sollallohu alayhivasallam Madinaga kelganlarida yahudiylarning Ashuro kuni ro‘za tutayotganini ko‘rib: «Nima bu? (ya’ni, nima uchun ro‘za tutyapsiz?)», dedilar. Ular: «Bu yaxshi kundir. Bu kunda Alloh taolo Bani Isroilga dushmanlaridan najot bergan. Shuning uchun Muso ro‘za tutgan», deb javob berishdi. Shunda u zot: «Men Musoga sizlardan ko‘ra haqliroqman», dedilar va shu kuni ro‘za tutdilar hamda boshqalarni ham ro‘za tutishga buyurdilar (Imom Buxoriy rivoyat qilgan). Demak, ayni shu kuni musulmonlar ham ro‘za tutishi lozim.
Yana bir hadisi sharifda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ashuro kuni ro‘za tutinglar va unda yahudiylarga xilof qilinglar. Undan oldin bir kun yoki undan keyin bir kun ro‘za tutinglar», dedilar (Imom Ahmad rivoyat qilgan). Shunga ko‘ra, ulamolar Ashuro kunining ro‘zasiga undan oldin yoki undan keyin yana bir kunni qo‘shib ro‘za tutish mustahabdir, deyishgan.
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhivasallam: «Ashuro kunining ro‘zasini oldingi yil (gunohlari)ga kafforat bo‘lishini Alloh taolodan umid qilaman», dedilar» (Imom Termiziy rivoyat qilgan). Bunday ulkan savob Alloh taoloning fazli-rahmatidir.
Ulamolar besh vaqt va juma namozi, ramazon ro‘zasi va fazilatli kunlardagi ro‘zalar kabi ibodatlar avval kichik gunohlarga kafforat bo‘ladi, keyin esa katta gunohlarni ham yuvadi, so‘ngra bandaning darajasi ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi, deganlar.
Demak, ulug‘ muharram oyida nafl ibodatlarni ko‘paytirsak, jumladan, undagi Ashuro kuni va undan bir kun oldin yoki keyingi kun nafl ro‘za tutsak, ko‘plab ajru mukofotlarga sazovor bo‘lamiz, inshaalloh.
Ashuro kunining yana bir ajoyib fazilati bor. Mo‘min-musulmonlar bu kunlarda ro‘zg‘orni but qilib qo‘yishi sunnatdir. Oila a’zolari uchun odatdagidan keng-mo‘l sarf-xarajat qilsa, Alloh taolo bu kunning hurmatidan unga yil bo‘yi kenglik qilib beradi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi”, deganlar (Imom Tobaroniy va Imom Bayhaqiylar rivoyati).
Alloh taolo muharram oyi kirishi bilan boshlanadigan 1442 hijriy yilni barchamizga muborak qilsin! Bu yil hammamiz uchun xayru baraka yili bo‘lishini nasib etsin.
Manbalar asosida
Bahriddin Xushboqov
tayyorladi.
Yig‘ilishda Kengash a’zolari, Ishchi guruh rahbarlari va yetakchi olimlar – O‘zRFA vitse-prezidenti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori, professor Bahrom Abduhalimov, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova, O‘zbekiston tasviriy san’ati akademigi Akbar Hakimov hamda markaz rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda markaz ekspozitsiyasining 6 asosiy yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan:
Shu bilan birga, xorijiy muzeylarda saqlanayotgan va O‘zbekistonga daxldor bo‘lgan 350 ga yaqin eksponat ko‘rib chiqildi va ularni tanlab olish ishlari boshlab yuborildi.
Markaz rahbari Firdavs Abduxoliqov o‘z chiqishida bunday ta’kidladi:
— Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilayotgan ushbu markaz ekspozitsiyasini boyitish maqsadida xorij muzeylari va kutubxonalarida saqlanayotgan yurtimizga oid artefaktlarni olib kelish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bir qator eksponatlar markazning ochilish marosimiga tayyor holatda bo‘ladi. Shuningdek, respublikadagi muzeylar ham 20 tadan eng noyob eksponat taqdim etishi rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda "Islomdan avvalgi davr" ekspozitsiyasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ekspozitsiya koordinatori Anvar Matniyazov ma’lumot berdi:
— Bu ekspozitsiyaga vaqt devori orqali kiriladi. U 6 ta sektordan iborat bo‘lib, Baqtriyadan boshlanadi. Turkiyalik dizaynerlar bilan hamkorlikda ish olib borilyapti. Mulyajlar, faksimilelar va qo‘lyozmalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Shuningdek, yurtimizdagi 60 ta tarixiy qal’a o‘lchamlari to‘planib, sistemalashtirildi.
Qadimgi Xorazm, So‘g‘d, Choch sivilizatsiyalariga oid tasviriy san’at, haykalchalar, tangalar va uy-ro‘zg‘or buyumlari xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.
Vaqt devori kompozitsiyasida sharq miniatyuralari ham taqdim qilindi. Bu kompozitsiya turli davrlardagi siyosiy va ijtimoiy voqealarni badiiy tasvirlar orqali namoyon etadi:
O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolov rahbarligidagi ijodiy guruh ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritmoqda.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan tayyorlangan olimlar hayoti va merosiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi. Ilmiy kengash a’zolari ushbu videomateriallar mazmunan va vizual jihatdan zamonaviy talablarga mos bo‘lishi zarurligini ta’kidlashdi.
cisc.uz