Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

Xorijlik sayyohlar buyuk turkiy olimlar izidan safarga chiqishi mumkin

10.07.2020   2024   2 min.
Xorijlik sayyohlar buyuk turkiy olimlar izidan safarga chiqishi mumkin

«KazakhTourism» milliy kompaniyasi yangi sayyohlik yo‘nalishi sifatida Qozog‘iston haqida imijli videoroliklarini yaratish niyatida.
Kazakh-tv.kz ma’lumotiga ko‘ra, uch tildagi – qozoq, rus va ingliz tillaridagi ushbu videorolik respublikaning favqulodda sayyohlik salohiyatini yaqqol namoyon etadi. Darvoqe, mutaxassislar mamlakat va butun Markaziy Osiyo mintaqasi diqqatga sazovor omilga ega ekanini ham aytishadi. Bu yerda Sharq va G‘arb, shuningdek, zamonaviy infratuzilma va qadimiy sivilizatsiyalarning boy tarixi uyg‘unlashib ketgan. Bu yerda antik davrning eng mashhur olimlari ishlagan. Zamonaviy O‘rta Osiyo mintaqasida ular uchun bu qadar jozibador bo‘lgan narsalarni turistlar turkiy dunyoning buyuk allomalari izidan borib topishlari mumkin. Birlashgan sayohatlar ularga bu imkoniyatni berishi mumkin. O‘zbekistonlik mutaxassislar Qozog‘iston Respublikasi Turkiston vilyaotidagi Ahmat Yassaviy maqbaralariga, so‘ngra O‘zbekistonning Toshkent viloyatidagi "Zangiota" yodgorlik majmuasiga va Qoraqalpog‘istondagi Hakim ota Bakirg‘oniy maqbarasiga tashriflarni qamrab oladigan transchegaraviy sayohatlarni ham ishlab chiqishni taklif etmoqda.
«Mi predlagayem sformirovat Yediniy kalendar kulturnix meropriyatiy stran tyurkoyazichnix gosudarstv, v ramkax kotorix neobxodimo budet koordinirovat organizatsiyu razlichnix festivaley, demonstriruyushix kulturi i traditsii tyurkoyazichnix stran», - skazal predsedatel Gosudarstvennogo komiteta po razvitiyu turizma Uzbekistana, Aziz Abduxakimov.
"Biz turkiy tilli mamlakatlarda madaniy tadbirlarning yagona taqvimini yaratishni taklif qilamiz, unda turkiy tilli mamlakatlarning madaniyati va an’analarini namoyish etuvchi turli festivallarni tashkil etishni muvofiqlashtirish kerak bo‘ladi", - deydi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov.
Ixtisoslashgan sun’iy yo‘ldosh telekanali Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Qirg‘iziston doimiy a’zo bo‘lgan Turkiston Kengashi davlatlarining sayyohlik salohiyatini targ‘ib qiladi. Mutaxassislar respublikalarda turistik yo‘nalishlarning yagona xaritasiga ega umumiy Internet portalini yaratishni ham taklif qilmoqdalar. Saytda mahalliy va xorijiy sayyohlarga turkiy xalqlarning tarixi, madaniyati, an’analari va zamonaviy hayoti haqida ma’lumotlar beriladi, virtual sayohatlar va ekskursiyalarni joylashtirish imkonini beradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mo‘tadillik - saodat

04.07.2025   6831   2 min.
Mo‘tadillik - saodat

Islom dini biror shaxs, guruh, mol-dunyoga nisbatan va obro‘-e’tibor topish uchun qilinadigan har qanday mutaassiblik va firqalarga bo‘linishni qoralaydi, tarafkashlikni johiliyat holatiga o‘xshatadi.

Mutaassiblikning turli ko‘rinishlari bor bo‘lib, ular kishining o‘zi, mol-dunyosi, farzandlari, millatini boshqalardan afzal bilib, bu yo‘lda ashaddiy ravishda kurashishi demakdir. Mo‘tabar manbalarimizda ota-bobolari va o‘zining nasabi bilan faxrlanish tuyg‘usi kishini do‘zaxga tortadi deb ta’kidlangan.

Mutaassiblik turlaridan biri bu diniy mutaassiblikdir. Diniy mutaassiblik deganda, ma’lum bir dinda asos bo‘lgan, ushbu din vakillari amal qiladigan ta’limot va qoidalarga qarshi chiqish, diniy tushunchalarni shariat ko‘rsatmalariga zid ravishda o‘zicha talqin qilib, boshqalarni unga ergashishga chorlash nazarda tutiladi. Diniy mutaassiblikning eng katta xatarlaridan biri bu, dinlararo muloqotga rahna solishdir.

Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qur’on va Sunnatda kelgan ta’limotlarga zid ravishda o‘z fikriga ergashishni qattiq qoralanadi. Dinda haddan oshish deganda shariat belgilab qo‘ygan chegaradan chiqib ketish tushuniladi. Bu ish aqidada bo‘lsin, so‘z yoki amalda bo‘lsin, baribir. Bu borada Alloh taolo Baqara surasida  “Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o‘shalar, ana o‘shalar, zolimlardir”, deb marhamat qiladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo‘linglar. Chunki, sizlardan oldin o‘tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar. 

Shunday ekan, bugungi kundagi ko‘plab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Xulosa o‘rnida, bu kabi muammolarning yechimi sifatida Faqih doktor Vahba Mustafo Zuhayliy janoblarining ushbu so‘zlarini keltirish bilan yakunlaymiz: “Islom mo‘tadil din bo‘lib haqiqatlardan birortasida chetga chiqishga yoki haddan oshishga yo‘l qo‘ymasligini anglatadi. Islomda va boshqa dinlarda dinda haddan oshish ham, e’tiqodda bir taraflama va g‘ayritabiiy bo‘lish ham, haddan tashqari qattiq olish ham, juda bo‘sh qo‘yib yuborish ham yo‘q…”. 

Alloh ta’olo barchamizni haq yo‘ldan adashtirmasin.

Kosonsoy tumani "Sodod" jome masjidi imom-xatibi

Bahodir Mirfayziyev

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA