Falakiy hisob-kitoblarga ko'ra, hijriy 1445 yil Rabius soniy oyining 1-kuni — 2023 yil 16 oktyabr' dushanba kuniga to'g'ri kelmoqda.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachon yangi chiqqan oyni ko'rsalar shunday duo qilardilar:
"اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ"
O'qilishi: "Allohumma ahillahu alayna bilyumni val iymani, vas-salaamati val-Islami, Robbiy va Robbukalloh”.
Ma'nosi: "Ey, Allohim! Bu oyni bizlarga baraka va imon, salomatlik va Islom oyi qilgin! Ey, hilol, mening ham, sening ham Robbing Allohdir!".
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan zamonaviy media-makonda so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, davlat organlari faoliyatini yoritib borish ishlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan bir qator vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotiblari uchun joriy yilning 30 iyun – 2 iyul kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida "Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon" mavzusida V milliy konferensiya tashkil etildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot kotibi ham qatnashdi.
Konferensiya doirasida o‘tkazilgan “Media Quiz”da 9 ta jamoa 5 ta raundda turli sohaga oid yo‘nalishlarda bilimlarini sinashdi. Bilim-ring natijalariga ko‘ra uchta jamoa g‘olib deb topildi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Uch kun mobaynida o‘tkazilgan tadbirlar nihoyasiga yetdi.
***
Shuningdek, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida Muslim.uz jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati