Hijriy 1445 yil Rabiul avval oyi munosabati bilan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida e'lon qilingan “Oktyabr' – Siyrat va islom tarixi fani oyligi” doirasida 2-kurs talabalari o'rtasida “Siz Payg'ambar alayhissalomni taniysizmi” nomli siyrat musobaqasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston musulmonlari idorasi Qur'oni karim va tajvidni o'rgatish bo'limi mudiri Shayx Alijon qori, institut rektori Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, professor-o'qituvchilar va talabalar qatnashdi.
Qur'on tilovati bilan boshlangan musobaqa quyidagi shartlar asosida o'tkazildi:
2-kurs talabalari o'rtasida o'tgan “Siz Payg'ambar alayhissalomni taniysizmi” nomli Siyrat musobaqasida quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o'rin: 202-guruh talabalari;
2-o'rin: 201-guruh talabalari;
3-o'rin: 204-guruh talabalari.
Avval xabar berganimizdek, Robiul oyi munosabati bilan Hadis va islom tarixi fanlari kafedrasi tomonidan talabalar o'rtasida “Rasululloh ummatimiz!” siyrat tanlovi o'tkazilgan edi.
“Siz Payg'ambar alayhissalomni taniysizmi” nomli siyrat musobaqasida mazkur tanlov g'oliblari ham taqdirlandi. 19 nafar talaba qatnashgan tanlovda quyidagi natijalar qayd etilgan edi:
1-o'rin: Rixsiboyev Abdulazim, 2-kurs talabasi;
2-o'rin: Qodirov Abdulaziz, 4-kurs talabasi;
3-o'rin: Ikromjonov Abubakr, 4-kurs talabasi.
Shuningdek, tomoshabin ishtirokchilar o'rtasida o'tkazilgan qisqa savollarga tez va to'g'ri javob bergan talabalarga ham esdalik sovg'alari topshirildi.
Toshkent islom istituti
Matbuot xizmati
2025 yilgi Haj safarida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida faol ish olib bormoqdalar. Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirok etib, tadbirga boshchilik qildi. “Sayyid Ahmadxon hoji” jome masjidida o‘tkazilgan yig‘ilishda tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ishchi guruh uch yo‘nalishda faoliyat olib bordi. Jumladan:
– Hajdan qaytgan ziyoratchilar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi;
– 65 ta oilaga borilib, ma’naviy suhbat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi;
– 9 ta xonadondagi ruhiy-ma’naviy qiyinchiliklar o‘rganilib, maslahatlar berildi.
– Oilaviy kelishmovchilik sababli notinch bo‘lib turgan oilalarga suhbat va nasihatlar o‘tkazildi. Natijada 2 ta arazlashgan oila yarashtirilib, 1 ta ajrimning oldi olindi;
– Sudlanganlar, jazo muddatini o‘tayotganlar hamda ularning oilalari bilan muloqot qilindi.
– Nogiron va ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.
Tumanning Taptiqsaroy mahallasida yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan xonadonni qayta ta’mirlash ishlari homiylar va hojilar ko‘magida boshlab yuborildi. Bosh imom-xatib Ubaydulloh domla ushbu xonadonga tashrif buyurib, muloqot qildi hamda tavsiyalar berdi.
Bundan tashqari, “Doimobod” mahallasidan bo‘lgan, nogironligi bor fuqaroning uyiga ham tashrif uyushtirilib, tugallanmagan uy qurilishi uchun zarur qurilish materiallari yetkazildi.
Peshin namozidan so‘ng Ishchi guruh tarkibidagi iqtidorli imom-xatiblar jamoatga ma’ruza qilib, tinchlik, osoyishtalik va xalq farovonligi uchun duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati