Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Ka’bani tozalash uchun bir kunda 54 ming litr dezinfeksiyalovchi modda ishlatilmoqda

03.08.2020   2016   1 min.
Ka’bani tozalash uchun bir kunda 54 ming litr dezinfeksiyalovchi modda ishlatilmoqda

Rasmiylarning xabar berishicha, bu yilgi Haj mavsumida hojilar orasida koronavirus tarqalmasligi uchun ehtiyot chorasi sifatida Ka’batulloh hududi har kuni dezinfeksiya qilinmoqda. Tozalash ishlariga kuniga 54 ming litr dezinfeksiyalovchi moddalar ishlatilmoqda.

Makkadagi Ka’batulloh va Madinadagi Masjidul Nabaviy bosh ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Haj mavsumida ushbu muqaddas joyni tozalash ishlari 3500 kishi tomonidan amalga oshirildi. Tozalovchilar Ka’baning ichki va tashqi maydonlarini har kuni 10 martagacha dezinfeksiya qilishdi.

«Ma’muriyat kuniga taxminan 2400 litr miqdorida sanitariya moddasini ishlatdi. Uning 1500 litri narsalarning yuzasidagi mikroblarni o‘ldirish uchun, qolgan 900 litri esa odamlar uchun sarflandi» deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilgi Haj mavsumida qatnashuvchilar soni 10 000 tagacha qisqartirildi va unda ayni paytda Saudiyada yashayotganlargina qatnashdi.

 

xs.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Najmiddin Kubro tavalludining 880 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman

03.07.2025   609   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari