Bugun, 9 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari vodiy safari davomida Andijon viloyatidagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” o'rta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdilar. Muftiy hazratlariga Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov va bilim yurti mudiri Rustamjon domla Mahmudov hamrohlik qildi.
Muftiy hazratlari bilim yurti pedagog-o'qituvchi va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar, xususan, u erdagi o'quv xonalari, dars jarayonlarini ko'zdan kechirib, ta'lim muassasasi faoliyatini yanada rivojlantirish borasida tavsiya va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tashrif chog'ida Muftiy hazratlari muassasada talaba-yoshlar bilan muloqot qildilar. Suhbat asnosida tolibi ilmlarga barcha bilimlarni puxta egallashi, kelajakda etuk olim bo'lib etishishga astoydil harakat qilishi lozimligini ta'kidladilar. Shuningdek, Muftiy hazratlari talabalar bilan arab tili va fiqh fani bo'yicha savol-javob qildilar. Ushbu bilimlardagi talabalarning zakovati barchani mamnun etdi.
Shundan so'ng Muftiy hazratlari ta'lim muassasasida ustoz va shogirdlik maqomi haqida ilmiy suhbat qilib berish bilan birga, ustoz va talabalar haqqiga duoi xayr qildilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.
Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.
Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi
Sodiqjon Abdurahmanov
Manba: @Softalimotlar