2023 yil 10 oktyabr' kuni O'zbekiston zilziladan jabr chekkan qo'shni Afg'oniston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Ayni vaqtda Kun.uz muxbirining xabar berishicha, oziq-ovqat, palatkalar va tibbiy vositalardan iborat yordam eng katta yuk samolyoti – Boeing-747da etkazib berildi. Mezbonlar vakili Mavloviy Sharofiddin Muslim sinovli kunlarda berilayotgan bu yordamlarni afg'on xalqi hech qachon esdan chiqarmasligini ta'kidladi.
Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bu haqda bayonot berdi.
Bayonotga ko'ra, Afg'onistonning g'arbiy viloyatlarida ko'plab insonlarning halok bo'lishi va keng ko'lamli vayronagarchiliklarga olib kelgan zilzila haqidagi xabar O'zbekistonda chuqur qayg'u bilan qabul qilindi.
Zilzila qurbonlarining oila a'zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz, afg'on xalqining qayg'usiga sherikmiz va jabrlanganlarning tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz.
O'zbekiston tomoni Afg'oniston va uning xalqi bilan bugungi og'ir damlarda birgadir.
Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.
Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.
Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi
Sodiqjon Abdurahmanov
Manba: @Softalimotlar