Olma-ota shahrida Qur’on hofizlarining ІX Respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi. U Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
Tanlov ishtirokchilari 4 ta toifa: Qur’onning butun matnini tilovat qilish, Qur’onning 2/3 qismini tilovat qilish, Qur’onning 1/3 qismini tilovat qilish va tajvid qoidalariga muvofiq Qur’onni tilovat qilish bo‘yicha bellashadilar.
Tanlov g‘olibi bosh sovrin - avtomobilga ega bo‘ladi. Boshqa g‘oliblar uchun ham pul mukofotlari taqdim etiladi.
Tanlovda ilgari Qur’oni Karim hofizlarining milliy va xalqaro tanlovlarida ishtirok etmagan 30 yoshgacha bo‘lgan Qozog‘iston fuqarolari qatnashishlari mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
Agar u pirit (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!
Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:
وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا
"Ular: “Biz suyaklarga va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).
Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.
Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?
Homidjon domla ISHMATBЕKOV