Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

Qoraqalpog‘istonda xayriya tadbirlari qanday bo‘lmoqda?

06.03.2025   11371   1 min.
Qoraqalpog‘istonda xayriya tadbirlari qanday bo‘lmoqda?

Ramazon oyining fazilatlari bayon etilgan hadisi sharifda bunday deyiladi: “Bu oyda mo‘minning rizqi ziyoda bo‘ladi. Kimda kim shu oyda ro‘za tutganga iftorlik qilib bersa, uning gunohlari kechiriladi va do‘zaxdan ozod bo‘ladi. Shuningdek, unga ham ro‘za tutganning savobidan hech kam bo‘lmagan savob beriladi. Demak, kim ro‘zadorning qornini to‘ydirsa, Qiyomatda Alloh unga kavsar ko‘lidan bir qultum suv ichiradi, natijada u jannatga kirguncha chanqamaydi.


Iftorlik deganda, albatta, dasturxon yozib, ko‘p odam chaqirishni tushunmaslik kerak. Yordamga muhtoj odamlarga taom yoki kerakli mablag‘ni berish eng yaxshi iftorlik hisoblanadi.


Ramazon oyi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti vakillari, imom-xatiblar,  nuroniylar, mahalla faollari joylardagi muhtoj oilalar, keksa yoshdagi nuroniylar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olib, homiylar ko‘magi bilan ularga moddiy yordamlar berilmoqda.


Alloh taolo tutayotgan ro‘za, toat-ibodat va xayrli amallarimizni dargohida qabul aylab, barchamizni ulug‘ savoblarga erishtirsin!


Begis ABBAZOV,

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi

Qoraqalpog‘istonda xayriya tadbirlari qanday bo‘lmoqda? Qoraqalpog‘istonda xayriya tadbirlari qanday bo‘lmoqda? Qoraqalpog‘istonda xayriya tadbirlari qanday bo‘lmoqda?
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   6399   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari