Endi qaytish chiptasi va kamida 6 oy amal qiladigan xorijiy pasportga ega O'zbekiston fuqarolari Qatarga vizasiz tashrif buyurishi mumkin.
Joriy yilning 5 iyundan boshlab Qatar fuqarolari uchun ham O'zbekistonga kirishda 30 kunlik vizasiz rejim joriy etildi, deb yozadi Kun.uz.
Qatar hukumatining elektron vizalar rasmiy portalida O'zbekiston vizasiz kirish mumkin bo'lgan 101 davlat qatoriga kiradi. Qayd etilishicha, Qatarga vizasiz kirish uchun bir qancha shartlar mavjud.
Hususan, chet elga chiqish uchun pasportning amal qilish muddati 6 oydan kam bo'lmasligi, tashrif buyuruvchining boshqa davlatga qaytish yoki chiqish chiptasi bo'lishi kerak.
Shuningdek, O'zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatda 30 kun davomida vizasiz qolishlari mumkin.
Joriy yilning iyun' oyida Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamadning O'zbekistonga tashrifi arafasida Qatar fuqarolarining O'zbekistonga kirishi uchun vizasiz rejim joriy qilingani ma'lum qilingan edi.
Mazkur farmonga muvofiq, qatarliklar O'zbekistonga 30 kun muddatga vizasiz kirishlari mumkin.
Shu yilning 21 avgust kuni “Centrum Air” aviakompaniyasi O'zbekiston va Qatar poytaxtlari o'rtasida birinchi to'g'ridan-to'g'ri charter reyslari boshlanganini e'lon qildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.