1. Fotiha surasi.
- الله الله ربي لا أشرك به شيئا
O'qilishi: Allohu. Allohu. Robbiylaaushrikubihishay'an
Ma'nosi: Alloh. Alloh Robbimdir. Unga hech narsani sherik qilmayman.
- لَّا إِلَهَ إِلَّا أَنتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنتُ مِنَ الظَّالِمِينَ
O'qilishi: Laa ilaaha illaa anta, subhanaka, inniy kuntu minaz zolimiyn
Ma'nosi: Sendan boshqa iloh yo'q. Sen Poksan. Men esa zolimlardan bo'ldim.
- حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ
O'qilishi: Hasbunallohu va ni'mal vakiyl
Ma'nosi: Bizga Alloh kifoya. U qanday yaxshi vakil.
- لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِالله
O'qilishi: Laa havla va laa quvvata illa billahi
Ma'nosi: O'zgartish ham, quvvat ham faqatgina Alloh ila bo'ladir
- أَسْتَغْفِرُ اللَّهَ الْعَظِيمَ الَّذِي لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ
O'qilishi: Astag'firullohal 'aziym allaziy laa ilaaha illa huval hayyul qoyyumu va atubu ilayhi
Ma'nosi: O'zidan boshqa iloh bo'lmagan, doimo tirik, doimo qoyim Zotga – buyuk Allohga istig'for aytaman va Unga tavba qilaman
- لا إله إلا الله العليم الحليملا إله إلا الله رب العرش العظيم لا إله إلا الله رب السماوات ورب الأرض رب العرش الكريم
O'qilishi: Laa ilaha illallohul Aliymul Haliym. Laa ilaaha illallohu Robbul arshil aziym. Laa ilaaha illallohu Robbus samaavaati va Robbul arzi va Robbul arshil kariym
Ma'nosi: Haliym, Aliym Allohdan o'zga iloh yo'q. Ulug' Arshning Robbi Allohdan o'zga iloh yo'q. Osmonlaru erning Robbi va karamli Arshning Robbi Allohdan o'zga iloh yo'q
- اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَمِّ وَالْحَزَنِ وَالْعَجْزِ وَالْكَسَلِ وَالْبُخْلِ وَالْجُبْنِ وَضَلَعِ الدَّيْنِ وَغَلَبَةِ الرِّجَالِ
O'qilishi: Allohumma inniy a'uuzu bika minal hammi val hazani val a'jzi val kasali val buxli val jubni va zola'id dayni va g'olabatir-rijali
Ma'nosi: Allohim, Men Sendan g'am va mahzunlikdan, ojizlik va dangasalikdan, baxillikdan va qo'rqoqlikdan, qarzga botib qolishdan va odamlarning menga g'olib bo'lishidan panoh so'rayman.
- يا حَـيُّ يا قَيّـومُ بِـرَحْمَـتِكِ أَسْتَـغـيث
O'qilishi: Yaa Hayy, Yaa Qoyyum, birohmatika astag'iysu
Ma'nosi: Yo Hayy va Qoyyum Zot! Rahmating ila yordam so'rayman.
- اللَّهُمَّ رَحْمَتَكَ أَرْجُو فَلا تَكِلْنِي إِلَى نَفْسِي طَرْفَةَ عَيْنٍ، وَأَصْلِحْ لِي شَأْنِي كُلَّهُ لا إِلَهَ إِلاَّ أَنْت
O'qilishi: Allohumma, rohmataka arju fa laa takilniy ila nafsiy torfata 'ayn va aslih liy sha'niy kullah. Laa ilaha illa anta
Ma'nosi: Allohim, rahmatingdan umidvorman. Meni ko'z ochib-yumguncha ham o'z holimga tashlab qo'yma. Barcha ishlarimni O'zing o'ngla. Sendan o'zga iloh yo'q.
Davron NURMUHAMMAD
Shu yil 3 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov raisligida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan masjidlarning imom-xatib va mutavallilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Ko‘rilgan masalalar masjidlardagi qurilish-ta’mirlash ishlari shaharsozlik me’yorlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi va qurilishga oid hujjatlarni talabga muvofiq yuritish hamda qurilishlar sodda, oddiy va dabdabadan holi bo‘lishi bo‘yicha mas’ullarga zaruriy tavsiyalar berildi. Qurilish-ta’mirlash ishlarini sifati va belgilangan vaqtda yakunlash zarurligi yana bir bor eslatildi.
Barcha imom-xatib va xodimlarga masjidlar hamda ularga olib boruvchi 100 metr masofadagi yo‘llardagi tozalash va obodonlashtirish ishlari doimiy bo‘lishi, namozxonlar uchun sharoitlarni yanada qulay bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tahoratxonalardagi sharoitlarni zamonaviy talab darajasiga keltirish kabi vazifalar yuklatildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
atbuot xizmati