Ma’lumki islom tarixi Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning tug‘ilishlaridan to hozirgi kunimizgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu tarixning eng avvali, ya’ni Payg‘ambarimiz salolohu alayhi vasallamning hayotlari islom tarixining asosiy bosqichidir. Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning hayotlari shu kungacha ko‘pchilik tarixchilar xoh musulmon, xoh g‘arb olimlari tomonidan o‘rganib kelinmoqda.
Shuningdek bu borada bizning yurtimiz olimlari tomonidan ham ko‘pgina ishlar qilingan, asarlar bitilgan. Shular qatori mumtoz adabiyotimiz namoyondalri ham bu sohada ko‘pgina asarlar bitishgan. Masalan Nosiriddin Rabg‘uziy “Qisasi Rabg‘uziy” Alisher Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo” kabilar.
Islom tarixining har bir bosqichi buyuk ahamiyatga ega. Shular qatorida Isro va me’roj hodisasi ham islom tarixining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda biznig mumtoz adiblarimiz ham bu voqeani o‘z sheru ruboiylari, g‘azalu dostonlarida o‘ziga xos tasvirlaganlar. Masalan Boborahim Mashrabning:
Kel, endi Jabroil, Arshni supurg‘il,
Anga mehmon bo‘lgani Rasululloh keladur – deb boshlanuvchi g‘azalini yozgan.
Buyuk shoir, g‘azal mulkining sultoni Alisher navoiy ham o‘z ijodlarida bu voqeaga o‘ziga xos badiy tavsiflar beradi. Masalan, shoir “Badoyi’ ul bidoya” asaridagi Rasulullohning ta’rifida shunday deydi:
Sharbati «yuhyil-izom» erni mayi nobindadur,
Surayi «vash-shams» tafsiri yuzi bobindadur,
Sharhi «mozog‘al-basar» nargislari xobindadur,
Laylatul-me’rojning sharhi sochi tobindadur,
Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur[1].
Bu muhammasda shoir Qur’oni karim oyatlari bilan Rasulullohni safatlayapti. Birinchi qatorda Yosin surasining 78 oyatidagi «yuhyil-izom»[2] ya’ni suyaklarni tiriltiruvchi suv erning toza mayi (maniysida) ekanini xabarini berayapti. Ikkinchi qatorda esa “Vash shams” surasining birinchi oyatidagi “Vash shamsi va zuhahaa” [3]oyatini tafsiri Rasulullohning yuzlarida ekani tasvirlayapti. Uchincha qatorda esa “Najm” surasining 17 oyatidagi: «mozog‘al-basar»[4] ni Rasululoh sallollohu alayhi vasallamning uyqusidagi ko‘zlarining holatini tasvirlaydi. To‘rtincha qatorda Laylatul me’roj – me’roj tunning sharhi sochi tobinda ekanligi aytadi. Bu yerdagi “tob”ning bir necha ma’nolari bo‘lib, ular 1) harorat, issiqlik; 2) kuch-quvvat, bardosh; 3) o‘ram, jingalak[5] ma’nolari ekan. Shulardan kelib chiqib Rasulullohning sochlarining harorati, bardoshi “laylatul me’roj” – meroj tunning sharhi hisoblanar ekan.
Yana bu qatorda yigirmanchi asrga kelib kashf qilingan buyuk mo‘jizaga ishora bor. Baytda aytilganidek Rasulullohning sochlarining harorati me’roj tuniga sharhdir. Bu sharhni bir guruh yapon olimlari o‘zlarinig ilmiy tajribalari orqali topdilar. Ular: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam haqiqatdan ham me’rojga ya’ni fazoga ko‘tarilgan bo‘lsa, u kishida nurlanish bo‘lishi kerak deb rasululohning mo‘yi muboraklari – sochlarini nurlanishni o‘lchaydigan asbob bilan tekshirib ko‘rishibdi. Tajriba shundoq bo‘libdiki Rasulullohning sochlaridagi nurlanish miqdori eng yuqori daraja ekan. Bu mo‘jizani ko‘rgan barcha olimlar imonga kelishibdi.
Endi oxirgi beshincha qatorda esa Alisher Navoiy Me’roj tunida Jabroil alayhissalomning Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga “Qoba qavsayn” ya’ni ikki kamon miqdorida yaqinlashganini juda chiroyli o‘xshatish ya’ni ikki qosh tutashgan joy - qoshi mehrobidek ekanligini aytadi.
Yana shoir “Xazoinul maoniy” devoning Navodir ush-shabab qisimida Rasululohni ta’riflab shunday deydi:
Zihe boshing uza va-sh-shams zevaridin toj,
Soching savodida tafsiri laylat-ul-me’roj[6].
Ya’ni, boshingdagi “Vash shams” bezagidan bo‘lgan toj qanday yaxshi. Sochingning qoraligi esa Laylatul me’rojning tafsiridir.
Yana shu asarning “Bado’ ul-vasat” bo‘limida shunday bayt bor:
Hashrg‘a tegru me’rojing afsonasi,
Xayli xayl maloyik aro mojaro[7].
Ya’ni, “Ey rasululloh sallolohu alayhi vasallam me’rojing afsonasi Hashr kunigacha farishtalar aro mojaro bo‘ladi”.
Yana “Xazoinul maoniy” kitobining uchinchi qismi Favoid ul-kibar asarida Me’roj tunidagi bir holat, ya’ni Allohdan Rasulullohning ummatlari uchun mag‘firat so‘rab turgan holatini tasvirlaydi:
Tilab ummat gunohin har nekim istab topib baxshish,
Zihi soyil, zihi bozil, zihi rif’at, zihi me’roj[8].
Ya’ni, Rasululloh sallolohu alayhi vasallam ummatning gunohining mag‘firatini so‘rab, har nimaiki istasa baxshish – in’om topdi. Bunda so‘rovchiga ham, bozil – sahiga ham, ko‘tarilish va me’rojga ofarinlar bor.
Bundan tashqari Alisher Navoiyning yana ko‘pgina asarlarida me’roj vasfi va undagi voqealar haqida ham baytlar bor. Masalan birgina “Hamsa”ning beshala dostonida ham Isro va Me’roj voqeasiga bag‘ishlangan boblar bor. Masalan “Xayrat ul-abror” va “Farhod va Shirin” dostonlarining beshinchi bobi, “Layli va Majnun”, “Sab’ai Sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlarining to‘rtinchi bobi aynan Isro va Me’roj voqeasi tavsifidan iborat.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Isro va Me’roj voqeasi nafaqat o‘z davrining balki undan keyin kelgan har bir musulmonning, u shoirmi yoki olimmi yoki oddiy odammi hammaga birdek qiziq. Chunki bu Islom tarixidagi buyuk kishining hayotidagi buyuk voqeadir.
Toshkent islom instituti
“Hadis va islom tarixi fanlari”
kafedrasi o‘qituvchisi Yusuf Abduraximov
[1] Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Birinchi tom. Badoyi’ ul-bidoya. O‘zbekiston ssr «Fan» nashriyoti. Toshkent.1987 y. 593 bet.
[2] Oyatning to‘liq shakli: “U Bizga: «Chirib ketgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?»– deb, naql keltirdi-yu, (ammo) o‘zining (qanday) yaralganini unutib qo‘ydi”. (Yosin 78) Shayx Abdulaziz Mansur tarjimasi.
[3] Oyatning ma’nosi: “Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosi bilan”.
[4] Oyatning to‘liq ma’nosi: “(Payg‘ambrning) ko‘zi (chetga) og‘gani ham yo‘q, o‘z haddidan oshgani ham yo‘q.”
[5] Navoiy asarlari uchun qisqacha lug‘at. Botirbek Hasanov. Toshkent. “Fan” nashriyoti. 1993y. 280 bet.
[6] Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. To‘rtinchi tom. Hazoinul maoniy Navodir ush-shabob. O‘zbekiston ssr «Fan» nashriyoti. Toshkent.1989 y. 69 bet.
[7] Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Beshinchi tom. Hazoinul maoniy Badoye’ ul-vasat. O‘zbekiston ssr «Fan» nashriyoti. Toshkent.1990 y. 7 bet.
[8] Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Oltinchi tom. Hazoinul maoniy Favoid ul-kibar. O‘zbekiston ssr «Fan» nashriyoti. Toshkent.1990 y. 68 bet.
Dunyo musulmonlari hayotiga oid eng ishonchli va xolis ma’lumotlar e’lon qiluvchi taniqli “Islamonweb” portalida Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdulrahmon va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islomovning “Ilm – milliy taraqqiyot va global tinchlikning mustahkam poydevori” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada ta’kidlanganidek, boy ilmiy-ma’naviy asosga ega Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tiborini o‘ziga tortgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston milliy qadriyatlar, tarixiy tajriba va zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali barqaror taraqqiyotga intilmoqda. Bu yurtdagi barcha ijobiy o‘zgarishlar xalq ehtiyoji va orzu-istaklariga asoslanib, bag‘rikenglik, taraqqiyot va ma’rifat tamoyillariga sodiq qolgan holda olib borilmoqda.
Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi asosida tashkil etilgan Xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi qisqa vaqt ichida ulkan ilmiy loyihalarni amalga oshirib, O‘zbekistonning ilm-ma’rifat markazi sifatidagi xalqaro imijini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
N.Usmonova,
O‘zA muxbiri