Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Ulamolar Kengashi yig'ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

12.10.2023   1199   3 min.
Ulamolar Kengashi yig'ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

Bugun, 12 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh imom-xatiblari, diniy ta'lim muassasalari hamda ilmiy-markazlar rahbarlari, taniqli ulamolar va imom-domlalar ishtirok etdi.

Majlis Qur'oni karim tilovati va ezgu duolar ila boshlandi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi hamda Ulamolar Kengashi raisi, muftiy Shayx Nuriddin domla Holiqnazar hazratlari ishtirokchilarga 2023 yilning o'tgan davrida amalga oshirilgan xayrli ishlar to'g'risida ma'lumot berish asnosida barcha diniy soha xodimlarini mo'min-musulmonlar ehtiyojlarini to'la ta'minlash, islom ummati birligini mustahkamlash va o'lkamiz farovonligi yo'lida yanada g'ayrat bilan mehnat qilishga da'vat etdilar. Din peshvolari avvalo xalqimiz tomonidan berilgan ishonchni oqlash darkorligi, buning uchun esa tinimsiz mehnat qilish, izlanishlar olib borish va kasb-mahoratni muttasil oshirish zarurligiga e'tibor qaratdilar.

Muftiy hazratlari imom-xatiblar shariat va ibodatga tegishli masalalarni doimiy o'rganib borishi, aholi bilan ishlash ko'lamini kengaytirish, kunlik namozlarda faol qatnashish, internetda chiqishlar sifatini oshirish, ish faoliyatda halollik va sadoqatni bosh mezon, deb bilish barobarida imomning eng asosiy fazilati Allohga taqvo qilish ekaniga katta urg'u qaratdilar.

Muhokamalarda so'zga chiqqan Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining birinchi o'rinbosari Maxsudov Davronbek va boshqa mutasaddilar tomonidan bugungi hayot talablari qat'iylashib borayotgani, zamonaviy tahdidlar va xurujlarga imom-xatiblar birinchi navbatda qarshi turishlari alohida qayd etildi. O'z navbatida, har bir diniy soha xodimi o'zi mas'ul bo'lgan ishni tanqidiy baholash bilan bir qatorda zimmasiga yuklatilgan vazifani mas'uliyat bilan bajarish ta'kidlandi.

Shuningdek, yig'ilishda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Jaloliddin domla Hamroqulov tomonidan O'zbekiston musulmonlari musulmonlari idorasi me'yoriy hujjatlari, hududiy vakilliklar ish samaradorligini oshirish borasidagi yangi loyihalar muhokamaga qo'yildi.

Yig'ilishda ko'tarilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Birgina gumonim uchun

11.07.2025   6185   1 min.
Birgina gumonim uchun

Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar"Birgina gunohim uchun besh oy tahajjuddan mahrum bo‘ldim". “U qaysi gunoh edi?” deb so‘rashdi. "Yig‘lab duo qilayotgan kishini ko‘rib, ichimda: "Bu kishi riyo qilyapti", degandim…".

Imom Makhul rahmatullohi alayhi: "Bir kishini namozda ruku’ va sajda qilib, yig‘layotganini ko‘rdim va ichimda "u riyo qilyapti!" deb unga tuhmat qildim va o‘zim bir yil yig‘lashdan mahrum bo‘ldim".