Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Farzandingizni kitob o'qishga qiziqtirishda yordam beradigan 10 ta maslahat

22.05.2024   926   5 min.
Farzandingizni kitob o'qishga qiziqtirishda yordam beradigan 10 ta maslahat

Avvallari o'qish yagona ko'ngilochar mashg'ulot edi. Hozir esa bunday mashg'ulot turlari ko'paygan bo'lsa-da, kitob o'qish hali ham eng foydali variant bo'lib qolmoqda. Bolalar nima uchun kitob o'qishi kerak?

  • Kitob o'qish so'z boyligini oshiradi.
  • O'qish dunyoqarashni kengaytiradi — bola hech qachon ko'rmagan odamlari va bormagan joylari haqida bilib oladi.
  • O'qish ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantiradi — bola kitob qahramoni bilan birga murakkab hayotiy vaziyatlardan chiqishni o'rganadi.

Tadqiqotlarga ko'ra, haftasiga 1-2 marta kitob o'qiydigan 16 yoshli o'smirlar, umuman o'qimaydiganlarga qaraganda yuqori o'qish ko'rsatkichlariga ega bo'ladi.

Kitoblar = haqiqiy hayot

Bola hech qachon ko'rmagan narsalari haqida o'qishga qiziqmaydi. Shu sababli kitobdagi hikoyani haqiqiy dunyoga o'tkazish kerak. Masalan, agar bola kosmos haqida o'qiyotgan bo'lsa, uni kosmonavtika muzeyiga olib boring yoki teleskop sotib oling. Yovvoyi hayvonlar haqida bo'lsa, hayvonot bog'iga tashrif buyuring.

 

Bolaning qiziqishlarini e'tiborga oling

Agar bolangiz dinozavrlar davri, kema qurilishi yoki poyga mashinalariga qiziqsa, shunday mavzudagi kitob sovg'a qilgan ma'qul. Boshqa bir variant — bolani kitob do'koniga olib borib, o'zi xohlagan kitobini tanlashiga imkon bering. Yoki boshqa bolalarning ota-onalaridan ularning farzandlari qaysi kitoblarga qiziqishlarini so'rang.

 

Bolaning har bir gapini to'g'rilamang

Bolani kitobda bo'layotgan voqealar haqida sizga gapirib berganda, uni doimiy ravishda to'g'rilab turish shart emas. Agar u bir necha bor qahramonlar ismini yoki shahar nomini chalkashtirsa va bu kitobni tushunishga ta'sir qilmasa, bunday xatolarga ko'z yumish mumkin — muhimi bola kitobni qiziqib o'qigani. Agar siz uni hikoya boshida chalg'itsangiz, bola o'zini noqulay his qiladi, keyingi safar gapirib berishni istamasligi yoki butunlay kitobni tashlab qo'yish mumkin.

 

O'qigani uchun mukofotlang

Hozirgi kunda televizor va telefon kabi o'ziga jalb etadigan narsalar ko'pligidan kitob o'qish katta yutuq bo'lib qoldi. Bolani har bir o'qigan sahifasi uchun maqtang, kitobni tugatgandan so'ng parkka yoki sevimli kafesiga olib borib mukofotlang.

 

Kitob — eng yaxshi sovg'a

Buni o'zingizning misolingizda ko'rsating. Masalan, kitobni “Oy oxirigacha 50 sahifani o'qishing kerak, aks holda shirinliksiz qolasan” deb bermang. O'rniga o'qishni ijobiy assotsiatsiyalar bilan bog'lang. Chiroyli rasmlari bo'lgan kitob tanlang, sovg'a qog'oziga o'rab, hadya qiling: kitobni tish parisi olib kelgan yoki 8 martga sovg'a bo'lsin. Shuningdek, o'qishdagi yoki sportdagi yutuqlari uchun ham kitob bilan mukofotlang.

 

Turli janrdagi kitoblarni sotib oling

Agar bola sarguzasht janrini yaxshi ko'rsa, unga faqat shu turdagi kitoblarni sotib olish shart emas. Drama, fantastika, detektiv kabi boshqa janrlardan ham xarid qiling — shunda bolada tanlov bo'ladi va bir janr zerikarli bo'lib qolmaydi. Ayniqsa bu, maktabda bolalar faqat klassik asarlar o'qish majburiyatiga ega bo'lgan o'smirlik davrida foydali bo'ladi. Maktab ro'yxatini zamonaviy romanlar yoki psixologiya bilan boyiting.

 

O'qishni kundalik odatga aylantiring

Bolaga kitoblar uning hayotining bir qismi ekanligini, bu “jazo” emasligini tushuntirish kerak. Buning uchun unga kitob har qanday savolga echim topishga yordam berishi mumkinligini ayting. Agar bolada muloqot qilishda qiyinchilik bo'lsa, odamlar bilan oson til topishish haqida kitob sotib oling.

 

Ovoz chiqarib o'qing

Bolalarda dunyoga qiziqish va tasavvur qobiliyati o'qish ko'nikmasidan oldinroq uyg'onadi. Shu sababli bu ehtiyojlarni qondirish sizga bog'liq. Agar  bolaga kitob o'qib bersangiz, kelajakda o'qishga qiziqib qolishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ota-onalari ovoz chiqarib o'qigan bolalar boshqa bolalarga qaraganda o'qishni erta o'rganishadi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi

08.05.2025   1469   1 min.
Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi

 

Imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘chma seminar bugun respublikamizning Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida tashkil etildi. Qorao‘zak tumanidagi markaziy "Idris eshon" jome masjidida Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin Razov boshchiligida soha xodimlari, mahalla raislari va ziyoratchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, sayyor tadbirda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami tushuntirildi.

Ishchi guruh a’zolari Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarining 5 ta masjidi va 19 ta mahallasiga biriktirildi. Ular o‘zlariga biriktirilgan mahalla hududidan 101 ta muammoli xonadonga kirib, o‘sha yerda yashayotganlarning holidan xabar oldi, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va suhbatlashdi. Ularning muammolari o‘rganilib, fikr-mulohazalari tinglandi. Imom-xatiblar 10 ta toifaga mansub 101 ta oilaga ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot va amaliy yordam tadbirlarini olib bordi. 

Shuningdek, masjidlar atrofida obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib borish, ish yuritish, jamoani boshqarish jihatlari ham o‘rganildi. 

Ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan qavmga, "Tinchlik baxti. Shukronalik. Ilm olish fazilati. Yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish. Missionerlik harakatlarining salbiy oqibatlari" kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildi.

Tadbir yakunida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy, masjid boshqaruvidagi ishlariga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Tashrif davomida qoziyot qozisi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Qorao‘zak tumanidagi "Idris eshon" masjidining yangidan qurilayotgan binosining qurilish ishlari bilan tanishdi.

B.ABBAZOV,
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi

Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi Navbatdagi sayyor seminar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari