Janubiy Koreya ma'murlari halol sanoatni o'sib borayotgan imkoniyat sifatida ko'radi, uni qo'ldan boy berib bo'lmaydi va bu tez o'sib borayotgan bozorda mavjud bo'lish uchun keng rejalar ishlab chiqdi.
“IQNA”ning “al-Jazira” telekanaliga tayanib xabar berishicha, o'tgan yilning sentyabr' oyida Malayziyada bo'lib o'tgan xalqaro halol ko'rgazmasida Indoneziya va Kuvayt kabi musulmon davlatlaridan bo'lgan Janubiy Koreya stend vakillari tashrif buyuruvchilarni dengiz o'tlaridan tortib, sog'liq uchun mo'ljallangan mahsulotlargacha bo'lgan stendda taqdim etilayotgan halol mahsulotlar bilan tanishishga taklif qilishgani ko'plab ishtirokchilar e'tiborini tortgan edi.
“Halol oziq-ovqat bozori – bu o'sish uchun ulkan salohiyatga ega bo'lgan okean”, –dedi Janubiy Koreya Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat vazirligi xodimi Li Yon Jek “al-Jazira” telekanaliga bergan interv'yusida.
Janubiy Koreya hozirda butun dunyo bo'ylab 1,8 milliard musulmonning turmush tarzini shakllantiradigan global halol sanoati salohiyatini anglab etdi. Lekin tabiiyki, musulmon aholisi 200.000 dan kam yoki aholining 0,4 foizidan kam bo'lgan Koreya davlatiga halol mahsulotlar ishlab chiqarish unchalik mos kelmaydi. Biroq Janubi-Sharqiy Osiyoda koreys taomlari va sabzavotlariga talab ortib borayotgani koreys eksportchilari uchun potentsial foydali imkoniyatdir.
2015 yilda Koreyaning o'sha paytdagi prezidenti Pak Kin He Birlashgan Arab Amirliklari bilan yangi bozorlarda savdoni, jumladan, halol oziq-ovqatlarni rivojlantirish bo'yicha shartnoma imzolagan edi.
O'tgan yili Janubiy Koreya Malayziyadagi Islom ishlari bo'yicha idoralardan ruxsat olganidan so'ng birinchi marta “hanvu” nomi bilan tanilgan halol koreys mol go'shtini eksport qila boshladi.
Joriy yilning noyabr' oyida Janubiy Koreya Qishloq xo'jaligi vazirligi Seulda joylashgan Koreya musulmonlari jamg'armasi va Koreyaning “Halal Marjah” kompaniyasi Jakartada Indoneziyaning Halol mahsulotlar tashkiloti bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Mazkur shartnoma asosida Koreya qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat kompaniyalari Janubiy Koreyadan “Halol” sertifikatni olgandan so'ng Indoneziyadagi tashkilotdan alohida sertifikat olmasdan turib, mamlakatga mahsulot eksport qilishi mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
- Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdan maqsadingiz shunchaki vaqt o‘tkazish, ermak emas, balki boshqalarga manfaat ulashish, ulardan manfaat olish, ilmni oshirish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish;
- Fahsh, harom, boshqalarga tegishli rasm va videolarini tarqatish tiyilish;
- Dinni, ulamolarni, shaxslarni, xalqlarni kamsitadigan, obro‘ to‘kishga qaratilgan maqola, rasm va videolarni post qilib qo‘ymang;
- Foydasiz tortishuvlarga kirishmang;
- Mish-mish aytuvchi, tarqatuvchi bo‘lmang! Ma’lumotlarni tarqatishdan oldin tekshirib, aniqlashtiring;
- Postlaringiz bilan odamlarga ilm-ma’rifat, yaxshilik ulashishga intiling va bu ishlarning barchasini Alloh taoloning roziligi uchun qiling;
- Yozayotgan, yuborayotgan, ulashayotgan har bir so‘zingiz oxiratda sizning zararingizga emas, foydangizga guvohlik beradigan so‘z bo‘lishiga diqqat qiling;
- Ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida foydalaning! Ibodatni ado etish, oilaning nafaqasi, silai rahm, qo‘shniga yaxshilik qilish kabi zimmangizdagi mas’uliyatlaringizni unutib qo‘ymang;
- Postlarga “yoqdi” tugmasidan bosishdan oldin bu ish iymoningizga futur yetkazadimi yoki yo‘qmi, aniqlab oling! Gunoh bo‘lgan postlarga “yoqdi” tugmasini bosish iymonga salbiy ta’sir etadi;
- Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni oxiratda Alloh taoloning huzurida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilarida xijolat bo‘lib qolmaydigan tarzda yuriting!
Norin tumani “Abu Iso at-Termiziy” jome masjidi
imom-xatibi Maxmudov Yosinxon.
Manba: @SOFTALIMOTLAR