Saudiya va Hitoy kompaniyalari Makkada ilk bor uchuvchisiz havo taksisini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazdi.
Namoyish Saudiyaning turli sohalardagi ilg'or texnologiyalarni integratsiyalashuviga ixtisoslashgan “Front End” kompaniyasi Hitoyning avtonom havo vositalarini ishlab chiquvchi “Ehang” kompaniyasi bilan hamkorlikda o'tkazdi, deb yozadi “IslamNews” “Drone Life” ga tayanib.
“Dron taksi” sinovi Haj vaqtida sayohat tezligi va samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan. Ikki yo'lovchiga mo'ljallangan havo taksisi muvaffaqiyatli havoga ko'tarilib, kerakli masofani bosib o'tdi va qo'ndi. Sinovlar odamlar ko'p bo'lmagan joylarda o'tkazildi.
Saudiya Arabistoni fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi prezidenti Abdulaziz Ad-Duaylijning aytishicha, uchuvchisiz havo taksi sinovi Qirollikning aviatsiya sanoatiga texnologik innovatsiyalarni olib kirishda muhim qadam bo'ldi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi