Bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov peshin namozida Shayxontohur tumanidagi "Fotimai Zahro" jome masjidiga tashrif buyurib, namozdan so'ng shu paytgacha poytaxtimizning Shayxontohur tumani "Ho'ja Ahror Valiy" jome masjidi imom noibi bo'lib ishlab kelayotgan Tohir domla Po'latovni "Fotimai Zahro" masjidiga imom-xatib etib tayinlanganini jamoatga tanishtirdi.
Abduqahhor domla yangi tayinlangan imom-xatibning faoliyatiga Alloh taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilab, xayrli duolar qildi.
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.