Qarz. Inson o‘ziga zarur bo‘lgan mablag‘ yoki narsani muxtojlikdan qiynalib so‘rab kelgan birodariga berishi qarzdir. Ammo, aksar hollarda qarzdor odam qarzini o‘z vaqtida qaytara olmasligi mumkin. Shunday vaziyatda qarz bergan kishi nima qilishi kerak?
Alloh taolo Qur’oni karimning Baqara surasida shunday marhamat qiladi:
“Agar nochor bo‘lsa, boyigunicha kutishdir. Sadaqa qilmog‘ingiz, agar bilsangiz, o‘zingiz uchun yaxshidir” (280-oyat).
Musulmonlik odobi agar qarzdor nochor bo‘lsa, qarz beruvchini sabr qilishga, qarzdorni qiyin-qistovga olmaslikka, u o‘zini o‘nglab olgunicha kutib turishga chaqiradi.
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim kambag‘alga muhlat bersa yoki undan ba’zisini o‘tib yuborsa, uni Alloh qiyomat kunida, O‘zining soyasidan boshqa soya yo‘q kunda Arshining soyasiga oladi”, dedilar”.
Termiziy rivoyat qilgan va sahih degan.
Boshqa bir hadisda Burayda Aslamiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kim nochor kishiga muhlat bersa, unga har bir kuni uchun bitta sadaqa bo‘ladi. Agar muhlati kelgandan keyin yana muhlat bersa, har bir kuniga uning mislicha sadaqa bo‘ladi”, dedilar. Ibn Moja rivoyat qilgan.
Shu o‘rinda mazhabboshimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayh hazratlari bilan bo‘lib o‘tgan bir voqe’ani eslatib o‘tsak.
Hazrati Shaqif rahmatullohi alayh hikoya qiladi: Men hazrati Imom A’zam bilan birga ketayotgan edim. Bir kishi u zotni uzoqdan ko‘riboq o‘zini chetga oldi va boshqa yo‘lga burilib ketdi. Buni sezib qolgan imom hazratlari haligi kishini chaqirdilar. U odam kelgach:
Imomi A’zam hazratlari shunda dedilar:
“Javohirul-bayon” kitobi asosida
Saidabror Umarov tayyorladi
أُولَٰئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ
"Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash" (An’om surasi, 90-oyat).
Allohim! Sen buyurganingdek namozni ado qilolmayapman.
Dovudning ro‘zasidek ro‘za tutolmayapman.
Xasta bo‘lsam, Ayyubdek sabr-toqat qilolmayapman.
Yunus nahang ichra tasbeh aytgani kabi senga tasbeh aytolmayapman.
Yahyo kabi dinimda sobit turolmayapman.
Yusuf o‘z nomusini saqlagani kabi men ko‘zimni saqlay olmayapman.
"Boraveringlar, sizlar ozodsizlar" degan so‘zga ham loyiq emasman.
Ammo... ammo men ham ular kabi Seni yaxshi ko‘raman, yo Allohim!
Sharqoviy. "Qurondan maktublar".