Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Qalblarni poklash sari: “Yaxshilik bo‘lsin! Kimning aqli amir bo‘lib, havoi nafsi unga asir bo‘lsa.

10.06.2020   2373   1 min.
Qalblarni poklash sari: “Yaxshilik bo‘lsin! Kimning aqli amir bo‘lib, havoi nafsi unga asir bo‘lsa.

Qalblarni poklash sari: “Yaxshilik bo‘lsin! Kimning aqli amir bo‘lib, havoi nafsi unga asir bo‘lsa. 

17. Ulamolar aytadilarki: “Yaxshilik bo‘lsin! Kimning aqli amir bo‘lib, havoi nafsi unga asir bo‘lsa. Voy bo‘lsin! Kimning havoi nafsi amir bo‘lib, aqli unga asir bo‘lsa”.

Ulamolar, havoi nafs jamiki yomonliklarning boshlanishidir. Chunki shahvatlar nafsga joylashtirilgan, deydilar. “Havo” esa yengil yel bo‘lib, u azob-uqubatlar, iztiroblar to‘la “joy”dan chiqadi. So‘ngra shahvat to‘la nafsni qo‘zg‘atib unga kuch beradi. Natijada, inson ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan jirkanchliklarga, jinoyat va razilliklarga qo‘l uradi. Holiga esa voy bo‘ladi. Aql esa tanadagi bu g‘alayonni tarqatib, shahvat olovini o‘chirib turadi. Shu sabab aql va tafakkur egalari doimo yaxshiliklar ichra baxtiyor yashaydilar.  

18. “Kim gunohlarni tark etsa, uning qalbi yumshoq bo‘ladi. Yana kimki haromni tark qilib, halolni yesa, uning fikri musaffo bo‘ladi”.

Qalb oppoq matoga o‘xshaydi. Agar inson gunoh ish qilsa o‘sha oq  matoda bitta qora dog‘ paydo bo‘ladi va gunoh ishlarda bardavom bo‘lsa, oppoq mato qop-qora dag‘al buyumga aylanib, dag‘allashib qotib qoladi. Natijada, yaxshilik, amri ma’ruf va tarbiya unga kor qilmay qoladi.

Endi bu qotgan va kirlangan qalbni faqatgina gunohlarni tark etish orqali yumshatish mumkin.

Halol luqma yegan inson esa, o‘zgalarga nisbatan samimiy, xolis va musaffo fikrlaydigan bo‘ladi.   

 

Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

10.01.2025   676   1 min.
Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

 Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
 Agar u piri‌t (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!

Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:

وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا

"Ular: “Biz suyaklarga  va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).

Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.

Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?

Homidjon domla ISHMATBЕKOV