Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

Qurbonlik qilishning hikmatlari

05.06.2024   1090   6 min.
Qurbonlik qilishning hikmatlari

Qurbonlik – Allohga yaqin bo'lish, ya'ni ibodat (qurbat) maqsadida ma'lum bir vaqtda ma'lum turdagi hayvonlarni qurbonlik niyati bilan so'yishni anglatadi.

Alloh taolo “Kavsar” surasida shunday marhamat qiladi: “Albatta, Biz senga Kavsarni berdik. Bas, Robbingga namoz o'qi va jonliq so'y”.

Ulamolarimiz ushbu oyati karimadagi “namoz”dan murod, iydi qurbon namozi, “jonliq”dan murod qurbonlikka so'yiladigan hayvon, deganlar.

Banda barcha ibodatlarini Alloh ularga buyurgani uchun qiladi. Alloh taolo bandasiga buyuradi, banda esa Allohning buyruqlarini so'zsiz bajaradi. Allohning amri bilan qilingan ibodatlarda bilgan va bilmagan son-sanoqsiz hikmatlar bor. Alloh taolo Hakim Zotdir. Buyurgan har bir ishida hikmati bordir.

Hamma ibodatning hikmati bo'lganidek, qurbonlik qilishning ham ko'plab hikmatlari bor. Ularning bir nechtasini keltirib o'tamiz:

  1. Qurbonlik qilishning birinchi hikmati Islom shiorlarini ulug'lashdir. Din shiorlarini hurmat qilish va ulug'lash iymon alomati bo'lib, bu ish tufayli Islom mustahkamlanadi, musulmonlarning iymonlari ziyodalashadi.
  2. Qurbonlik qilishning ikkinchi hikmati musulmon kishining qurbonlik qilishi bilan Allohga yanada yaqinroq bo'ladi va Uning roziligiga erishadi. Zero, Alloh taolo: “...Bas, Robbingga namoz o'qi va jonliq so'y”, deb buyurgan.

Aslini olib qaraganda Allohga bandaning U Zotga qilgan qurbonligining go'shti ham, qoni ham kerak emas. Bandaning qilgan qurbonligining go'shti ham, qoni ham Allohga etmaydi. U Zotga faqat bandaning qurbonligini qanchalik darajada taqvo va niyatda qilishi bilan etadi. Alloh taolo qurbonlik qilish amri bilan bandalarini imtixon qilib, ularning taqvolarini, ilohiy amriga bo'lgan itoatini va Allohga bo'lgan yaqinlik darajalarini sinab ko'radi.

Alloh taolo Qur'oni karimning Haj surasi, 37-oyatida bunday marhamat qiladi: “Allohga (qurbonlik) go'shtlari ham, qonlari ham etib bormas. Lekin u Zotga sizlardan taqvo etar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli – U zotni ulug'lashlaringiz uchun – ularni sizlarga bo'ysundirib qo'ydi. Ezgu ish qiluvchilarga xushxabar bering!”.

Bu oyatdan maqsad ixlos, taqvo va Alloh taologa yaqinlashishdir. Alloh bergan ne'matlarini eslash va Uning roziligini qozonishdir. Agar qurbonlik qilishda ixlos va taqvo bo'lmasa, qilgan qurbonliklarining go'shtlari qancha ko'p bo'lsa ham, Alloh nazdida hech qanday qiymati bo'lmaydi.

  1. Qurbonlik qilishning uchinchi hikmati tavhid ahlining imomi Ibrohim alayhissalom sunnatlarini tiriltirishdir. Alloh taolo u zotga o'z o'g'li Ismoilni qurbonlik qilishni vahiy qildi. So'ng Ismoilning o'rnilariga bir qo'chqorni evaz qilib berdi. U zot o'g'li o'rniga o'sha qo'chqorni qurbonlik qildilar. Alloh “Saffot” surasining 108-oyatida: “Uni biz ulkan qurbonlik evaziga almashtirib oldik” dedi. Bu bilan inson Ibrohim alayhissalomga o'xshab butun borlig'ini Alloh yo'lida qurbon qilishiga tayyorligini bildiradi.
  2. Qurbonlik qilishning to'rtinchi hikmati moddiy holatini yaxshi bo'lmagan kambag'al va beva-bechoralarning ko'ngillarini ko'tarishdir. Bu bilan faqir va miskinlarga nisbatan mehr-shafqat tuyg'ulari ommalashadi. Ba'zi odamlar moddiy imkoniyati yo'qligi sababli xaftalab, balki oylar davomida go'sht iste'mol qilmaydi. Bunday kishilar qurbonlik go'shti sababli qora qozonlariga go'sht kiradi va oilasiga qisman bo'lsada xursandchilik kiradi. Ularga yaroqsiz bo'lib qolgan, aybi nuqsoni bor hayvonlarning go'shtini emas, balki eng afzal benuqson, baquvvat hamda sog'lom hayvonlar go'shtini hadya qilish kerak. Bundan kambag'allarning ko'ngillari ko'tariladi.
  3. Qurbonlik qilishning beshinchi hikmati qo'ni-qo'shni, do'stu birodarlar va qarindosh-urug'lar bir joyga jamlanadi, silai rahm bo'ladi. Ularning jipsligi mustahkamlanadi. O'rtada bo'lib o'tgan nizolarga barham beriladi. Bundan tashqari, qurbonlik qilish jamiyatda birodarlik, yordam va hamjihatlik ruhini rivojlantiradi. Jamiyat qatlamlarida adolatning rivojlanishiga, odamlarning bir-birlariga g'amxo'rlik qilishiga va birlashishiga kattta yordam beradi.
  4. Qurbonlik qilishning oltinchi hikmati chorva hayvonlarini bizga bo'ysundirib qo'ygani uchun Allohga shukrona qilish. Alloh taolo “Haj” surasining 36-37-oyatlarida shunday marhamat qiladi: “...Bas undan englar hamda faqir va xojatmandni rizqlantiringlar. Uni sizlarga mana shunday bo'ysundirib qo'ydik, shoyadki shukr qilsangizlar. Allohga hargiz uning go'shti ham, qoni ham etmas. Lekin Unga sizlar tarafingizdan bo'lgan taqvo etur...”

Qurbonlik qilishning nafaqat oxiratda balki, shu dunyoda ham bir qancha manfaatlari bor. Qurbonlik qilib yaqin qarindosh, qo'ni-qo'shni, qiynalgan, muhtoj oilalarga tarqatish bilan mehr-oqibatning paydo bo'lishi va ijtimoiy aloqalarning yaxshilanishiga olib keladi. Alloh taoloning ilohiy hikmat asosida amr qilingan bu ishi ortida jamiyatdagi insonlarning bir-biriga bo'lgan o'zaro ishonch va hurmat-e'tibor yotadi. Shunday ekan bunday ishlarni davomli tarzda qilishda davom etish maqsadga muvofiqdir.

Olim JO'RAYeV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Sog‘lom bolaning dunyoga kelishida onaning o‘rni

13.06.2025   6745   4 min.
Sog‘lom bolaning dunyoga kelishida onaning o‘rni

Qur’oni karimda “ONA” so‘zi ulug‘vor va mo‘tabar narsalarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, Alloh taolo ularga hech kimga nasib qilmagan buyuk maqomni in’om etgan. Bu haqda Alloh taolo Luqmon surasida: “Biz insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko‘tardi; uni sutdan ajratish ikki yil ichidadir” degan (14-oyat).


Mufassir Ibn Atiyya rahimahulloh ushbu oyatning tafsirida: “Alloh taolo bu oyatda onaning xizmatini alohida ta’kidlab o‘tgani, onalarning darajasi yuqori ekaniga ishora qiladi”, degan.

O‘z havoi nafslaridan biror so‘z aytmagan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kimga yaxshilik qilish kerakligi so‘ralganda uch bora “onangga yaxshilik qil” deb javob berganlar.


Onaning vazifasi – farzandni dunyoga keltirish, boqish va uni tarbiyalab voyaga yetkazish bilan cheklanadimi yoki ularning bundanda boshqa muhim hamda kattaroq mas’uliyatlari bormi?


Bu savolga zamonaviy ilm-fan bizga javob beradi...

Keling, savolga javobni ona qornida rivojlanadigan va ona tanasining ajralmas qismi hisoblangan homiladan boshlaylik. Onaning jismoniy holati va uning ovqatlanishi homilaga ta’sir qilganidek, onaning hissiy holati ham ta’sir qiladi.

2013 yilda Granada (Ispaniya) universiteti olimlari 5 yil davomida tadqiqot o‘tkazishdi. 17 ming nafar onalar va 18 ming chaqaloqlar qamrab olgan tadqiqotda sog‘lom ovqatlanish va emizishning farzand salomatligiga ta’sirini kuzatdilar.

Unga ko‘ra, homiladorlik vaqtida onalarning to‘g‘ri ovqatlanishi va diyeta qilishi – farzandning sog‘lom tug‘ilishi va rivojlanishi uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan. Tadqiqotda onaning aqliy salohiyatining yuqori bo‘lishi farzandga katta ta’sir etishi isbotlangan.

Shuningdek, onaning ruhiy holati homilaga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilishi kuzatilgan. Ruhiy tushkunlik, depressiya, qayg‘u va tashvish ichki stress, xususan, kortizol gormonini keltirib chiqaradi.

Ona tushkunlikka tushganda kortizol farzand miyasining rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Natijada bola miya qismidagi o‘zgarishlar sababli bezovtanaladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kortizol gormoni qondagi kislorod miqdoriga, natijada bolaning nafaqat tug‘ma nuqsonlar bilan yoki erta tug‘ilishi, hatto uning butun kelajakdagi hayotiga ta’sir qilishi mumkin.

Stressni boshdan kechirgan homilador ayollardan dunyo kelgan farzandlarda ruhiy kasalliklar, semirish, qand kasalligi, saraton va asab tizimi kasalliklari ehtimoli ham ularda yuqori bo‘lgan.

Xavotirli yeri shuki, bu alomatlar kelgusi avlodga ham o‘tgan. Ha, uning asorati nafaqat farzandlari, balki nabiralarining hayotlariga ta’sir o‘tkazgan.

 

Onaning bolasiga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va mehri farzandning maktabdagi fanlarni yaxshi o‘zlashtirishni, ayniqsa, matematika va chet tillari kabi fanlarni puxta o‘rganish qobiliyatini hamda o‘qish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Shuningdek, olimlarning ta’kidlashicha, bolaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omillardan biri bu – ona-bola o‘rtasidagi iliq munosabatlar sanaladi. Onaning stress holati esa, farzandning miyasiga jiddiy ta’sir qiladi.

Miyaning tubiga kirib borishga imkon beruvchi so‘nggi texnologiyalar onaning mehr-muhabbati bola miyasining gippokampus deb ataladigan qismiga ta’sir qilishi aniqlangan. U xotira hujayralarining yangilanishi, yodlab qolish qobiliyati va stressga javob berish vazifalarini bajaradi.


Boshqa bir tadqiqotga ko‘ra, gippokampus ko‘rsatkichi onasidan mehr ko‘rganlarda mehr ko‘rmagan bolalarga qaraganda yuqori ekani kuzatilgan.

Ruminiyada yoshligidan stressda, beparvo munosabatda ulg‘aygan bolalar ustida olib borilgan tadqiqot natijalarida ularning miya qismida qora tuynuklar borligi aniqlangan.

Gerhard Suyu o‘zining “Muhabbat qanday ta’sir qiladi?” nomli kitobida “Farzandga qilingan har qanday munosabat uning miya faoliyatiga ta’sir qiladi. Agar farzandga doimiy ravishda qattiqqo‘llik, do‘q-po‘pisa qilinsa, u asabiy, qo‘rqoq, o‘z fikrini erkin bayon eta olmaydigan bo‘lib voyaga yetadi”.

AQSHda 3 mingga yaqin shaxslar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada, ona va bola o‘rtasida sog‘lom hissiy munosabatlar mavjud bo‘lsa, ularning jismoniy va ruhiy salomatligiga ijobiy ta’siri 74 yil davom etishi mumkinligini aniqlangan.

Demak, farzandning nafaqat sog‘lom, balki salohiyatli bo‘lishida ham Onalarning o‘rni va mas’uliyati shunchalik yuqori ekan.

 

Davron NURMUHAMMAD