O‘MI matbuot xizmati
Shu yil 2-3 fevral kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumanlarida Naqshbandiya tariqatining Oltin silsila pirlari ziyoratgohlari bo‘ylab “Naqshbandiya festivali” o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Festivalga Malayziya, Indoneziya, Singapur, Hindiston, Bruney va Turkiya davlatlaridan 160 nafarga yaqin din peshvolari, diniy ulamolar tashrif buyurishdi.
Dastlab mehmonlar Kitob tumanidagi “Shayx Muhammad Imkanagiy” va “Shayx Muhammad Darvesh Vaxshuvoriy” ziyoratgohlariga hamda Shahrisabz shahrining YUNЕSKO Umumjahon merosiga kiritilgan “Dor ut-tilovat”, “Dor ut-siyodat” hamda “Oqsaroy” majmualari kabi qadimiy obidalar joylashgan tarixiy markaziga tashrif buyurishib, ziyorat amallarini ado etishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati