Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyun, 2025   |   14 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:28
Asr
17:37
Shom
19:59
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyun, 2025, 14 Zulhijja, 1446
Maqolalar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbon hayitini qanday o'tkazar edilar?

14.06.2024   3942   2 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbon hayitini qanday o'tkazar edilar?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

  1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qurbon hayiti kuni g'usl olardilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayiti kuni va Qurbon hayiti kuni g'usl qilar edilar”(Ibn Moja rivoyati).

 

  1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qurbon hayitida qurbonlik qilishdan oldin hech narsa emasdilar.

Burayda roziyallohu anhu aytadilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Fitr kuni taomlangunlaricha (fitr namoziga) chiqmas edilar va Qurbonlik kuni namoz o'qigunlaricha taomlanmas edilar”(Imom Termiziy rivoyati).

 

  1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga piyoda yurib borardilar.

Abu Rofe' roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda chiqar edilar”(Ibn Moja rivoyat qilgan).

 

  1. Masjidga ketishda Allohni zikr qilardilar.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam to namozgohga borgunlaricha takbir aytar edilar” (Imom Hokim rivoyati).

 

  1. Hayit namozidan oldinnafl namoz o'qimas edilar.

Abu Sa'id Hudriy roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayit namozidan oldin hech narsa o'qimas edilar, manzillariga qaytganlarida ikki rakat namoz o'qir edilar(Ibn Moja rivoyat qilgan).

 

  1. Masjidga bir yo'ldan borib, boshqa yo'ldan qaytar edilar.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam hayit kuni (borish va qaytish) yo'llarini boshqa-boshqa qilar edilar”(Imom Buxoriy rivoyati).

 

  1. Hayit namozidan so'ng qurbonlik qilardilar.

Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim namozdan oldin kurbonlik qilsa, u o'ziga qo'y so'yibdi. Kim namozdan keyin so'ysa, kurbonligini mukammal qilibdi va musulmonlarning sunnatini topibdi”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Alloh taolo barchamizni har bir ishda Nabiy sollallohu alayhi vasallamga egashuvchilardan qilsin!

 O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Tuya qurbonlik qilishni istaysizmi?

06.06.2025   16749   1 min.
Tuya qurbonlik qilishni istaysizmi?

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.

So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi",
dedilar.