Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Mart, 2025   |   6 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:32
Quyosh
06:50
Peshin
12:39
Asr
16:34
Shom
18:22
Xufton
19:35
Bismillah
06 Mart, 2025, 6 Ramazon, 1446
Audiolar

G‘AM-TASHVISHINGIZ VA QARZINGIZ KO‘P BO‘LSA

17.07.2024   2418   1 min.

Banda Allohning yordamisiz o‘zini o‘zgartira olmaydi, gunohdan qutila olmaydi, to‘g‘ri yo‘lni topolmaydi, biror savobli ishga qo‘l urolmaydi. Chunki kuch-quvvat faqat Allohdandir.

 

Audio
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qoraqalpog‘istonda xayriya tadbirlari qanday bo‘lmoqda?

6.03.2025   990   1 min.
Qoraqalpog‘istonda xayriya tadbirlari qanday bo‘lmoqda?

Ramazon oyining fazilatlari bayon etilgan hadisi sharifda bunday deyiladi: “Bu oyda mo‘minning rizqi ziyoda bo‘ladi. Kimda kim shu oyda ro‘za tutganga iftorlik qilib bersa, uning gunohlari kechiriladi va do‘zaxdan ozod bo‘ladi. Shuningdek, unga ham ro‘za tutganning savobidan hech kam bo‘lmagan savob beriladi. Demak, kim ro‘zadorning qornini to‘ydirsa, Qiyomatda Alloh unga kavsar ko‘lidan bir qultum suv ichiradi, natijada u jannatga kirguncha chanqamaydi.


Iftorlik deganda, albatta, dasturxon yozib, ko‘p odam chaqirishni tushunmaslik kerak. Yordamga muhtoj odamlarga taom yoki kerakli mablag‘ni berish eng yaxshi iftorlik hisoblanadi.


Ramazon oyi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti vakillari, imom-xatiblar,  nuroniylar, mahalla faollari joylardagi muhtoj oilalar, keksa yoshdagi nuroniylar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olib, homiylar ko‘magi bilan ularga moddiy yordamlar berilmoqda.


Alloh taolo tutayotgan ro‘za, toat-ibodat va xayrli amallarimizni dargohida qabul aylab, barchamizni ulug‘ savoblarga erishtirsin!


Begis ABBAZOV,

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi

Qoraqalpog‘istonda xayriya tadbirlari qanday bo‘lmoqda? Qoraqalpog‘istonda xayriya tadbirlari qanday bo‘lmoqda? Qoraqalpog‘istonda xayriya tadbirlari qanday bo‘lmoqda?
O'zbekiston yangiliklari