Bugun 13 oktyabr kuni Shayx Alijon qori boshchiligidagi ustozlar ishtirokida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar uchun tajvid darsi tashkil qilindi.
Shayx Alijon qorining shogirdlari Abduvahobov Orif qori, Nuriddinov A’loxon qori va Sufiyev Abdulaziz qori imom-xatiblarning qoroatini tinglab, ularga kerakli tavsiyalarni berdilar.
AlQur'an.uz
#Ajdodlar_merosini_o‘rganamiz
Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi.
Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.
Abduvohid domla Ahmadaliyev
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi mutaxassisi