Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Karantin qoidalariga amal qilish orqali masjidlar sha’nini saqlaylik!

18.08.2020   2365   2 min.
Karantin qoidalariga amal qilish orqali masjidlar sha’nini saqlaylik!

ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى الْقُلُوبِ

Ana shunday. Kim Allohning nishonalarini ulug‘lasa, bas, albatta, bu qalblarning taqvosidandir. (Haj surasi, 32-oyat).

Shior so‘zi «nishon», «belgi», «alomat» degan ma’nolarni bildiradi. Bu so‘z Alloh taologa nisbat berilib, «shaoirulloh» – «Allohning nishonlari» deyilganda esa Allohning dini, Islomning ko‘zga ko‘ringan, shon-shavkati alomati bo‘lgan narsalar ko‘zda tutiladi.

Shulardan biri – masjidlar ham Alloh taoloning shiorlaridir. Demak, kimda kim masjidlarni ulug‘lasa, u Alloh taoloning shiorlari ulug‘lagan, shu orqali Alloh taoloni ulug‘lagan bo‘ladi. Masjidlarni ulug‘lash esa jumladan ularning sha’ni, haybati va masjidlardagi jamoat qoidalarini muhofaza etishda namoyon bo‘ladi.

Yurtimizda karantin qoidalari yumshatildi. Alhamdulillah, 17 avgust sanasidan besh oy-u, ikki kun intiq bo‘lib kutganimiz maxsus tartib-qoida va cheklovlar bilan bo‘lsa-da, jamoat bo‘lib masjidda ibodat qilish baxtiga erishdik. Bu baxtda bardavom bo‘lishimiz uchun ko‘rsatilgan qoidalarga amal qilaylik, azizlar! Zero, boshqalarga tartib-intizomda ibrat va namuna bo‘lish uchun...

Alloh taoloning shiori – masjidlar sha’ni-shavkatini saqlash uchun...
Namozxonlar karantin qoidalariga amal qilishni bilmas ekan, masjidlar karantin talablarini bajara olmas ekan, degan xunuk gaplar paydo bo‘lib masjidlarimiz sha’ni past bo‘lmasin.

Bundan-da yomoni “falonchi falon masjidda virus yuqtirib olibdi”, “masjidlar kasallik tarqalishi o‘chog‘i bo‘libdi”, mazmunidagi gaplar masjidlar – Alloh taoloning shiorlari sha’ni uchun eng yomon gaplar bo‘ladi. 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar:
قال رسول الله صلي الله عليه و سلم:إِنَّمَا بُنِيَتْ لِلصَّلَاةِ وَتِلَاوَةِ الْقُرْآنِ وَذِكْرِ اللهِ
رواه المسلم (Masjid) namoz (o‘qish), Qur’on tilovat qilish va Alloh taoloni zikr qilish uchungina bino qilinadi” (Imom Muslim rivoyati). Shu muborak so‘zdan kelib chiqib hadisda aytilgan uch ishdan boshqasini masjid va uning atrofida bajarmasligimiz lozim. 

Alloh taolodan gunohlarimizni mag‘firat etishini, xatolarimizni o‘chirishini so‘rayman. Gunohlarimiz va xatolarimiz sababli boshimizga kelgan vaboni tez fursatda insoniyat, xususan, yurtimiz ustidan daf qilishini so‘rayman!

Tavfiq va hidoyat Alloh taolodan...

Zikrullo Mahkamov,

Chilonzor tumanidagi "Hasanxon qori" jome masjidi imomi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

23.07.2025   12507   1 min.
Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi. 
 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari