Hofiz ibn Kasiyr rahimahulloh aytadilar : Allohning amri bilan ko‘z tegishi va uning ta’siri haqdir.
(«Ibnu Kasiyr tafsiri»)
Hofiz ibn Xojar rahimahulloh aytadilar : Ko‘z tegishi yomon tabiatli kishidan bir narsaga Hasad bilan yoqtirib qarashidan paydo bo‘ladi. Nazar qilingan kishiga undan zarar hosil bo‘ladi.
(«Fatxul boriy»)
Ibnul Asiyr rahimahulloh aytadilar : Qachonki bir kishiga dushmani yoki bir Hasadguy nazar tashlasa va o‘nga ta’sir qilsa va shu sababdan u kasal bo‘lib kolsa, o‘nga ko‘z tegibdi, deb aytiladi.
(An-nihoya)
Ba’zi ulamolar aytadilar: “Quloq solish va aql ishlatishdan benasib qolgan toifalar ko‘z tegishini inkor qilganlar. Ular ko‘z tegishini: «Bu gaplar vahima gaplardan bo‘lak narsa emas, haqiqatda yo‘q narsalardir», deb izohlaydilar. Bu gaplarni aytayotganlar odamlar ichida eng ilmsiz, aql va quloq solish borasida johil, beti qalin, tabiati qo‘pol, ruhlar va jinlar, ularning sifatlari va ta’sirlari haqida ma’rifatdan yiroq bo‘lgan kishilardir. Oqil kishilar esa, millatlari kanday bo‘lishidan kat’iy nazar, ular ko‘zning sababi va ta’sir qilishi haqida turli fikrlarda bo‘lsalar ham ko‘zning tegishini yo‘qqa chiqarmaydilar va inkor qilmaydilar.”
Ba’zi ulamolar aytadilar: Ma’lumki Alloh subxanahu jismlar va ruhlarda quvvatlar va turli tabiatlarni yaratib, ularning ko‘pchiligida o‘ziga xosini va ta’sirli kayfiyatlarni barpo qilgan. Oqil inson ruhlarning jismlarga ta’sir qilishini inkor qilishi mumkin emas. Chunki bu guvoh bo‘lingan va his qilingan narsadir. Misol uchun biror kishidan tortinib, uyalib turgan kishiga, o‘sha kishi qarasa, uning yuzi qizarib ketadi, bironta kishidan qo‘rqayotgan kishiga, qo‘rqitayotgan kishi qarasa, qo‘rquvchining yuzi sarg‘ayib ketganini ko‘rasiz. Insonlar nazar ta’siridan kasallikka chalinib, quvvati zaiflashganlarning guvohi bo‘lishgan. Bularning bari ruhlar ta’sirining vositasidandir. Ko‘z tegishining ko‘zga bog‘likligi kuchli bo‘lgani uchun ham «ko‘z tegish» deb bu hodisani ko‘zga bog‘lanadi. Aslida ko‘zning bu o‘rinda aloqasi yo‘q bo‘lib, faqat ruhgina ta’sir qiladi. Ruhlar - tabiati, quvvati, kayfiyati, o‘ziga xosligi bilan turli-tuman bo‘lib, Hasadguy ruh, Hasad qilinayotgan ruhga ochiq aziyat beradi. Shuning uchun Alloh subhanahu - o‘z rasuliga hasadguyning hasad qilayotgan vaqtdagi yomonligidan panoh so‘rashni buyurdi. Hasadguyning hasad qilinayotgan kishiga aziyat berishini insoniyat haqiqatidan tashqarida bo‘lgan kishigina inkor etadi. Ko‘z tegishining asli kelib chiqishi ham mana shundaydir. Zero ko‘z tegayotganida hasadguy va buzuq jon buzuq kayfiyatga kirib, hasad qilinayotgan jonga ro‘baro‘ keladi va o‘ziga xosligi bilan o‘nga ta’sir qiladi. Bunga misol qilish uchun eng yaqin bo‘lgan narsa - ilondir. Undagi zahar kuvvat bilan yashirinib turadi. Dushmaniga ro‘baro‘ kelgach, g‘azab kuvvati ajralib chiqib, aziyat beruvchi yaramas bir kayfiyat tusiga kira boshlaydi. Ilonlarning ichida mana shunday kayfiyati kuchayib, quvvatga kiruvchi va hatto qorindagi homilaning tushishiga yoki ko‘zni ko‘r bo‘lishiga ta’sir qiluvchisi ham bor. Payg‘ambar (sollollohu alayhi va sallam) dumi kesik va «zu tufyatayn» degan ilonlar turi haqida aytganlarki : «U ikkisi ko‘zni ko‘r qiladi va homilani tushiradi». (Buxoriy, Muslim)
Ko‘zning ta’siri goho tegish, goho ro‘baro‘ kelish, gohida qarash, Gohida ruhning ta’sir qilayotgan kishisi tomoniga yuzlanishi bilan, Gohida duolar, dam solishlar va taavvuzotlar bilan, Gohida esa uy va xayollar bilan ham bo‘ladi. Ko‘zi tegayotgan kishining ta’siri qarashgagina bog‘liq emas. Balki, Gohida kishi ko‘r bo‘lsa ham, unga biror narsaning sifati bayon qilinganda, uni ko‘rmasa ham unga ta’sir qiladi. «Ko‘zi bor» deb ataladiganlarning ko‘pchiligi, ko‘z tegayotgan narsani ko‘rmasdanoq, uning sifatini eshitganida unga ta’sir qilib quyadi. Ko‘z «ko‘zi bor» kishidan chiqib, Goho nishonga teguvchi, Gohida esa xato ketuvchi kamonning o‘ki kabidir. Agar u hech bir himoyasiz jonga duch kelib qolsa, shubhasiz unga tegadi, agar qurollangan sovutli jonga duch kelsa, u kuchini yo‘qotib, ta’sir qilolmaydi. Gohida esa o‘q o‘z egasiga qaytib ketishi ham mumkin. Ko‘z tegishining asli kelib chiqishi «ko‘zli» kishining biror narsani yoqtirib qolishidan bo‘ladi. So‘ngra uning nafsidagi buzuq kayfiyat bo‘nga ergashadi va zaharini sochish uchun u ko‘zlayotgan kishisiga yoki narsasiga nazar tashlashdan foydalanadi. Ba’zida kishi o‘zini o‘zi beixtiyor ko‘zlab quyadi.
O‘MI matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolovning buvilari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhuma onaxonning yaqinlariga, xususan, Muzaffar domla Kamolovga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi