Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyun, 2025   |   16 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:00
Xufton
21:38
Bismillah
12 Iyun, 2025, 16 Zulhijja, 1446

Bosh otinoyilarning qabul kunlarini bilib oling!

25.09.2023   931   11 min.
Bosh otinoyilarning qabul kunlarini bilib oling!

O'zbekiston musulmonlari idorasi va hududlardagi bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchilari tomonidan haftaning har chorshanba kuni ayol-qizlarni qabul qilish yo'lga qo'yilgan.

Mazkur qabul jarayonlarida diniy-ma'rifiy savodxonlik, bid'at-xurofotlardan saqlanish, oilaviy muammolar, farzand tarbiyasiga oid maslahatlar, ayol-qizlarga xos masalalar va taklif-mulohazalar yuzasidan murojaatlar tinglanadi hamda zarur tavsiyalar beriladi.

Quyida O'zbekiston musulmonlari idorasi va hududiy bo'limlarining qabul manzili, kuni va bog'lanish raqamlari havola etiladi: 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'limi mudirasi Maryam Abdullayeva: 

Qabul kuni: chorshanba kuni, soat 09.00 dan - 17.00 gacha

Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Qorasaroy ko'chasi 47-uy.

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Mo'ljal: “Hazrati Imom” majmuasi

Telefon: (71) 240-01-96

 

– Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari  bo'yicha yordamchisi Zulayho Soatova:

Qabul kuni: chorshanba  soat 09.00 – 17.00 gacha

Manzil: Shayxontohur tumani Suzuk ota ko'chasi 50-uy 1-xona.

Mo'ljal: “Suzuk ota” majmuasi.

Telefon: (95) 146-99-00

 

Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Shoiraxon Qosimova:

Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 – 17.00 gacha.

Manzil: Andijon shahri “Hursandlik” MFY,  G'ulomjon Hakimov ko'cha 7-uy.

Mo'ljal: “Sayyid Muxyiddin maxdum” o'rta maxsus islom bilim yurti

Telefon: (74) 228-01-58

 

– Buxoro viloyat bosh imom xatibining xotin-kizlar bo'yicha yordamchisi Rizvon Bahramova:

Qabul kuni: chorshanba 09.00 -17.00 gacha .

Manzil: Buxoro shahri  Abu Hafs Kabir ko'chasi, 9-uy.

Mo'ljal: Abu Hafs Kabir ziyoratgohi.

Telefon: (55) 301-94-87

 

– Jizzax viloyat bosh imom- atibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Farog'at Sattorova:

Qabul kuni: chorshanba soat  09.00 - 16.00 gacha

Manzili: Sh.Rashidov tumani Toshkentlik ko'chasi 19-uy.

Mo'ljal: “Qo'shchinor” jome masjidi.  

Telefon: (95) 373-11-80

 

– Navoiy viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Umida Holova: 

Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 – 17.00 gacha

Manzil: Navoiy shahri  G'alaba shoh ko'chasi 73-uy.

Mo'ljal: “Hazrat Alisher Navoiy” jome masjidi. 

Telefon: (79) 225-68-82

 

– Namangan  viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Hodiyaxon Rahmonova:

Qabul kuni: chorshanba soat 09:00 - 17:00 gacha

Manzil: Namangan shahar  Axsikent MFY  Quvonch  ko'chasi 1-uy.

Mo'ljal: “Mulla Bozor Oxun” jome masjidi.

Telefon: (69) 226-10-01

 

 

– Samarqand viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Nozbuvi Temirova:

Qabul kuni: chorshanba soat 09.00-17.00 gacha

Manzil: Samarqand shahri Dahbed ko'chasi 229 A-uy.

Mo'ljal: viloyat xalq qabulxonasi

Telefon: (55)705-02-78 103-xonaga ulab berish so'raladi

 

– Sirdaryo viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Mansuraxon Melibayeva: 

Qabul kuni: chorshanba soat  09.00 - 17-00 gacha

Manzil: Guliston shahri G'oliblar ko'chasi 75 uy.

Mo'ljal: “Guliston” jome masjidi.

Telefon: (67) 227-23-00

 

– Surxondaryo viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi: Hosiyat Qosimova

Qabul kuni: dushanba soat 09.00-17.00 gacha

Manzil:  Termiz tumani “At-Termiziy” MFY.  

Mo'ljal: “Vaqf” mehmonxonasi.

Telefon: (91) 583-52-51

 

– Toshkent viloyati bosh imom xatibining xotin kizlar masalalari buyicha yordamchisi Nigora Imamova:

Qabul kuni: chorshanba soat 9.00 - 16.00 gacha

Manzil: Zangiota tumani A.Temur ko'chasi 221 uy.

Mo'ljal: “Zangiota” ziyoratgohi.

Telefon: (95)177-14-54

 

– Farg'ona viloyati bosh imom-hatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Hilola Komilova:

Qabul kuni: chorshanba  soat 09.00 - 17:00 gacha

Manzil: Farg'ona shahri Chek-Shura MFY Tutzor ko'chasi 14-uy.

Mo'ljal: “Ummul Quro” jome masjidi.

Telefon: (73) 226-72-44

 

– Horazm viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Feruza Otajanova:

Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 – 17.00 gacha.

Manzil: Urganch shahri  Yu.Bobojonov ko'chasi 43 a-uy.

Mo'ljal: “Doshqinjon bobo” ziyoratgohi.

Telefon: (62) 228-44-38

 

Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti

Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 – 17.00 gacha. 

Manzil: Nukus shahri, H.Abdambetov kuchasi.

Mo'ljal: “Imom eshon Muhammad” jome masjidi.

Telefon: (61) 229-02-24

 

– Qashqadaryo viloyati bosh imom  xatibining xotin-qizlar      masalalari bo'yicha yordamchisi Nasiba Botirova: 

 Qabul kuni: chorshanba  soat 09.00 - 17.00 gacha 

 Manzil: Qarshi shahri Nasaf ko'chasi 274-uy

Mo'ljal: “Ko'kgumbaz” jome masjidi.  

 Telefon: (75) 220-06-32

 

Eslatma: Diniy masalalarga oid savollarni O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Fatvo markazidan yoki Koll-markazining (78) 150-33-44 telefon raqamiga bog'lanish orqali batafsil javob olishingiz mumkin.

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qalbingizni zabonsiz toshga aylantirib qo‘ymang.

09.06.2025   4988   4 min.
Qalbingizni zabonsiz toshga aylantirib qo‘ymang.

Har yangi kunning tongini ko‘rganingizda qalbingizni zikr ila to‘ldiring. Iymon zikrlariga quloq tutar ekansiz, borliq Yaratgan Zot sari talpinayotganini his qilasiz. Alloh taolo aytadi: «...Mavjud bo‘lgan barcha narsa hamd bilan Unga tasbeh aytur...»[1]. Balki uyda, balki ko‘chada, qayerda bo‘lsangiz-da, Allohning zikriga shoshiling. Zikrlarni ko‘paytirganingiz sari Allohga bo‘lgan muhabbatingiz ortib boradi, osmonlaru yerning Xoliqi bo‘lgan Alloh taolodek buyuk Zot suyanchig‘ingiz ekanini anglaysiz...

Ushbu misralarni doim yodda tuting:

Gar ersa qalblar Xoliqin zikridin mosuvo,
Alar jasad ichidin joy olgan tosh kabi go‘yo.

Qalbingizni zabonsiz toshga aylantirib qo‘ymang.
Toshda na mehr va na his bor. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Robbini zikr qiladigan bilan zikrdan yiroqda bo‘lgan kishi xuddi tirik bilan o‘lik kabidir” [2],  deganlar.

Yana Nabiy alayhissalom: “Sizlarga amallaringizning eng xayrlisi va Sultoningiz huzurida eng pokiza, darajangizni yuqorilatadigan, sizlar uchun tillo-kumushlarni ehson qilgandan-da, dushmaningizga yo‘liqib, uning boshini tanasidan judo qilishingiz, u ham sizning kallangizni bo‘yningizdan uzib tashlashidan-da yaxshiroq amal qaysi ekanini bildirib qo‘yaymi?!” dedilar. Sahobalar: ”Ha, ey Allohning Rasuli”, deyishdi. U zot: U Allohning zikridir”,3] dedilar.

Ubayd ibn Umayr aytadilar: “Mo‘minning amal daftaridagi hamd ila tasbeh – u bilan dunyo tog‘laricha tillo sudralib yurishidan xayrlidir”.

Nabiy alayhissalom yana boshqa bir hadisda: «Alloh taoloning fazilat izlab kezib yuruvchi farishtalari bo‘lib, ular zikr aytib o‘tirilgan davralarni izlab yurishadi. Shu asnoda zikr bo‘layotgan davrani topishsa, farishtalar zikr halqasidagilar bilan birgalikda o‘tirishadi va bir-birlarini qanotlari bilan o‘rab olishadi, shu tarzda zikrdagi kishilar bilan dunyo osmonining orasi farishtalar bilan to‘lib ketadi. Zikr halqasidagi kishilar tarqalib ketishsa, farishtalar osmonga ko‘tarilib ketishadi.

Keyin Alloh taolo hammasini bilib turgani holda, ulardan: “Qayerdan keldinglar? – deb so‘raydi. Ular: “Biz yerdagi bandalaring oldidan keldik. Ular Senga tasbeh aytyaptilar, takbir, tahlil aytib, Senga maqtov yo‘llayaptilar va O‘zingdan so‘rashyapti”, deb javob qaytarishadi.

Alloh taolo: “Ular Mendan nimani so‘rayapti?” – dey­di. Farishtalar javoban: “Sendan jannatingni so‘rashyapti”, deyishadi.  Alloh taolo: “Ular jannatimni ko‘rishganmi?” – deya farishtalardan yana savol so‘raydi. Farishtalar javob berib: “Yo‘q! Ey Yaratgan Zot!” – deyishadi. Alloh subhanahu va taolo yana: “Mabodo ular jannatimni ko‘radigan bo‘lsalar, holat qanday bo‘ladi-ya?” – deydi. Farishtalar: “Ular yana Sendan panoh tilashyapti”, deyishadi. Alloh taolo savol tariqasida: “Nimadan panoh berishimni so‘rashyapti?” – deydi.

Ular: “Jahannamingdan, ey Yaratgan Zot!” – deb javob qaytarishadi. “Ular do‘zaximni ko‘rganmi?” – deb so‘raydi Alloh taolo. Javob qaytarib: “Yo‘q!” – deyishadi ular.

Alloh taolo: “Ular do‘zaximni ko‘rishsa qanday bo‘larkin?” – deydi.

Farishtalar: “Ular yana Sendan mag‘firat qilishingni so‘rashyapti”, deyishadi.

Alloh taolo: “So‘zsiz ularning gunohlarini kechirdim, ularga so‘rovlarini ato etdim va panoh tilagan narsalaridan ularni O‘z panohimga oldim”, deydi.

Farishtalar: “Ey Yaratgan Zot! Ular orasida falonchi, o‘ta xatokor qul ham bor. U o‘tib keta turib ularning oldiga o‘tirib oldi”, deyishadi. Alloh taolo shunday deya marhamat qiladi: “Uni ham kechirdim! Ular hammajlislari badbaxt bo‘lmaydigan kishilardir”, deydi»[4]dedilar. 

 


[1]  Isro surasi, 44-oyat.
[2]  Imom Muslim rivoyati.
[3]  Imom Termiziy rivoyati.
[4]  Imom Muslim rivoyati.