Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Iyul, 2025   |   16 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
05:00
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:35
Bismillah
11 Iyul, 2025, 16 Muharram, 1447

Ziyoratchilarimiz ibodat uchun yaratilgan sharoitlardan zavq tuymoqda!

29.09.2023   902   2 min.
Ziyoratchilarimiz ibodat uchun yaratilgan sharoitlardan zavq tuymoqda!

Ayni kunlarda Madinai munavvarada ibodat va ziyoratlarni ado etib, umra niyatida oppoq ehromda zamonaviy avtobuslarda Makkai mukarramaga etib kelgan ziyoratchilarimizni ehtirom bilan kutib olish jarayoni qizg'in davom etmoqda.

Dastlab ziyoratchilarimiz zamonaviy mehmonxonadagi har tomonlama shinam xonalarga joylashgach, guruh rahbarlari hamrohligida tildan talbiyani qo'ymagancha Baytullohga oshiqmoqda. Ka'batullohda tavof, namoz, sa'y va duo kabi amallarni shavq va zavq ila ado etishmoqda. Shu bilan sunnati muakkada bo'lgan umra ibodatini nihoyalagan holda, Makkai mukarramada ibodatlar bilan mashg'ul bo'lmoqda. Safar davomida Rahmat tog'i – Arafotni, Nur tog'idagi Hiro g'orini va Savr tog'idagi g'orlarni ham ziyorat qilishmoqda.

Mazkur jarayonlar sifatli, tartibli va uyushqoqlik borishida Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi Haj va umra masalalari bo'yicha attashesi Shuhrat Amoniy va Bosh konsul Nodir Turg'unovlarning bevosita ko'magi va ishtiroki katta ahamiyatga ega bo'lmoqda.

Ziyoratchilarimizga sifatli xizmat ko'rsatish borasida mutasaddilarimiz hamkor shirkat vakillari bilan birga barcha imkoniyatlarni safarbar qilmoqda.
Hususan, Makka shahridagi har tomonlama qulay hududda joylashgan “Olayan Almaasi” mehmonxonasida ziyoratchilarimiz uchun Harami sharifga 24 soat davomida zamonaviy avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yilgan.

Shuningdek, mehmonxonada malakali xodimlardan iborat ishchi guruh shtabi, barcha sharoitlarga ega tibbiyot xonasi, har kuni 3 mahal tansiq taom, shirinlik va sarxil mevalarni taqdim etayotgan zamonaviy oshxona yuqori darajada xizmat ko'rsatmoqda. Safar davomida hojilarimizga hadyalar ulashilmoqda.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Avtohalokatlarning oldini oluvchi duoni bilasizmi?

10.07.2025   1572   1 min.

O‘MI Matbuot xizmati