O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi tashabbusi bilan Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asari arab tilida qayta nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Bu asar ilk bor arab tiliga 2013 yilda Qohiradagi “A'yn ash- Shams” universiteti professori Magda Maxluf tomonidan tarjima qilingan.
Kitob qattiq muqovada, yuqori sifatli qog'ozda, 1000 nusxada Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik nashriyot “Dor al-Maarif”da chop etilgan. Arab tilidagi “Boburnoma” kitobi yirik universitetlar, kutubxonalar, Qohirada akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus, Misr va boshqa arab davlatlarining professor-o'qituvchilari, tarixchi olimlari o'rtasida tarqatiladi.
Shuningdek, kitob Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, O'zbekiston Milliy kutubxonasi, mamlakatimiz Halqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga hadya tariqasida tarqatiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati.
Muborak haj safari davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxona bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Mahkamov, Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, Hadis ilmi maktabi rektori Barot Amonov Madinai munavvaradagi Masjidun Nabaviy kutubxonasi bilan tanishish barobarida muassasa bo‘lim boshlig‘i Ahmad Naim Mulla muloqot qilishdi.
Uchrashuv asnosida ulug‘ allomalarimizning ilmiy meroslari joy olgan “O‘zbekiston burchagi” tashkil etildi. Shu munosabat bilan ushbu kutubxona vakillariga Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” va Imom Termiziyning “Sunani Termiziy” va boshqa kitoblar topshirildi.
Muloqot chog‘ida “Sahihi Buxoriy” va “Sunani Termiziy” asarlari “Olti sahih hadislar”dagi o‘rni, islom olamidagi olti buyuk muhaddisdan ikki nafari Movarounnahrdan yetishib chiqqani, buyuk ajdodlarimizning dinimiz taraqqiyotidagi xizmatlari e’tirof etildi.
Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonda diniy sohada olib borilayotgan siyosat yuqori baholanib, Kutubxonaga taqdim etilgan o‘zbek tilidagi hadislar to‘plamlari sharhlari Haj va Umra ziyoratiga keluvchi ziyoratchilarga muhim manba bo‘lib xizmat qilishi aytib o‘tidi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati