Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447

Indoneziyalik ulamolar bilan hamkorlik

28.09.2023   861   4 min.
Indoneziyalik ulamolar bilan hamkorlik

Bugun, 28 sentyabr' kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Halqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov va O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Indoneziya Ulamolar Kengashi Bosh kotibi Amirshox Tambunan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildilar.
Muzaffar Komilov so'zining avvalida mehmonlarni tashrif bilan qutlab, O'zbekiston zamini Imom Buxoriy, Imom Termiziy, al-Horazmiy, Beruniy, Ibn Sino va Mirzo Ulug'bek singari ulug' alloma va mutafakkirlar vatani ekanini alohida ta'kidladi. Shu yilning avgust oyida O'zbekiston delegatsiyasining Indoneziyaga tashrifi samarali va mazmunli o'tgani, ushbu mamlakatning musulmon dunyosidagi nufuzi oshib borayotgani, o'zaro ilmiy-tadqiqot borasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ziyorat turizmi yo'nalishidagi aloqalarni takomillashtirishga urg'u qaratdi.
Muftiy hazratlari ikki davlat xalqlari o'rtasidagi do'stona aloqalar uzoq yillar davomida mustahkamlanib kelgani, Indoneziyaning birinchi Prezidenti janob Sukarno Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgani haqida so'z yuritdilar. Indoneziya va O'zbekiston o'rtasida ziyorat turizmini rivojlantirishdan ikki davlat uchun ham birday manfaat bo'lishi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Naqshbandiy singari mo''tabar zotlarning qadamjolari indoneziyaliklar orasida ma'lumu mashhur ekanini Muftiy hazratlari alohida qayd etdilar.
Muloqotda kelajakda indoneziyalik ulamolar bilan ilmiy-tadqiqot, fatvo ishlab chiqish, diniy ta'lim, kadrlar tayyorlash, imom-xatiblar tajriba almashinuvi va jaholatga qarshi kurash yo'nalishlarida hamkorlik qilish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Bosh kotib Amirshox Tambunan janoblari Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi allomalar avlodlari bilan hamkorlikni rivojlantirish har jihatdan foydali ekani, ayniqsa, dinga bog'liq bo'lgan ilm-fan, innovatsion loyihalar va IT yo'nalishlarida hamkorlik qilish yaxshi samara berishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, ikki mamlakat din peshvolarining hamkorliklari musulmon ummati uchun juda yaxshi natija berishini qo'shimcha qildi.
Muzaffar Komilov mehmonlarga so'nggi yillarda Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlar, islomiy ta'lim, xalqimiz savodxonligini oshirish va turli konfessiyalar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan faoliyat to'g'risida alohida to'xtaldi.
Ma'lumot o'rnida, Indoneziya Ulamolar Kengashi 1975 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari Indoneziyaning keng hududlarida istiqomat qiladigan mo'min-musulmonlarni yagona maqsad sari birlashtirish, hamjihatlikda hayot kechirishlarini ta'minlash va zamonaviy masalalarda fatvolar ishlab chiqish kabilardan iboratdir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Salovat aytganning darajasi

08.07.2025   318   1 min.
Salovat aytganning darajasi

Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.  
 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati).  Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:

اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد


Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad


Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!” 

Ruhiddin Akbarov,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi

Ibratli hikoyalar