Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2025   |   1 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:35
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:41
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2025, 1 Sha`bon, 1446

Ko‘z tegishi haqiqat ekani haqida ulug‘larning fikrlari

13.07.2020   3525   4 min.
Ko‘z tegishi haqiqat ekani haqida ulug‘larning fikrlari

Hofiz ibn Kasiyr rahimahulloh aytadilar : Allohning amri bilan ko‘z tegishi va uning ta’siri haqdir.

(«Ibnu Kasiyr tafsiri»)

Hofiz ibn Xojar rahimahulloh aytadilar : Ko‘z  tegishi yomon  tabiatli  kishidan bir  narsaga  Hasad  bilan  yoqtirib qarashidan paydo  bo‘ladi. Nazar qilingan kishiga undan zarar  hosil bo‘ladi.

(«Fatxul boriy»)

Ibnul Asiyr rahimahulloh aytadilar : Qachonki bir kishiga dushmani  yoki bir Hasadguy nazar tashlasa va o‘nga ta’sir qilsa va shu  sababdan u kasal bo‘lib kolsa, o‘nga ko‘z tegibdi, deb  aytiladi.

(An-nihoya)

Ba’zi ulamolar aytadilar: “Quloq solish va aql ishlatishdan  benasib  qolgan toifalar ko‘z tegishini inkor qilganlar. Ular ko‘z tegishini: «Bu gaplar vahima gaplardan bo‘lak narsa emas, haqiqatda yo‘q  narsalardir», deb izohlaydilar. Bu gaplarni aytayotganlar odamlar ichida eng ilmsiz, aql va quloq solish borasida johil, beti qalin, tabiati qo‘pol, ruhlar va jinlar, ularning sifatlari  va ta’sirlari  haqida ma’rifatdan yiroq bo‘lgan kishilardir. Oqil  kishilar esa, millatlari kanday bo‘lishidan kat’iy nazar, ular ko‘zning sababi va ta’sir qilishi  haqida turli fikrlarda bo‘lsalar ham ko‘zning tegishini yo‘qqa chiqarmaydilar va inkor qilmaydilar.”

Ba’zi ulamolar aytadilar: Ma’lumki Alloh subxanahu jismlar va ruhlarda quvvatlar va turli tabiatlarni yaratib, ularning ko‘pchiligida o‘ziga xosini va ta’sirli kayfiyatlarni barpo qilgan. Oqil inson  ruhlarning  jismlarga  ta’sir  qilishini inkor qilishi mumkin emas. Chunki bu guvoh bo‘lingan va  his qilingan  narsadir. Misol uchun biror kishidan tortinib, uyalib turgan kishiga, o‘sha kishi  qarasa, uning yuzi qizarib ketadi, bironta kishidan qo‘rqayotgan kishiga, qo‘rqitayotgan kishi qarasa, qo‘rquvchining yuzi sarg‘ayib ketganini  ko‘rasiz. Insonlar nazar ta’siridan  kasallikka chalinib, quvvati zaiflashganlarning guvohi bo‘lishgan. Bularning bari ruhlar ta’sirining  vositasidandir. Ko‘z tegishining  ko‘zga bog‘likligi kuchli bo‘lgani uchun  ham «ko‘z tegish» deb bu hodisani ko‘zga bog‘lanadi.  Aslida ko‘zning bu o‘rinda  aloqasi yo‘q bo‘lib,  faqat  ruhgina ta’sir qiladi. Ruhlar - tabiati, quvvati, kayfiyati, o‘ziga  xosligi bilan turli-tuman bo‘lib,  Hasadguy ruh, Hasad qilinayotgan  ruhga  ochiq aziyat beradi.  Shuning uchun Alloh subhanahu -  o‘z rasuliga hasadguyning hasad qilayotgan  vaqtdagi yomonligidan panoh so‘rashni  buyurdi. Hasadguyning hasad qilinayotgan kishiga  aziyat berishini  insoniyat haqiqatidan tashqarida bo‘lgan kishigina inkor etadi.  Ko‘z tegishining asli kelib  chiqishi ham mana shundaydir. Zero ko‘z tegayotganida hasadguy va buzuq jon  buzuq kayfiyatga kirib, hasad qilinayotgan jonga  ro‘baro‘ keladi va o‘ziga xosligi bilan o‘nga  ta’sir qiladi.  Bunga misol qilish uchun eng yaqin bo‘lgan narsa  -  ilondir.  Undagi zahar  kuvvat bilan yashirinib turadi. Dushmaniga ro‘baro‘ kelgach, g‘azab kuvvati ajralib chiqib, aziyat beruvchi yaramas  bir kayfiyat tusiga kira  boshlaydi. Ilonlarning ichida mana shunday kayfiyati kuchayib, quvvatga kiruvchi va  hatto qorindagi homilaning tushishiga  yoki ko‘zni ko‘r bo‘lishiga  ta’sir qiluvchisi ham bor.  Payg‘ambar (sollollohu alayhi va sallam)  dumi kesik va «zu tufyatayn» degan ilonlar turi haqida aytganlarki : «U  ikkisi ko‘zni  ko‘r qiladi va homilani tushiradi». (Buxoriy, Muslim)

Ko‘zning ta’siri goho tegish, goho  ro‘baro‘ kelish, gohida qarash, Gohida ruhning ta’sir qilayotgan kishisi tomoniga  yuzlanishi bilan, Gohida duolar,  dam solishlar va taavvuzotlar bilan,  Gohida esa uy va xayollar bilan ham bo‘ladi.  Ko‘zi  tegayotgan kishining ta’siri qarashgagina bog‘liq emas.  Balki, Gohida kishi  ko‘r bo‘lsa ham,  unga biror narsaning sifati bayon qilinganda, uni ko‘rmasa ham unga ta’sir qiladi. «Ko‘zi bor» deb ataladiganlarning ko‘pchiligi, ko‘z  tegayotgan narsani ko‘rmasdanoq, uning sifatini eshitganida unga  ta’sir qilib quyadi. Ko‘z  «ko‘zi bor» kishidan chiqib, Goho  nishonga teguvchi, Gohida esa xato ketuvchi  kamonning o‘ki  kabidir.  Agar u hech bir himoyasiz jonga  duch kelib qolsa,  shubhasiz unga tegadi, agar qurollangan sovutli jonga duch kelsa, u kuchini yo‘qotib,  ta’sir qilolmaydi. Gohida esa  o‘q o‘z egasiga  qaytib ketishi ham mumkin. Ko‘z tegishining  asli kelib chiqishi  «ko‘zli» kishining biror narsani yoqtirib qolishidan bo‘ladi. So‘ngra uning nafsidagi  buzuq kayfiyat bo‘nga ergashadi va  zaharini sochish uchun u  ko‘zlayotgan  kishisiga yoki narsasiga  nazar tashlashdan foydalanadi. Ba’zida  kishi o‘zini  o‘zi  beixtiyor ko‘zlab quyadi.

 

O‘MI matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi

30.01.2025   3698   2 min.
Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi

Ilmsiz taraqqiyot bo‘lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Davlatimiz rahbari  Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy meros o‘ziga xos najot qal’asi, himoya qo‘rg‘oni vazifasini o‘taydi. Shu bois ushbu ulug‘vor qadriyat barcha olimu fuzalolar tomonidan ulug‘langan, muqaddas va mo‘tabar kitoblarda yuksak ne’mat sifatida e’tirof etilgan.

Bugun, 30 yanvar kuni Farg‘ona shahridagi "Labihovuz" majmuasida aholi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham ana shunday ezgu maqsadlar an’anasi davom ettirildi. Unda Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev qatnashib, xalq bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy jabhada ham juda katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, ko‘plab masjidlar havas qiladigan darajada obod bo‘layotgani, Qur’oni karim kurslarida bir necha minglab mo‘min-musulmonlar Qur’oni karimni mutolaa qilishni o‘rganayotgani, haj-umra safariga borgan kishilar soni sezilarli darajada ortgani kabilarni aytish barobarida oyat va hadislar asosida mana shunday ne’matlarga shukr qilish zarurligi ta’kidlandi.

Qur’oni karim va hadisi shariflarda ilm va hunarga targ‘ib qiluvchi ko‘rsatmalarni misol sifatida keltirib, har bir ota-ona farzandiga elu yurt uchun kerakli bo‘ladigan hunar va foydali ilmlarni ham o‘rgatishi lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, yosh avlod ongiga ona yurtga muhabbat, tinch-osoyishta hayotimizni qadriga yetish hamda shukronalik tuyg‘ularini singdirish kabilarga urg‘u qaratildi.

Shuningdek, riyo-xo‘jako‘rsinlik illatlari, ilmsiz fatvo berish, shar’iy masala aytish, jamoada tafriqa, bo‘linishlardan saqlanish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, zamonaviy texnologiya va axborot vositalaridan ilm va yaxshilik yo‘lida foydalanish hamda bid’at-xurofotlarni tark etish kabilarga ham alohida to‘xtalindi.

Ishtirokchilarning murojaat-takliflari eshitildi, oilaviy, ijtimoiy va ibodatga oid savollariga batafsil javob berildi. Bir so‘z bilan aytganda uchrashuv samimiy va yuqori kayfiyatda o‘tdi.

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi