Yaqinda “Masjid al-Harom” ma'muriyati nogironlar aravachasi foydalanuvchilarining “Masjid al-Harom”ga kirishini ta'minlash uchun maxsus rangli yo'nalishlarni belgilab, ularning harakatlanishini osonlashtirish choralarini ko'rdi.
“IQNA” sayti ma'lumotlariga ko'ra, rangli aravachalar uchun mo'ljallangan yo'llar Makka chekkasidagi G'azo hududidan boshlanib, “Masjid al-Harom” ning shimoliy hovlilariga etib boradi.
Shu tariqa, nogironlar aravachasidagilar haj amallarini bajarish uchun “Masjidul-Harom”ga bemalol va xotirjamlik bilan kirishlari mumkin.
Makka ziyorat yo'liga tutashgan va “Masjid al-Harom” ning shimoliy yo'nalishi bo'ylab joylashgan bu rangli yo'llar nogironlar aravachasi foydalanuvchilarini “Masjid al-Harom” ga yo'naltirish uchun erda maxsus belgilar bilan belgilangan. Qaytish yo'llari, shuningdek, ushbu guruh uchun “Masjid al-Harom” ga kirish va chiqishni osonlashtirish uchun chiziqlar va strelkalar bilan belgilangan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Savol: Men begona joyda mehmonxonaga joylashdim. Shoshilib, e’tiborsizlik bilan namozni qiblaga teskari tarafga qarab o‘qib qo‘yibman. O‘qib bo‘lganimdan keyin tushundim, shu namozimni hukmi qanday bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu holatda, siz namozingizni qaytadan o‘qishingiz lozim bo‘ladi. Chunki qibla qaysi tarafdaligini bilmagan odam, shu yerlik qiblani biladigan (musulmon, aqli raso, oshkor gunohlardan tiyilgan) kishidan so‘rab, namoz o‘qishi lozim. Agar shu holatda qiblani biladigan kishi topilmasa, kechasi odamlarning eshigini taqillatib yurmaydi. Balki bor imkoniyatini ishga solib, qiblani topishga harakat qiladi. Qalbi bilan bir tomonni qibla, deb qasd qilib namozini o‘qiydi. Garchi qiblani to‘g‘ri topolmagan bo‘lsa ham, uning namozi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi